Tashiladigan materiallarning xossalari
Material
|
Materialning zichligi, kg/m3
|
Tabiiy qiyalik burchagi, grad.
|
Materiallarning po‘latga ishqalanish koeffitsienti
|
Tinch holatda
|
Harakatda
|
Tinch holatda
|
Harakatda
|
Mayda quruq antrotsit
|
800...950
|
45
|
27
|
0,84
|
0,29
|
Shlak
|
600...1000
|
50
|
35
|
1,2
|
0,36
|
Bug‘doy
|
700830
|
35
|
25
|
0,58
|
0,56
|
Temir rudasi
|
2100...3500
|
50
|
30
|
1,2
|
0,58
|
Koks
|
400...500
|
50
|
35
|
1,0
|
0,57
|
Tuproq
|
1200...1700
|
45
|
30
|
1,0
|
0,58
|
Sement
|
1000...1300
|
43
|
38
|
—
|
0,58
|
Toshko‘mir
|
|
50
|
35
|
1,0
|
0,58
|
Qum
|
1400...1800
|
45
|
30
|
0,80
|
0,58
|
Loy (tuproqli)
|
1200...1500
|
50
|
40
|
0,75
|
—
|
Chaqiq tosh
|
1800...2000
|
45
|
35
|
0,63
|
—
|
Shag‘al
|
1500...1900
|
45
|
30
|
1,0
|
0,58
|
3. Tortuvchi elementli uzluksiz tashish
mashinalari (UTM)
Umumiy ma’lumotlar
Sochiluvchan (sement, qum, tuproq, chaqiq tosh, shag‘al, shlak va h.k.), plastik (beton aralashmasi), donali (g‘isht, tosh, buyum) yuklarni tashishga xizmat qiladigan mashinalar uzluksiz tashish mashinalari deyiladi. Uzluksiz tashish mashinalari yuklarni to‘xtovsiz, ma’lum yo‘nalishda tashiydi. UTM yuk ortish va yuk tushirish uchun ham to‘xtatilmaydi, ya’ni yuklar mashina ishlab turgan vaqtda yuklanadi va tushirila- di. Smena davomida UTM unumdorlikni o‘zgartirmagan holda yuklarni tashiy oladi.
UTM qo‘llanilishi, korxonalardagi qo‘l kuchi bilan bajari- ladigan ishlarni kamaytiradi, ish unumdorligini oshiradi, yuklarni ortish, tushirish, tashish ishlarini mexanizatsiyalash va av- tomatlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu mashi- nalarning qo‘llanishi korxonadagi texnologik jarayonning unumdorligini va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Masalan, yig‘uv sexida ishlaydigan konveyerning tezligi, tayyor mahsulot, ya’ni yig‘iladigan mashina (avtomobil, traktor, paxta terish mashinasi va h.k.)ning ishlab chiqarish unumdorligini belgilaydi. Shuning uchun UTM yuklarni katta tezlik bilan uzoq masofaga tashishda ko‘p qo‘llanadi. Masalan, ochiq usul bilan kovlanadigan konlarda tasmaning eni 3000 mm, tasmaning tezligi 6—8 m/s, unumdorligi 30000 t/soat, uzluksiz tashish mashinalari bir bo‘lagining uzunligi 8...10 km bo‘lgan konveyerlar qo‘llanadi.
Uzluksiz yuk tashish mashinalarining turlari
Uzluksiz yuk tashish mashinalari ishlash prinsipi, konst- ruksiyasining turi, tashuvchi elementining turi, tashilayotgan yukning turi, mashinaning bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ishlash prinsipi bo‘yicha: yuklarni ko‘tarib tashuvchi; yuklarni kurab tashuvchi konveyerlar.
140
Yuklarni ko‘tarib tashuvchi konveyerlar: tasmali, plas- tinkali, aravachali, cho‘michli, belanchakli va osma konveyer- lardir.
Kurab tashuvchi konveyerlar: kurakchali konveyerlarda yuklar ma’lum masofada o‘rnatilgan kurakchalar yordamida maxsus novlarda kurab tashiladi.
Qo‘llanishi bo‘yicha: umumiy vazifalarni bajaruvchi umumiy konveyerlar va maxsus konveyerlarga bo‘linadi. Umumiy vazifalarni bajaruvchi konveyerlar xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida qo‘llaniladi. Maxsus konveyerlar maxsus vazifalarni bajarishda, masalan, yerosti ishlarida, tog‘lardagi kon- lardan yuklarni tashishda ishlatiladi.
Konstruksiyasining tuzilishiga qarab:
egiluvchan elementli konveyerlar;
egiluvchan elementi bo‘lmagan konveyerlar.
Egiluvchan elementli konveyerlarga tasmali, plastinali, aravachali, cho‘michli, belanchakli, osma konveyerlar, kurakchali konveyerlar kiradi.
Egiluvchan elementi bo‘lmagan konveyerlarga qiya tekislik — biror burchak bilan o‘rnatilgan nov, rolikli konveyer, biror bur- chak bilan ketma-ket o‘rnatilgan roliklar, ya’ni gravitatsion konveyerlar kiradi. Bu konveyerlarda yuk o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida harakatga keladi. Bulardan tashqari aylanuvchi vint, aylanuvchi quvur, inersion konveyer va odimlovchi konveyerlar kiradi.
Egiluvchan elementning xili bo‘yicha: tasmali, zanjirli, osma arqonli konveyerlar.
Bajaradigan vazifasiga qarab:
sochiluvchan yuklarni tashuvchi;
donali yuklarni tashuvchi;
d) passajirlarni tashuvchi.
Konveyerlar yana yuk tashuvchi va texnologik tizimdagi ishlarni bajaruvchi turlarga bo‘linadi.
Yuk tashuvchi konveyerlar yukni yuk uzatuvchi bo‘limdan qabul qiluvchi bo‘limgacha tashish uchun xizmat qiladi.
Texnologik tizimdagi konveyerlar yuklarni yoki mahsulotni texnologik tizmada harakatlantirish uchun xizmat qiladi.
Yuklarni ortish va tushirishda ham yuk ortuvchi konveyerlar ishlatiladi. Yuk ortuvchi konveyerlar o‘ziyurar yoki ko‘chi-
141
riladigan turlarga bo‘linadi. O‘ziyurar yuk ortuvchi mashinalar yuklarni yuk uyumidan o‘zi olib, keyin boshqa mashinaga ortadi. Bunda yukni ortishda ishchi kuchi qo‘llanilmaydi.
Ko‘chiriladigan konveyerlar omborlardagi yuklarni avtomo- billarga, temiryo‘l vagonlariga yoki suvda suzar kemalarga ortishda ishlatiladi. Ko‘chiriladigan konveyerlar bir butun yoki bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin. Ularning ramasi bo‘lak-bo‘lak bo‘lib, ko‘chirilgandan keyin qaytadan yig‘iladi yoki ko‘chiriladigan konveyer bir necha bo‘lak-bo‘lak konve- yerlardan tashkil topgan bo‘lib, yuklarni biridan ikkinchisiga ketma-ket uzatadi.
Yuk ortuvchi konveyerlar tasmali, plastinali, kurakchali va cho‘michli konveyerlarga bo‘linadi.
Shunday qilib, uzluksiz tashish mashinalari juda xilma-xil bo‘lib, katta unumdorlik bilan ishlay olgani uchun xalq xo‘ja- ligining hamma sohalarida juda keng qo‘llaniladi.
Tasmali konveyerlar
Tasmali konveyerlarning tuzilishi
Keng tarqalgan tortuvchi elementli uzluksiz yuk tashish mashinalaridan biri tasmali konveyerlardir. 100-rasmda tasmali konveyerning sxemasi ko‘rsatilgan.
Bu konveyer quyidagi elementlardan tashkil topgan:
100-rasm. Tasmali konveyer sxemasi.
142
konveyer yuritmasi: elektrodvigatel 12, mufta 8, reduktor P;
harakatga keltiruvchi — yetaklovchi baraban 6;
yetaklanuvchi baraban — taranglovchi baraban 2;
tortuvchi element — tasma 4;
konveyer ramasi (stanina) 13;
taranglovchi qurilma 1;
rolikli tayanchlar 5, 11;
tasmaning yo‘nalishini o‘zgartiruvchi qurilma 14;
yuk ortuvchi qurilma 3;
yuk tushiruvchi qurilma 7;
yuk tashuvchi tasmani tozalovchi qurilma 10;
konveyerni to‘xtatuvchi qurilma — to‘xtatgich 16.
Yuk tashuvchi tasmali konveyerning uzunligi tortuvchi element — tasmaning mustahkamligiga bog‘liq. Odatda bir dona yetaklovchi barabanli, ip gazlamadan tayyorlangan tasmali konveyer uzunligi 25...100 m ga yetadi. Tasmali konveyer unumdorligi tasma eni, tasmaning tezligi, tashilayotgan yuk tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yetaklovchi barabani bir nechta bo‘lgan tasmali konveyerning uzunligi 2 km bo‘lib, unumdorligi 10000 t/soat bo‘lishi mumkin. Ko‘plab ishlab chiqariladigan konveyerlar tasmasining eni 2 m, tasma tezligi 1...5 m/s ga yetadi.
Ko‘plab ishlab chiqariladigan konveyerlarning asosiy para- metrlari tasma eni, tasmaning tezligi, yetaklovchi baraban diametri hisoblanadi.
Tasmali konveyerlarning tortuvchi
elementlari
Tasmali konveyerlar tasmasi tashilayotgan yukni ko‘tarish va tashish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun tasma ishonchli ishlashi, ishchi sirti tashilayotgan yuk ta’sirida kesilib ketmasligi, darz ketmasligi va yedirilmasligi kerak.
Tasmali konveyerlarda ko‘pincha rezina shimdirilgan ip gaz- lamali tasma ishlatiladi. Bunday tasma qistirma 1, ustki 2 va pastki 3 qoplamalardan tashkil topadi (101-rasm, a, b). Qistir- malar sifatida viskoza, ipak, shisha tola, asbest va ip gazlama- lardan foydalaniladi.
101-rasm. Konveyer tasmalari.
Ip gazlamali qistirmalar oddiy to‘qilgan qo‘pol gazlamadan (belting) tayyorlanadi. Tasmadagi qistirmalar bo‘ylama cho‘- zilishga ishlaydi.
Tasmaning mustahkamligini oshirish maqsadida qistirma qatlamlari orasiga po‘lat simli troslar 5o‘rnatiladi (101-rasm, e). Bunday tasmalar tashilayotgan yuk temperaturasi <65°C bo‘lganda ishlatiladi. Tashiladigan yuk temperaturasi <100°C bo‘lganda maxsus tasmalardan foydalaniladi. Bunday tasmalar issiqlikka chidamli rezina qatlamiga 4 ega bo‘ladi (101-rasm, d).
Tasmali konveyerlar yuklarni gorizontal tekislik bo‘ylab, ba’zi hollarda ^ burchak ostidagi qiyalik yo‘nalishida tashishda ishlatiladi. ^ — qiyalik burchagi bo‘lib, uning kattaligi yuk uyumining tabiiy qiyaligining 2/3 qismidan kam bo‘lishi kerak.
Qurilish materiallari rezinalangan tasmalarda tashilayotgan bo‘lsa ^< 22°, po‘lat tasmalarda tashilayotgan bo‘lsa ^<14° olinadi.
Konveyerlar uchun ishlab chiqarilayotgan rezina gazlamali tasmalarning eni 0,3...2 m, qatlamlar soni 3...12 bo‘lib, mustahkamlik koeffitsienti Krp = 9...12 olinadi. Agar tasma gorizontal yo‘nalishda yuk tashisa, K.p = 9...10, qiya tekislik yo‘nalishida yuk tashiyotgan bo‘lsa Krp = 11...12 olinadi.
B-820 markali tasmalarning uzishdagi mustahkamlik chegarasi arp = 61 dan/sm ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda BKNL-65, BKNL-100, TLK-100, TLK-200 markali tasmalar ishlab chiqarilmoqda. Bu tasmalardagi raqamlar 65, 100, 200 — tasma qistirmasining uzishdagi mustahkamlik chegarasini (dan/ sm) ko‘rsatadi.
Tasmalarning eni B (102-rasm) konveyerning unumdorligi va tashilayotgan yukning xususiyatlariga qarab tanlanadi.
Gorizontal tekislikdagi yuk uyumining tabiiy qiyalik burcha- gini
p' = 0,35
olinadi.
Harakatdagi tasma ustidagi yuk uyumi kesmasining yuzasini ko‘paytirish maqsadida novsimon shaklga ega bo‘lgan tasmalar ishlatiladi (102-rasm, b).
Tasmaning eni yuk uyumining enidan 100 mm ga katta olinadi.
102-rasm. Yukning tasmada joylashuvi:
a) yassi tasmada; b) qo‘zg‘almas devorli yassi tasmada; d) novsimon tasmada; e) yassi tasmada; f) yassi tasmada.
10— Ko‘tarish, transport mashinalari 145
Tasmadagi qistirmalar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(161)
% _ ^max’ Кr.p.
bu yerda: Fmax — tasmaning eng katta tarangligi, dan;
В — tasma eni, sm.
Dostları ilə paylaş: |