N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə41/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Davriy yuk tashish mashinalari
Davriy yuk tashish mashinalari deb, ishlab chiqarish kor- xonalari hududida foydalaniladigan barcha yer usti transport- lariga aytiladi. Ular aravalar, karalar, yuk ortgichlar va sanoat robotlaridir.
99-rasm, a da arava sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday aravalar g‘ildiraklar 1 ga o‘rnatilgan platforma 2 dan iborat. Platforma yuk 3 ni tashish vazifasini bajaradi. Oddiy aravalar qo‘l kuchi yordamida harakatga keltiriladi. Aravalarning yuk ko‘taruv- chanligini va yuk tashish tezligini oshirish maqsadida ara- valarga yuritgich — motor-dvigatel o‘rnatiladi. Bunday arava­lar kara deyiladi.
99-rasm, b da yuk ortgich sxemasi ko‘rsatilgan. Yuk ortgich arava 2 dan iborat bo‘lib, aravaga yuklarni ilib olish uchun shox (vilka)lar 3 o‘rnatilgan. Agar yuk sochiluvchan bo‘lsa, shoxlar o‘rniga cho‘mich o‘rnatiladi.


99-rasm. Davriy yuk tashish mashinalarining sxemalari. a — arava; b — elektr yuk ortgich; d — sanoat roboti; e — mexanik belkurak.

99-rasm, d da sanoat robotining sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday robotlar korpus 1 va manipulator 2 dan tashkil topgan. Korpusga robotni boshqaruvchi mexanizmlar va aravani yurgi- zuvchi yuritgich o‘rnatiladi. Manipulator yuklarni ushlash, chan­gallash, qisib olish va kerakli joyga o‘rnatish vazifasini o‘taydi.


2. Yuk tashish mashinalarining turini qabul
qilishga ta’sir qiladigan asosiy omillar

Yuk tashish mashinasining biror xilini tanlashda quyidagi omillarga e’tibor berish kerak:

  1. .Tashiladigan material — yukning holati.

  2. . Yukning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari (bir bo‘lak yuk­ning kattaligi, uning qattiqligi, yopishqoqligi, zichligi va hokazo).

  3. .Tashish mashinasining unumdorligi.

136

  1. .Korxonada qabul qilingan texnologik tizimning turi.

  2. .Tashiladigan yukning saqlanish sharoiti.

  3. .Konveyerni yuklash va bo‘shatish sharoiti.

  4. .Yuk tashish mashinasini ishlatishning iqtisodiy ko‘rsat- kichlari (mashinaning ishlash muddati, mashinadan foydala- nish sur’ati, mashinani ishlatish va ta’mirlashga sarf bo‘ladigan xarajat miqdori, sarflanadigan elektr energiyasining miqdori, 11 yukni siljitish uchun sarflanadigan mehnat va uning qiy- mati).

  5. .Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish sharoiti.


    1. Yüklə 1,57 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin