Davriy yuk tashish mashinalari
Davriy yuk tashish mashinalari deb, ishlab chiqarish kor- xonalari hududida foydalaniladigan barcha yer usti transport- lariga aytiladi.
Ular aravalar, karalar, yuk ortgichlar va sanoat robotlaridir.
99-rasm,
a da arava sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday aravalar g‘ildiraklar
1 ga o‘rnatilgan platforma
2 dan iborat.
Platforma yuk 3 ni tashish vazifasini bajaradi. Oddiy aravalar qo‘l kuchi yordamida harakatga keltiriladi. Aravalarning yuk ko‘taruv- chanligini va yuk tashish tezligini oshirish maqsadida ara- valarga yuritgich — motor-dvigatel o‘rnatiladi. Bunday aravalar
kara deyiladi.
99-rasm, b da yuk ortgich sxemasi ko‘rsatilgan. Yuk ortgich arava 2 dan iborat bo‘lib, aravaga yuklarni ilib olish uchun shox (vilka)lar 3 o‘rnatilgan. Agar yuk sochiluvchan bo‘lsa, shoxlar o‘rniga cho‘mich o‘rnatiladi.