Agroekologik monitoring
Qishloq xo‟jaligida ekologik muammolarga qiziqishning o‟sishi agroekologik
monitoringni tashkil etish to‟g‟risidagi masalani kun tartibiga qo‟ydi. Bu
monitoring qishloq xo‟jaligi korxonalari, tashkilotlar va fuqarolar yerlarida salbiy
jarayonlarni bartaraf etish va oldini olish, nazorat qilish, ularni muhofaza qilishni
ta‟minlash maqsadida tuproq holatini muntazam uzoq muddatli kuzatishdir.
Agroekologik monitoringning asosiy maqsadi tabiiy va iqlim resurslaridan
maksimal foydalanishning, tuproq qoplamining muhim vazifalarini himoya qilish,
tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish asosida agrotsenozlar ekologik
muvozanatini va samaradorligini yaratish uslublarini ishlab chiqishdir. U
tuproqning antropogen o‟zgarishlarini aniqlashga yo‟naltirilgan, pirovardida u inson
salomatligiga ziyon yetkazishi mumkin.
Agroekologik
monitoringning
roli
shundan
iboratki,
atmosferada,
gidrosferada, biosfaradagi barcha o‟zgarishlar tuproq unumdorligiga, xususiyatiga
va tarkibiga muqarrar aks ettiriladi.
O‟zbekiston Respublikasining yer fondi umumiy maydonidan qishloq
xo‟jaligida foydalaniladigan yerlar 22,5 mln.ga, shulardan 3,7 mln.ga ekinzor
hisoblanadi.
75
Qishloq xo‟jaligi yerlarining sifat holati O‟zbekistonnning ko‟pgina
mintaqalarida qoniqarsiz ahvolda.
Yer munosabatlarini isloh qilish natijasida qishloq xo‟jaligi korxonalari
yerlari tomorqa yerlarga ajratish, fermer va boshqa xo‟jaliklar tashkil etish ishlari
amalga oshirilmoqda, xususiy yordamchi xo‟jalik, polizchilik, dala hovli qurish
uchun aholining ehtiyoji qondirilmoqda, qishloq aholi punktlari yerlari
kengaymoqda, yerlarni qayta taqsimlash ishlariga zarurat tug‟ildi.
Shu bilan birga, yer islohatini o‟tkazish paytida yerlar saqlanishi va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish masalalari yechiladi.
Asosiy salbiy omillar, ularning ta‟siri ostida hozirgi zamon yerdan
foydalanishi shakllanadi, ular quyidagilardan iborat:
1.
Yerlarni, ularning sifat ko‟rsatkichlarini hisobga olmasdan, faol qishloq
xo‟jaligida foydalanishga jalb qilishi;
2.
Sanoat va qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishining salbiy ta‟sir ko‟rsatishi
(qishloq xo‟jaligi yerlari ifloslanishi);
3.
Qishlok xo‟jaligi korxonalari keng qamrovli yer tuzish ishlarini o‟tkazish
vaqtida tabiiy landshaftning xususiyatini hisobga olinmasligi;
4.
Yer resurslaridan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini muhofaza
qilishda iqtisodiy rag‟batlantirishning yo‟qligi;
5.
Agrosanoat majmuasida xo‟jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmi
takomillashmaganligi, yer resurslarini ekspluatatsiya qilish vaqtida buzilishlarga
yerdan foydalanuvchilarning ma‟sulyatsizligi, hisobga olishning ishonchli emasligi,
yer mulk holati ustidan nazoratning yo‟qligi.
Shu munosabat bilan agroekologik monitoringning vazifalari quyidagilardan
iborat:
-
agroekologik tizim holatining o‟zgarishi ustidan keng ilmiy kuzatishni tashkil
qilish;
-
barcha asosiy blok - komponentlari ishlab chiqishini tavsiflaydigan majburiy
ko‟rsatkichlar to‟plami o‟rnatilishi bo‟yicha ob‟ektiv, muntazam va tezkor
axborotlar olish;
76
-
olingan axborotlarni baholash;
-
yaqin va uzoq kelajakda agrotsenoza holati o‟zgarishining prognozi;
-
barcha
darajada
maslahatlar, tavsiyalar, qarorlar berish, favqulotda
vaziyatlarda ogohlantirish va ulardan
chiqish yo‟llarini ko‟rsatish.
Agroekologik monitoring O‟zbekiston Respublikasining Kishloq va suv
xo‟jaligi vazirligi va O‟zbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qo‟mitasi
tomonidan yer monitoringi olib boriladi.
Ular o‟z ichiga quyidagilarni oladi:
-
tuproq
holatini, ular unumdorligining miqdor va sifat ko‟rsatkichlarini
muntazam kuzatish;
-
tuproq holatining o‟zgarishlarini prognozlash va baholash;
-
agroekologik monitoringning yaxlit holga keltirilgan mintaqa xizmatlarini
ishlab chiqish (5 - jadval).
5-jadval
Majmuali tuproq monitoringining mazmuni (tarkibi)
Maqsad
Vazifalar
Ob‟ektlar
Tuproq
xususiyatini,
ulardan foydala-
nishning turli
Ko‟rinishi
vaqtida noxush
O‟zgarishlarni
oldindan bilish
Eroziya oqibatida tuproqning
o‟rtacha yillik talofati
o‟simliklar oziqasining
asosiy unsurlari mintaqa
tahchilligini bilib olish
tuproq ishqori va kislotaligi
o‟zgarishi ustidan nazorat,
sho‟rlanish tartibi ustidan
nazorat, global ifloslanish
nazorati, mahalliy
ifloslanish nazorati.
Eng asosiy tuproq-iqlim
zonalari, eroziyasi xavfli
tuproqlar hududi
foydalanadigan
tuproqlar, sho‟r - suv
melioratsiyasi
rejalashtirilgan yoki
amaldagi haydalanadigan
tuproqlar sanoat
korxonalari to‟plagan
zonalar tuprog‟i
77
Qishloq xo‟jaligi
ekinlari
ostidagi yilning
mavsumlari
bo‟yicha tuproq
holatining nazorati
Namligi ustidan nazorat,
harakati ustidan nazorat, suv-
jismoniy xususiyati ifodasi,
o‟simliklar ozuqasi unsurlash
tarkibining nazorati.
Muhim qishloq xo‟jaligi
ekinlarini uzoq vaqt
intensiv eqiladigan
hududlardagi tayanch
tarkiblar tuprog‟i
Agroekologik monitoringini tashkillashtirish havo yoki suv monitoringiga
nisbatan ancha murakkabdir.
Tuproq yer sathining tizimida qobiqlardan biri rolini o‟ynaydi. Bu tizimda
bevosita ekologik ahamiyatga ega bo‟lgan talay global vazifalarni bajaradi, ya‟ni
organizmlar yashaydigan muhitda shu jumladan inson ham.
Tuproqning - bu sayyoraning «terisi»dir. Litosferaning ekzogen omillari
behat intensiv ta‟sir ko‟rsatishidan himoya qiladi va muvofiq ravishda haroba
bo‟lishidan ham.
Tuproqni ifloslantiruvchi moddalarni asta sekin to‟plab beradi, shu bilan
birga boshqa tabiiy vujudga kelishlardan himoya qiladi. U yer osti suvlarini
kimyoviy ifloslanishdan himoya qiladi.
Tuproq shuningdek kam harakatchan va yetishib bo‟lmaydigan o‟simliklar
shakllanishi ko‟pgina birikmalarni birlashtiradi. Shu bilan o‟simliklar mahsulotiga
og‟ir metallar yoki boshqa unsurlar va moddalar tushushidan himoya qiladi. Biroq
bu kimyoviy vazifasini bajara borib tuproqning o‟zi asta sekin ifloslanishiga duchor
bo‟ladi. Ma‟lum bosqichda shunday darajaga erishishi mumkinki tuproq qoplami
yo qishloq xo‟jaligida foydalanishga yoroqsiz bo‟lib qoladi yoki batamom harob
bo‟lgan tuproq qatlamini tiklashga o‟n yillab, hatto yuz yillab vaqt talab qiladi.
Texnika vositalar yordamida rekultivatsiya bo‟yicha ishlar juda katta harajat talab
qiladi.
Tuproq hissasining noxush o‟zgarishi nafaqat inson faoliyatining natijasi
tufayli ro‟y beradi balki shu bilan birga tuproq vujudga keladigan oddiy tabiiy
78
omillar ta‟siri ostida tabiiy yo‟l bilan shakllanadi. Masalan, tuproq sho‟rlanishiga
noto‟gri sug‟orish oqibati bo‟lsa shu bilan birgalikda zamin yerlari yaqin
joylashgan yerdan tuzlarni tabiiy olib chiqib ketish jarayoni hamdir.
Tuproq monitoringini tashkillashtirish boshqa muhit monitoringiga
qaraganda ancha murakkabdir. Masalan suv yoki havo monitoringi sabablari
quyidagicha:
-
Tuproq-tekshirishning murakkab ob‟ektidir, chunki u biokos badanini
ifodalaydi va u qonun, tirik tabiat va ma‟danlar podshohligida yashaydi;
-
Tuproq-ko‟pfazali, geterogenli ochiq tizimdir, bu yerda qattiq fazalar, tuproq
eritmalari, tuproq hovasi, o‟simliklar ildizlari, jonli organizmlar ishtiroki bilan
kimyoviy o‟zaro ta‟sir ko‟rsatishlar ro‟y beradi;
-
Tuproqni ifloslanlantiruvchi xavfli kimyoviy unsurlari, tog‟ jinslari va
tuproqlardan tashkil topuvchi, tabiiydir. Ular tuproqqa tabiiy va antropogenli
manbalardan tushadi. Monitoringning vazifasi esa antropogen tashkil etuvchisi
ta‟sir ko‟rsatish usulini baholashdan iboratdir.
Tabiat muhiti ifloslanishi umumdavlat nazorati xizmatining dasturi bilan
muvofiqlikda haydaladigan yer tuproqlarida hamma joyija muntazam organik
tabiatni pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar qoldiqlari
tarkibini aniqlashni nazarda tutadi.
Tuproqqa oid monitoring samarali bo‟lishligi uchun uch xil darajada
o‟tkazish zarur:
1.
O‟simlik qoplami holatining monitoringi (o‟simliklar ortidan nazorat).
2.
Tuproq holatining monitoringi (mexanik va morfologik ko‟rsatkichlar
bahosi).
3.
Tuproq ifloslanishining monitoringi (kimyoviy tahlil).
Hozirgi paytda nazorat asosan tuproq ifloslanishi ko‟rsatkichlari ustidan
amalga oshirilmoqda. Mahalliy va global ifloslanishi sinovdan o‟tayotgan tuproqlar
holatining kuzatilishi olib borilmoqda. Suv va havodan ko‟ra ko‟proq konservativ
bo‟lgan tizim tuproq ifloslanishiga samarali qarshilik ko‟rsatishga qodirdir.
(yerning tirik organizmlari har yili 350 mlrd.t. organiq moddalardan foydalanadilar
79
va to‟la parchalab tashlaydilar).
Tuproq holatini baholashda ekologik ko‟ngilsizliklarning asosiy mezoni
tuproqning jismoniy degradatsiyasi, kimyoviy va biologik ifloslanish
ko‟rsatkichlari bo‟lib hisoblanadi va quyidagi ko‟rsatkichlar orqali aniqlanadi:
-
qishloq xo‟jaligi aborotidan chiqarilgan yerlar maydoni;
-
yer qobig‟i chiqindilari yo‟qotilishi;
-
zamin suvlari darajasining ko‟tarilishi;
-
radoiaktiv ifloslanish;
-
PDK kimyoviy moddalar (xavflilik darajasini hisobga olish bilan)
ko‟tarilishi;
-
Mikrob massasining faollik darajasining kamayishi;
-
Fitotoksikligi (biotestlashtirish ma‟lumotlari bo‟yicha).
Qo‟shimcha ko‟rsatkichlar sifatida qishloq xo‟jaligi mahsuloti ifloslanganlik
darajasi singari ko‟rsatkichlardan foydalaniladi.
Tarkibida
pestitsidlar
mavjud
bo‟lgan
tuproqlar
keskin
me‟yorlashtirishga duchor bo‟lishadilar. (6 - jadval)
6-jadval
Tuproqda pestitsidlar konsentratsiyasi ruxsat berilgan chegarasi
Pestitsidning nomi
Tuproqning PDK
IT/kg
Limitlashtirilgan
ko‟rsatkich
Dostları ilə paylaş: |