N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə39/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

II qism. YUK TASHISH MASHINALARI
1. Yuk tashish mashinalarining tasnifi
Yuk tashish mashinalari, ko‘pincha, yuklarni gorizontal yo‘nalishda, ayrim hollarda vertikal yo‘nalishda yoki biror burchak ostida yo‘naltirish ishlarida qo‘llaniladi.
Yuk tashish mashinalarini yuk tashish xususiyati bo‘yicha uch guruhga bo‘lish mumkin:

  1. mexanik mashinalar;

  2. pnevmatik qurilmalar;

  3. gidravlik qurilmalar.

Yuk tashuvchi mexanik mashinalar ikki guruhga bo‘linadi: 1)uzluksiz yuk tashish mashinalari;
2)davriy yuk tashish mashinalari.
Yuk tashuvchi pnevmatik qurilmalar ham ikki guruhga bo‘linadi:

  1. sochiluvchan yuklarni havo bilan aralashtirib tashuvchi qurilmalar;

  2. yuklarni havo oqimi yordamida truboprovod (quvur)larda maxsus kapsulalarda (konteynerlarda) tashuvchi qurilmalar.

Yuk tashuvchi gidravlik qurilmalarda sochiluvchan yuklar suyuqlik bilan birgalikda tashiladi.
Uzluksiz yuk tashish mashinalari
Uzluksiz yuk tashish mashinalari ikki guruhga bo‘linadi:
1)tortuvchi elementsiz (tortuvchi elementi yo‘q) mashi­nalar;
2)tortuvchi elementi bor mashinalar.
Tortuvchi elementsiz mashinalarda (ular gravitatsion quril­malar deb ham ataladi) yuk tashishda yukning og‘irlik kuchidan
125

82-rasm. Qiya tekislikda yuk tushirish sxemasi.

foydalaniladi. Oddiy gravitatsion qurilmalarga qiya tekislik, bi- ror qiyalik bilan o‘rnatilgan nov, quvur (truba) misol bo‘la oladi. Bu qurilmalarning qiyalik burchagi ishqalanish burchagidan biroz katta bo‘lishi kerak.


Gravitatsion qurilma sifatida rolikli, vintli, inersion, teb- ranuvchi konveyerlar, pnevmatik va gidravlik qurilmalardan ham foydalaniladi.
Gravitatsion qurilmalarda yuk o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida yuqoridan pastga qarab harakatlanadi.
Pnevmatik va gidravlik qurilmalarda yuk quvur bo‘ylab biror tezlik bilan harakatlanayotgan havo yoki suyuqlik yordamida ta- shiladi.
82-rasmda qiya tekislikda yuk tashish sxemasi ko‘rsa- tilgan. Qiya tekislik ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismning qiyaligi ishqalanish burchagidan katta olingan. Bu qismda yuk belgilangan tezlikka ega bo‘lgach, ikkinchi qism- ga o‘tadi. Ikkinchi qismning qiyaligi birinchi qism qiyali- gidan kam olinadi. Ikkinchi qismda yukning tezligi ka- mayadi.
83-rasmda vintsimon gravitatsion qurilma ko‘rsatilgan. Bu qurilmada yuk 1 vintsimon sirt 2 bo‘ylab biror tezlik bilan pastga tushadi.
126



83-rasm. Vintsimon gravitatsion qurilmada yuk tushirish sxemasi:
1 — yuk; 2 — vintsimon qurilmaning ishchi qismi;
3-yuk to‘xtatish qismi.

84-rasm. Rolikli konveyer sxemasi.

84-rasmda rolikli konveyer sxemasi ko‘rsatilgan. Bu kon­veyer ketma-ket o‘rnatilgan roliklar 2 dan tashkil topgan. Roliklar podshipniklar ustida erkin aylanadi. Bunday kon- veyerlar ustida yuk qo‘l kuchi yordamida tashiladi.


85-rasmda vintli konveyer sxemasi ko‘rsatilgan. Bu konveyer quvur 1 ichida aylanma harakat qiladigan vintsimon sirt 2 dan iborat. Vint aylanganda konveyer korpusi va vint orasidagi yuk ilgarilanma harakat qiladi.

85-rasm. Vintli konveyer sxemasi.


86-rasm. Yuk tashuvchi quvur sxemasi.

86-rasmda yuk tashuvchi quvur sxemasi ko‘rsatilgan. Bu qurilma, ichiga vintsimon parraklar 2 o‘rnatilgan quvur 1 dan iborat. Quvur rolikli tayanchlar 4 ustida aylanadi. Quvur aylanganda yuk 3 quvur o‘qi bo‘ylab harakatga keladi. Bunday quvur (truba)lar sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi.


87-rasmda inersion konveyerning sxemasi ko‘rsatilgan. Bu konveyerda yuk inersiya kuchi ta’sirida sirpanib harakatla- nadi. Inersion konveyer tebranuvchi tayanch ustunlar 2 ga o‘rnatilgan va krivoshipli mexanizmlar 4 ta’sirida harakatla- nuvchi nov 3 dan iborat. Tayanch ustunlar nov tomon burchak ostida o‘rnatilib, yuk 1 nov bilan birga oldinga harakatlanganda yuk biroz oldinga siljiydi va nov orqaga qaytganda novdan tushib qoladi (to‘kiladi).

87-rasm. Inersion konveyer sxemasi.


88-rasm. Vibratsion konveyer sxemasi.

88-rasmda vibratsion (titrovchi) konveyer ko‘rsatilgan. Bu konveyerlar elastik tirkagich 4, nov 3, vibrator 1 dan iborat bo‘lib, konveyer vibrator yordamida harakatga keltiriladi. Vibratsion konveyerlarda yuk 2 shunday tezlanish bilan harakat- lanadiki, bu tezlanishning vertikal teng ta’sir etuvchisi erkin tushish tezlanishidan katta bo‘ladi.


89-rasmda pnevmatik yuk tashish qurilmasi ko‘rsatilgan. Bu qurilmada yuk 1 ni harakatdagi havo oqimi o‘zi bilan birga so‘rib, quvurlar 2 ichida harakatga keltiradi. Harakatdagi yuk konteyner 3 ga yig‘iladi. Konteyner 3 da to‘plangan iflos havo, quvurlar orqali, chang ajratgich 4 da yig‘iladi. Chang ajratgichda
9— Ko‘tarish, transport mashinalari 129

89-rasm. Pnevmatik konveyer sxemasi.

tozalangan havo vakuum-nasos yordamida atmosferaga chiqarib yuboriladi.



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin