N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi


Monitoring  Avtomatlashtirilgan axborot



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/34
tarix25.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#135053
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Yer monitoringi O‟quv qo‟llanma

Monitoring 
Avtomatlashtirilgan axborot 
tizimi (AAT) 
Natural kuzatish tizimi 
Aloqalar 
Kanallar 
Ekskursiyali kuzatish 
Stasionarli yer usti va 
dengiz kuzatuvi 
Majmuali fonli kuzatish 
(biosferali qo‟riqxona) 
Masofali kuzatish 
(aerokosmikli tasvir) 
Axborot qidiruv tizimi 
Ma‟lumotlarga ishlov 
berish tizimi 
Ma‟lumotlarning majmuali 
izoh berish tizimi 
Prognoz – tashxis tizimi 
Boshqaruv tizimi 


22 
Integralli tavsiflar va ko‟rsatkichlarni tanlash, ularni bevosita o‟lchash bunday 
baholashning bosqichidir. Chunki bunday o‟o‟lchashning natijasida yoki miqdor 
o‟zgarishining taxlili natijasida, tabiiy muhitning holati qanday degan savolga 
javob berish mumkin. 
Yo‟l qo‟yishi mumkin bo‟lgan antropogenli ta‟sir ko‟rsatishni aniqlash uchun 
mazkur tizimning ekologik zaxira tushunchasiga asoslanadi. 
Tabiiy imkoniyatlardan foydalanish sharoitida biosferaning barqaror 
tushunchasiga, uning ekologik zaxirasi tushunchasiga tayanish zarur. 
Buning uchun quyidagi muntazam harakatlarni yechish zarur: 
1. Antropogenli harakatlar monitoringini (birinchi navbatda, ifloslanishlar) 
ularning geofizik va ekologik izchilligini tashkillashtirish. 
2. Ilmiy texnika va iqtisodiy imkoniyatlarni hisobga olish bilan monitoring 
tizimi taqdim etadigan axborotlar asosida biosferaning muammolari bo‟yicha 
muvofiq tadbir va qarorlarni tanlash. 
3. Xalqaro hamkorlik doirasida global muammolarni yechish yo‟llarini 
aniqlash. 
Shubhasiz biosferaning dunyo miqyosidagi muammolarini yechishda turli xil 
yondashuvlar bo‟lishi mumkin: qaytarib bo‟lmaydigan oqibatlarni oldini olish 
(masalan, azon qatlamini himoya qilishda); ta‟sir qilishni susaytirish (masalan, 
ifloslangan moddalarni, kislotali yomg‟irlarni chegarali ko‟chirishda); inson 
faoliyatining yangi sharoitlarga moslashishi (masalan, unchalik o‟zgarmagan iqlim 
sharoitida); albatta, har qanday xalqaro harakat, aniq milliy faoliyatga asoslanishi 
zarur. 
Yer uchaskasining kimga tegishli, ya‟ni, mulkchilik shakllari maqsadli 
tayyorlanishi va yerdan foydalanishning tavsifidan qat‟iy nazar mamlakatning yer 
fondi bo‟lib hisoblanadi. 
Yer monitoringining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

yer fondi holatini o‟zgarishini o‟z vaqtida aniqlash, ularni baholash, 
negativ jarayonlar oqibatini ogohlantirish va bartaraf etish bo‟yicha tavsiyalar ishlab 
chiqish va prognozlash; 


23 

davlat yer kadastri, yer monitoringi va boshqa tabiiy muhit kadastrlarini, 
tabiatdan oqilona foydalanish va yer tuzishni axborot bilan ta‟minlash; 

yerdan foydalanish va muhofaza qilish uchun nazorat; 

yerda ro‟y berayotgan salbiy jarayonlar bo‟lishi mumkin bo‟lgan oqibatlar 
va holatlar to‟g‟risida davlat organlari va jismoniy shaxslarni axborot bilan 
ta‟minlash; 
Yer monitoringining mazmuni majmuali kuzatish, qidirish, taftish qilish, 
tasvirga olish, o‟zgarishlarni tavsiflashni o‟z ichiga oladi: 

tabiiy landshaftlar, ma‟muriy-hududiy tuzilish maydonlari va chegarasi, 
yerdan foydalanish, mulkdorlar (yer-suv mulki, dalalar, harobalar, yaylovlarda 
tuproq degradatsiyasi, botqoqlik, namlanish, sho‟rlanish, o‟t bosib ketishi, 
ekinzorlarni butazorlashib ketishi, tuproq holati, gumusning zaxirasi, kislotaning 
miqdori, makro va mikro resurslar miqdori, pestitsidlar, og‟ir metallar, sepilgan 
kimyoviy unsurlar, radiaktiv rsurslar va boshqa taksik moddalar. 

qum ko‟chishi, ko‟chki, sel oqimi, yer silkinishi, uzan jarayonlari va 
hokazolar keltirib chiqargan joy rel‟efining shakllari, geografik tarmoq rel‟efi; 
- geologik muhitning holati; 
- yerni zaxini qochirish ob‟ektlari salbiy ta‟siriga duchor bo‟lgan yerning 
holati (sanoat va qishloq xo‟jaligi korxonalarini tozalagich inshoatlari, meliorativ 
tizimlar, go‟ngxona, o‟g‟itlarni komposlash uchun maydon, axlatxona yoki moylash 
materiallari 
omborxonasi, 
o‟g‟itlar 
suyuq 
o‟g‟itlar 
omborxonalari, 
avtotransportlarning tuxtash joyi, radioaktivli fiziologik faol kimyoviy chiqindilarni 
ishlab chiqarishni ko‟mib qo‟yish joylari). 
Yer monitoringining natijalari ma‟lum davr uchun aniq sifat va miqdor 
ko‟rsatkichlarida ifodalanadi (masalan gektariga chiqindining foizda yuqotilish 
darajasi va tuproq qatlamining degradatsiyasi intensivligi ma‟lumotlar bankiga 
kiritiladi). 
Yer monitoringining natijalari bo‟yicha tezkor ma‟ruzalar, hisobotlar, milliy 
prognozlar, mavzuli haritalar va boshqa materiallar tuzib chiqiladi, ular davlat 
organlariga taqdim etiladi. 


24 
Yer monitoringining tuzilishi yerdan, ularni maqsadli ta‟minlanishi bo‟yicha 
ma‟muriy hududiy bo‟linishi bilan aniqlanadi. 
Ma‟muriy hududi chegarasi bo‟yicha yer monitoringining tuzilishi quyidagi 
darajaga ega: 
-O‟zbekiston Respublikasi monitoringi; 
- Qoraqalpog‟iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri; 
- Tumanlar va shaharlar monitoringi; 
Yer monitoringining ma‟muriy hududiy bo‟linishi tuzilishining har bir 
darajasiga muvofiq yer toifalarining quyidagi bo‟limlari nazarda tutiladi: 
- qishloq xo‟jaligi yerlari monitoringi; 
- aholi punktlari yerlari monitoringi; 
- sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar 
monitoringi; 
- tabiatni muhofaza qilish, sog‟lomlashtirish va rekreatsion yerlar 
monitoringi; 
- tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar monitoringi; 
- o‟rmon fondi yerlari monitoringi; 
- suv fondi yerlari monitoringi; 
- zaxira yerlar monitoringi. 
Hududiy qamrab olishiga qarab yer monitoringi global, milliy, mintaqaviy va 
mahalliy (lokal)lari bilan farqlanadi (2-chizma). 
2-chizma. Tabiiy muhit monitoringining turlari. 
Milliy monitoring davlatning maxsus tuzilgan organlari doirasida amalga 
oshiriladi. 
Yer monitoring (hududiy qamrab 
olinishiga ko‟ra)
global 
milliy 
mintaqaviy 
mahalliy 
(lokal) 


25 
Mintaqaviy monitoring- biror bir yirik mintaqa doirasida hodisa va 
jarayonlar ustidan kuzatishdir, bu yerda bu jarayon va hodisalar tabiiy tavsifi 
bo‟yicha va barcha biosfera uchun tavsifli bo‟lgan bazali fanning antropogenli 
ta‟sir ko‟rsatish bo‟yicha farqlanadi. U O‟zbekiston Respublikasining yirik 
hududini qamrab oladi. 
Mahalliy (lokal) monitoring mintaqadan past bo‟lgan hudud jarayonida olib 
boriladi, yerdan foydalanishning ayrim hududigacha va landshaftli ekologik 
majmualar elementlar tuzilishigacha. 
Yer holatining o‟zgarishi tavsifi asosida fonli va impaktli monitoring farqlanadi. 
3-rasm. Yer holatining o‟zgarishi tavsifidan bog‟liqlikda monitoringning 
turlari. 
Fonli monitoring - bu insonning ta‟siriga duchor bo‟lmaydigan yer holatini 
kuzatishdir. Uni biosfera ko‟riqxonalarida o‟tkaziladi. 
Impaktli monitoring - bu joylarda bevosita antropogenli omillar ta‟sir 
ko‟rsatadigan yerni kuzatishidir. 
Yer holatini o‟zgarishining kelib chiqishi bo‟yicha evolyutsionli (rivojlanish 
jarayoninig taxmini bilan bog‟liq), sikli (sutkalik, mavsumiy, yillik yoki tavsifining 
tabiat o‟zgarishining boshqa davrlari bilan bog‟langan); Favqulodda vaziyat (sanoat 
ishlab chiqishi, tabiiy va ekologik ofat va halokatlar bilan bog‟langan); antropogenli 
(inson faoliyati bilan bog‟langan). 
Monitoring 
(yer holatining o‟zgarishi 
tavsifi bo‟yicha) 
fonli 
impaktli 
Monitoring 
(jarayonlar kuzatilishiga 
bog‟liqlikda) 
evolyziyali 
favqulotda 
siklli 
antopogenli 


26 
4-rasm. Monitoring yuritish vaqtida aniqlanadigan jarayonlar. 
Yer holatini kuzatishni o‟tkazishning davriyligi va muddatidan bog‟liqlikda 
quyidagilarga bo‟linadi; ba‟zali (yer monitoring yurgizishning dastlabki momentida 
ob‟ektlar boshlang‟ich holatini qayd etish davriyligi (bir va undan ko‟proq yildan 
keyin o‟tkaziladigan ya‟ni ma‟lum interval bilan); retrospektivli (ilgarigi 
kuzatishlarni tarixiy taxlili)) (5-rasm). 
5-rasm. O‟tkazishning muddatlariga qarab monitoring turlari. 
Ilgari ta‟kidlab o‟tganimizdek dunyo miqyosi bo‟yicha (fonoli yoki bazali) 
monitoringni biosferaning qo‟riqxonalarda kuzatish o‟tkaziladi. Stansiyalar 
tarmog‟i yerda har bir turidan qamrab olishi kerak. Majburiy va maqbul mezonlar 
bo‟yicha xonalar tanlab olinadi. Uni globalli, fonli monitoringini o‟tkazish uchun 
potensial foydalanish mumkin. 
1-jadval 
Fonoli monitoringning maqsadi uchun biosferali qo‟riqxona tanlash 
mezoni 
Majburiy mezonlar
Maqbul mezonlar
Monitoring (o‟tkazishning davriyligi 
va muddatlariga bog‟liqlikda) 
bazali 
retrospektivli 
davriyli 
tezkor 


27 
1. Me‟yor. 2000 ga kam bo‟lmagan 
qo‟riqxona me‟yori. Bunday me‟yor 
qo‟rikxonaning “Yadro” ta‟sir 
ko‟rsatishdan himoyalashda va vokalli 
ta‟sir ko‟rsatishning minimumigacha 
keltirishga imkon beradi.
1. O‟zlashtirilmagan atrof uchastkasi. 
Buferli zonaning mavjud bo‟lishi 
kafolatlanishi kerak. Bu mezon qisman 
korxona me‟yori bilan misolda 
hisoblanadi. Shuning uchun ham u 
majburiy emas, balki majburiyatga 
kiritilgan.
2.Qulaylik uchastka ma‟qul chegarasida 
kirishga ung‟ay bo‟lishi kerak. Biroq u 
chegaralangan bo‟lishi kerak, ko‟p 
miqdordagi avtomobillar.
2. O‟tmishda buzilishlarning yo‟qligi 
tabiiy ekotizm tavsifini ta‟minlash 
zarur. Chunki amaliyotda shunday ko‟p 
korxonalarni tanish qiyin, mezoni 
minimum buzilish hisoblanadi.
3.Muhofaza. Quriqxona abadiy huquq 
himoyasi ostida bo‟lishi zarur.
3. Doimiy shtat (5-kishidan ko‟proq) 
shtatning ko‟payishi bilan korxonada 
katta ish hajmiga ega bo‟lish 
imkoniyati ortadi.
4.Shtat xodimlar shtati doimiy bo‟lishi 
zarur. Bu quyidagi naqd xizmatlar 
imkoniyatini ko‟paytiradi: 
qo‟riqlash,ilmiy tekshiruvlar; joyni 
parvarishlash uchun; kuzatish o‟tkazish 
vaqtidagi texnikaviy ishlar. 
4. Joriy ilmiy ish 3 xil ko‟rinishdagi ish 
nazarda tutiladi: 
1) 
Ifloslanuvchi moddalar monitoringi. 
2) 
Fundamentli ekologik tekshirish. 
3) 
Muhitga ta‟sir ko‟rsatishni o‟rganish. 
5.O‟simliklar. Quriqxonadagi 
o‟simliklar turi. 
Yer sharining asosiy biografik turlarga 
taxminan muvofiq bo‟lishi zarur. 
6. 
Mavjud dalillar. Qo‟riqxona 
bo‟yicha zaruriy ma‟lumotlar: 
Meteorologik, gidrologik, biologik. 
Dunyo miqyosidagi fonli monitoring stansiyalarida kuzatish majmuali tavsifga 
ega va yagona dastur bo‟yicha o‟tkaziladi. 
2-jadval 
Quruqlikdagi fonli stansiyalarda ifloslanadigan moddalarning tarkibi ustidan 


28 
kuzatish dasturi GSMOS muammosi bo‟yicha vakolatli kengash tomonidan 
tasdiqlangan. 
Muhit 
Ifloslanadigan moddalar va 
ko‟rsatkichlar. 
Kuzatish tezligi 
Atmosfera 
(GM 
balandlikdan 
tushadigan 
qatlam) 
Qorishmagan zarrachalar, 
Atmosferaning aerozollik 
loyqalanishi, karbon oksidi, 
azotning uglevodorodning 
oksidlari, oltingugurt, sulfatning 
dvuoksidlari, 3-4 benz(a) liren, 
DDT va boshqalar, xlororganikli 
birikmalar, qo‟rgoshin, sumon, 
kadmiy, margumush. 
Har sutkada 
Qor 
qatlamining 
atmosferali 
yog‟ishi 
Qurg‟oshin, simob, kadmiy 
margumush, 3,4-benz (a) piren, 
DDT va boshqalar. Xlor organli 
birikmalar, DN, VMO dasturi 
bo‟yicha anionlar va kationlar. 
Yog‟ingarchilik: oyning 
dekadasi uchun integralli 
sinash quruq yog‟ini oy 
uchun integralli sinash. Qor 
qoplami: qor qoplamining 
uning tuzishidan oldin 
barcha chuqurligida 
integralli sinash 
Yer osti 
suvlarining 
yuzakiligi. 
Mazkur 
qatlamida va 
qattiq jism 
zarralari suyuklik 
yoki gaz. 
Qurg‟oshin, simob, metal simob, 
margimush 3,4-ben(a) piren, 
DDT va boshqa xlororganiqli 
birikmalar, biogenli unsurlar. 
Suv va qattiq jism zarralari 
muallaq, kerakli suyuklik 
yoki gaz: gidrologlik 
davrlarining tavsifida donli 
qatlam yilida bir marta 


29 
tuproq 
qo‟rg‟oshin, simob, margumush, 
3,4-ben(a) pirenli korishmalar, 
biogenli unsurlar 
yilda bir marta 
Biologik 
Ob‟ektlar 
Qo‟rg‟oshin, simob, margumush 
3,4-ben(a) pirenli qorishmalar, 
biogenli unsurlar. 
Tezlik biologik ob‟ektga 
bog‟liq. 
2000 yilgacha yer monitoringi bo‟yicha ma‟lumotlarni umuman tirik va 
kordinatsiyalashni yurgizish O‟zbekiston Respublikasining yer siyosati bo‟yicha 
manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilish bilan davlat qo‟mitasi zimmasiga 
yuklatilgan ular jumlasiga quyidagilar kiritilgan: 
-O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi; 
- Gidrometrologiya markazi; 
-O‟zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‟jaligi vazirligi; 
-O‟zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‟mitasi. 
-Qishloq xo‟jaligiga tayinlangan yerdan foydalanishning; agrokimyoviy 
kuzatishlar, qishloq xo‟jaligi, yer, suv va meliorativ tizimlar monitoringining 
qismida O‟zbekiston Qishloq va suv xo‟jalik vazirligi; 
-Geologik muhitning monitoring qismida yer osti boyliklaridan foydalanish 
O‟zbekiston geologiya va mineral resurslar qo‟mitasi; 
Kadastrli topografik harita va rejalarni yangilash va vujudga keltirish qismida 
O‟zbekistonning sog‟likni saqlash vazirligi; 
- Yer monitoringini ilmiy ta‟minlash va agroekologik tekshirishlarni o‟tkazish 
qismida O‟zbekistonning qishlok va suv xo‟jaligi vazirligi. 
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi, uni yuritishning quyidagi prinsiplari 
pisanda qilinadi: 
1. 
Har xil ma‟lumotlarni taqqoslash va o‟zaro birga qo‟shila olishlik majmui. 
U yagona klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning 
ma‟lumotlari, koordinata va balandlikning yagona davlat tizimi qo‟llanishiga 


30 
asoslanadi. 
2. 
Monitoring yuritishning uyg`unligi, texnologiyalar va uslublar birligini 
nazarda tutadigan birlik prinsipi. 
3. 
Yer fondidan foydalanishi va holati yer monitoringining ma‟lumotlariga 
haqiqatdan ham muvofiq kelish darajasini tavsiflaydigan aniqlik va ishonchlilik 
prinsipi. 
4. 
Ma‟lumotlarning tulalik prinsipi - aniq vazifalarni yechish uchun 
axborotlar to‟la va yetarlicha bo‟lishi zarur. 
5. 
Yer monitoringini yuritishning uzluksiz prinsipi. Yer munosabatlarini 
qayta tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining miqdor va sifat tavsifining 
o‟zgarishida uning ayrim toifalari o‟zgarishi yer resurslariga antropogenli 
nagruzkaning ko‟chayishi yer fondining taqsimlash va tarkibida turli xil o‟zgarishlar 
ro‟y beradi. Shuning uchun axborotlarni vaqti vaqti bilan yoki muntazam yangilab 
turish yo‟li bilan yer monitoringin yuritishning uzluksizligini ta‟minlash zarur. 
Qolgan prinsiplardan yana quyidagilarni ta‟kidlash kerak: ko‟rgazmali 
prinsipi (harita, atlaslar, sxemalardan foydalanish); foydalanish huquqi prinsipi 
(davlat yoki tijorat sirini tashkil etadigan ma‟lumotlardan tashqari) tejamkorlik va 
samaradorli prinsipi (yer monitoringi ma‟lumotlarini saqlash va usular, 
texnologiyalar, 
uslublarni 
qo‟llash); markazlashtirilgan rahbarlik prinsipi 
(O‟zbekiston Respublikasi masshtabida yagona uslub bo‟yicha va yagona 
markazdan monitoringni uzatish). 
Yer monitoringini yuritish uchun turli xil tavsiflar qidirishlar, taftish qilish 
(topografo-geodezik, tuproq, geobatanik, agrokimyoviy, meliorativ, shahar qurilishi 
va boshqalar) maxsus kuzatishlar (tog‟lardan ko‟chib tushadigan qorishma, sel 
toshqini glatsiologli, radiologiyali va boshqalar (kosmik tasvir va kuzatish, balandda 
uchadigan samalyotlar bilan tasvirga tushirish va kuzatish va kichik aviatsiya 
vositasi yordami bilan yer usti va tasvirga olish va kuzatish, shuningdek fondli 
dalillardan foydalanish bilan. 
Balandda uchadigan samalyotlar bilan kosmik tasvirga tushirish va 
kuzatishalarning asosiy vazifasi - global va mintaqa darajasida yer holatini bilib 


31 
olishdir. Kichik aviatsiya yordami bilan mahalliy yer monitoringi va aerokosmikli 
axborotni aniqlash uchun olib boriladi. 
Yer fondini masofali zond bilan tekshirish ikkita asosiy priborlar va uskunalar 
guruhlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi: 
video va rasm axborot (aerofoto apparatura, ko‟p zonali skanir uskunalar, 
radiolokatorlar TV-kanallari va boshqalar) priborlari; 
trassali guruhlar priborlari (spektrometrlar, SVCh va IK- radiometrlar va 
boshqalar). 
Yer ustida kuzatish poligonlarda, etalonli uchastkalarda, aerokosmikli 
axborotlarni tayyorlash uchun tayanch axborotlarni to‟plashning avtomatlashtirilgan 
statsionarli punktlarida o‟tkaziladi va bu ma‟lumotlarni zond bilan masofali 
tekshirish uslubi bilan olish mumkin bo‟lmaganda yer fondining holati to‟g‟risida 
ma‟lumotlarni olish. 
Yer ustida kuzatishlarni ta‟minlaydigan texnika vositalari majmuasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
-yer ustida siljib turuvchi stansiyalar; 
- avtomobillar trassasida yuqori darajada o‟tish mumkin bo‟lgan va tuproq 
namligini o‟zgarishi kimyoviy taxlili uchun jihozlangan priborlari shuningdek mikro 
EHM vamelemetriyani uzatish; 
- qabul qilish moslamasini ta‟minlovchi texnikaviy vositalar majmuasi. 
Arxivlarda (fondlarda) yer monitoringining materiallari to‟planishi va AAT 
bazalarida taqsimlanishi quyidagi sxema bo‟yicha amalga oshiriladi. 
Ma‟muriy tumanlar, shaharlarda yer suv mulkining tashqi ko‟rinishi 
uchastkalar, ayrim dalalar, yerdan foydalanish va yerga egalik qilish, barcha yer 
fondining holatini tavsiflaydigan mahalliy monitoringining dastlabki ma‟lumotlari 
to‟planadi. 
O‟zbekiston Respublikasining tarkibidagi respublika va viloyatlarda, ularning 
tarkibiga kiradigan tumanlar, shaharlar, shuningdek ayrim ekologik mintaqaviy 
tavsifga ega bo‟lgan ob‟ektlar bo‟yicha hamma ma‟lumotlarni o‟z ichiga olgan 
ma‟lumotlar shakllanadi. 


32 
Yer monitoringining shakllangan bazasi va bankidan foydalanishlari mumkin: 
-davlat va mahalliy boshqarish organlari; 
-yer resurslari va yer tuzish bo‟yicha O‟zbekiston Respublikasi qo‟mitasi, 
shuningdek uning joylardagi organlari; 
- yerdan foydalanish bilan bog‟langan korxonalar, tashkilotlar va boshqa 
muassasalar idoralari; 
-ayrim fuqarolar; 
-yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish atrof muhitni 
muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar, chet el va xalqaro organlari. 
O‟zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‟iston Respublikasi, 
viloyatlar va davlat mahalliy boshqaruv organlariga zaruriyatga qarab operativ 
ma‟lumotlar, prognozlar, mavzuli haritalar tuzib chiqadilar va taqdim etadilar va har 
yili 1-martgacha kechiktirmasdan u yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi 
mintaqaning yer fondi holati to‟g‟risida hisobot yili uchun hisobot yuboradilar. O‟z 
navbatida yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi yer monitoringlarini 
mintaqaviy materiallarini umumlashtirib zaruriyatga qarab tezkor ma‟lumotlar, 
ilmiy prognozlar, mavzuli haritalar va atlaslar tuzib chiqadilar va manfaatdor 
vazirliklar hamda idoralarga taqdim etadilar va O‟zbekiston hukumatiga keyingi 
hisobot yili uchun har yili 1-apreldan kechiktirmasdan O‟zbekiston Respublikasi yer 
fondining holati to‟g‟risida hisobot yuboradi. 
Yer monitoringi turli xil usullar va uslublar bilan olib boriladi. O‟z ichiga 
natural kuzatishi (ekspeditsiyali, statsionarli, majmuali (biosferali qo‟riqxonalar), 
Masofali (aerokosmikli tasvir) va avtomatlashtirilgan axborot tizimini (AAT) 
kiritadi. 
Bu uslublar va kuzatishlar yordami bilan salbiy jarayonlar aniqlanadi: 
- uchastkalar, dalalar, yer suv mulki, yerdan foydalanuvchilar va ayrim yer 
maydonlariga egalik qilishdagi chegaraning o‟zgarishi va adolatini, shu jumladan 
shahardagi barcha uchastkalar qayd etiladi (bu soliq solish uchun zarur); 
-tuproq holatining o‟zgarishi (kislotaligi, degradatsiyasi, ifloslanishi va 
hokozolar); 


33 
-geologik muhit, rel‟efi holatining o‟zgarishi, (ko‟chkilar, jarliklar, o‟pirilish 
kar‟erlar va hokazolar ustidan nazorat); 
-o‟rmonlar holatini o‟zgarishi; 
-hayvonot va o‟simliklar dunyosi holatining o‟zgarishi; 
-aholi punktlari yerlari holatining gaz va neft qazib olish ob‟ektlari, tozalagich 
inshootlari, zaharli chiqindilar va radioaktiv materiallar va boshqalarni ko‟mish 
joyining o‟zgarishi. 
Masalan, spektrozonali tasviri yordami bilan suv va havo havzalarining 
tuproqning ifloslanishi, o‟simliklar kasallanishi maydonini bo‟lib olish, eroziyalarni 
kuzatish va boshqa hodisalarni qayd qilish mumkin. 
Bir necha kilometr masofagacha aerozolli ifloslanishni esa bir necha yuz metr 
masofagacha o‟rganishga imkon beradigan lazer lokatsionli tasvir atrof muhitni 
o‟rganish uchun ayniqsa perspektivdir. 
Kuzatishning fazoli vositalaridan foydalanish zond bilan masofali tekshirish 
ma‟lumotlarning ishlov berish asosida shaharlarning antropogenli dalalar va uning 
tarqalib turgan hududiga ekologik tasvirning ma‟lum chegarasining tavsifini tuzib 
chiqish mumkin. 
O‟zbekiston Respublikasi yer monitoringin yuritish paytida negativ jarayonlar 
ko‟rsatkichlariga quyidagi ko‟rsatkichlarni kiritish mumkin: 
- tuproq degumifikatsiyasi paytida chirindining zaxirasi va tarkibi; 
- tuproqning chiziqli eroziyasi paytida – jarli to‟sinli tarmoqlarning kamligi, 
parchalanish koeffitsiyenti va boshqalar. 
- tuproq eroziyasining o‟simlik paytida chirindi gorizontining quvvati, 
tuproqli gorizontlar va boshqalarni kamayishi; 
-tuproqning kislota ishkorli sharoiti o‟zgargan paytida DN, gidrolitik 
kislotaligi; 
-sho‟rlangan paytda, tuzlar zaxirasi va tarkibi, ularning kimyoviy tarkibi, 
tuproq profili bo‟yicha taqsimlanish; 
-yo‟l qo‟yilishi mumkin bo‟lgan doira va ifloslantiruvchi real konsentratsiya, 
pestitsidlar, radionuklidlar, og‟ir metallar bilan yerni ifloslantirish paytida. 


34 
-dengizlar, ko‟llar, daryolar, va boshqa suv havzalarining ta‟sir ko‟rsatishi, 
qirg‟oq chiziqlari vayron bo‟lishining tezligi va boshqa ma‟lumotlarning to‟planishi, 
suv havzalari ifloslanishi paytida. 
-toshloqlik sharoitida maydondan foizda toshloqlik darajasi gektariga m
2
da 
toshloqlikning profili bo‟yicha yoyilishi; 
-tuproq sho‟rlangan paytida natriyning almashish tarkibi, almashishi asoslari 
summasidan foizda tabiiy yem xashak mulklari degradatsiyasi paytida zaharli 
o‟simliklar bilan ifloslanishi; 
-aholi punktlari yerlari holatini taxlil qilish paytida tuproqda, o‟simliklarda, 
suv ostida ifloslantiruvchilar tarkibi tuproqning sanitarlik holati geologik jarayonlar 
ko‟rsatkichi (filtratsiya koefitsiyentlari, yer osti suvlari tavsifi, zamindagi bosim, 
kuchlanish miqdori va boshqalar), dalalar jismoniy tavsifi; qalinlik va patogentli 
gruntlar maydoni va mikro organizmlar va boshqalar. 
Shunday qilib yer monitoringini amalga oshirish natijasida yer fondi bilan 
ro‟y beradigan negativ o‟zgarishlar to‟grisida tezkor axborotlar to‟plash amalga 
oshiriladi. 
Yer monitoringining yuritishning huquqiy asosi O‟zbekiston Respublikasining 
“Yer kodeksi”, “Yer osti boyliklari” to‟g‟risidagi qonun, O‟zbekistonda agrar 
islohotlar bo‟yicha qonun xujjatlarida, O‟zbekistonda ekologik vaziyatni 
sog‟lomlashtirish bo‟yicha hukumat bayonnomalari va 2005 yilga qadar tabiatni 
muhofaza qilishning asosiy yo‟nalishlari bilan belgilab qo‟yilgan. 
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15 iyul 1992 yil №491 
“Yer monitoringi to‟g‟risidagi” hukumat bayonnomasida yer monitoringining asosiy 
vazifalari aniqlab berilgan. 
5 fevral 1993 yilga №100 hukumat bayyonnomasida esa “O‟zbekiston 
Respublikasining yer monitoringining davlat dasturi” tasdiqlangan va yer 
monitoringi bo‟yicha qator aniq tadbirlar belgilangan. 
Respublika, viloyatlar yer monitoringini moliyalashtirish respublika byudjeti 
hisobidan mablag‟ ajratish va mahalliy byudjetga yer solig‟i va yer uchun ijara haqi, 
shuningdek turli xil ekologik fondlari mablag‟lari hisobidan amalga oshiriladi. 


35 
O‟zbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika, viloyatlar yer fondining 
holati to‟g‟risidagi axborotlar, hisobotlar, ilmiy prognozlar dokladlar ko‟rinishida 
rasmiylashtiriladi va vaqti-vaqti bilan maxsus nashriyotlarda e‟lon qilinadi. Yer 
monitoringi bo‟yicha ishlarini kordinatsiyalashtirish va rahbarlik qilishni 
O‟zbekistonning “Yergeodezkadastr” davlat qo‟mitasi amalga oshiradi. 
Yer monitoringi ma‟lumotlaridan foydalanuvchilar davlat organlari, 
O‟zbekiston yer kadastri xizmati, mahalliy boshqaruv organlari, va uning faoliyati 
yerdan foydalanish bilan bog‟langan joylardagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar 
va boshqa idoralar ayrim fuqarolar xalqaro va chet el organlari atrof muhitni 
muhofaza qilish yerdan va tabiatdan foydalanish soxasidagi tashkilotlar bo‟lib 
hisoblanadi. 
Yer monitoringi bo‟yicha ishlarni yanada rivojlanishi uchun yer 
monitoringining informatsion va texnologik bazasini yaratish zarur. Uni O‟zbekiston 
hududida zond bilan masofali tekshirishni yer ustida kuzatish bilan texnikaviy 
vositalarni qo‟llash orkali yuritishni bosqichma- bosqich tashkillashtirish maqsadi 
O‟zbekiston yerlarida salbiy jarayonlarni bartaraf qilish va o‟z vaqtida oldini olish 
bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqish va realizatsiya qilishni ta‟minlash uchun bu 
tadbirlar yuqotilishi kerak. 
Kelajakda ekologik monitoring tarkibida boshqa idoralar bilan o‟zaro ta‟sir 
ko‟rsatishda yerni vayron qilishga ta‟sir qiladigan yerning buzilishini, salbiy 
geologik jarayonlar va boshqa axborotlardan to‟la darajada foydalanib yer 
monitoringining ko‟p darajali tizimini yaratish kutilmokda. 
Hozirgi vaqtda yagona ekologik monitoringning davlat tizimi (YaEMDT)ni 
yaratish bo‟yicha ishlar olib borilmokda. Bu tabiat atrof muhiti holatini nazorat 
qilish uchun majmuali yondashuvning muhim unsurlaridan birida (O‟zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24 noyabr 1993 №1229 bayonnomasi). 
MDH davlatlari ishtirokchilari ekologik monitoringning davlatlararo tizimi 
masalasini yaratishni ishlab chiqmoqdalar, shuningdek xalqaro ekologik axborot 
tizimiga kirish (integratsiya) masalasi ham. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin