70-rasm. Xavfsiz dastak sxemasi.
Ill
71-rasm. Dastaki lebyodkalar.
aylantirish kerak. Unda disk 4 o‘ng tomonga siljib, tishli g‘ildirak 2, disk 1, disk 4 o‘rtasidagi ishqalanish momenti diskni yuk og‘irligi ta’sirida teskari aylanishiga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shu sharoitda yuk pastga tusha boshlaydi.
72-rasm. Elektr yuritmali lebyodkalar.
Agar yuk tezligi oshib ketsa, vtulka 1 rezba bo‘ylab siljib, disk 4 ni chap tomonga suradi, u holda ishqalanish momenti kuchayadi va yukning tezligi kamayadi. Shunday qilib, disklar 1, 4 va tishli g‘ildirak 2 o‘rtasidagi ishqalanish kuchi yukning pastga tushish tezligini dastak tezligi bilan teng- lashtirib turadi.
Lebyodkalarda dastak 6 dagi aylantiruvchi moment baraban 3 ga tishli uzatmalar 4 yordamida uzatiladi (71-rasm). Ko‘tarilgan yuk tishli to‘xtatgich 5 yordamida ushlab turiladi.
Mashina (ko‘pincha, elektrodvigatel) yordamida harakatga keltiriladigan lebyodkalar yuk ko‘tarish mashinalaridajuda keng qo‘llaniladi (72-rasm).
Bunday lebyodkalar baraban 1, reduktor 2, tormoz 3 va elektrodvigatel 4 dan tashkil topgan bo‘lib, barcha mexanizmlar lebyodka ramasi 5 ga o‘rnatiladi.
Tallar
Mashinasozlik korxonalarida yuklarni sexlar ichida va sex- lararo tashishda, ta’mirlash va montaj ishlarida ixcham yuk ko‘tarish mexanizmi — tallar ishlatiladi.
Tallarning yuk ko‘taruvchanligi 0,25...10t bo‘lib, yukni ko‘tarish tezligi v <8 m/min, yuk ko‘tarish balandligi H < 24m. Tal yuritmasida chervyakli uzatma yoki silindr g‘ildirakli tishli uzatmalardan foydalaniladi (73-rasm).
Tal yuritmasi qo‘l kuchi yordamida yoki elektrodvigatel yordamida ishga tushiriladi. Dastaki tallarda (DAST 689975) yuk tortuvchi elementlar sifatida (DAST 2319-70) zanjirlar ishlatiladi. Chervyakli uzatmali tallarda (DAST 191-75) va silindr g‘ildirakli tishli uzatmali tallarda kalibrlangan zanjirlar (DAST 2319-70) ishlatiladi.
74-rasmda chervyakli uzatmali tal ko‘rsatilgan. Bunday tallarda tortuvchi element vazifasini plastinkali zanjir 8 bajaradi. Bunday tal halqasimon zanjir 6 vositasida harakatga keltiriladi. Bu zanjirning yulduzchasi 5 chervyak vali 7 ga o‘rnatilgan. Aylanma harakat chervyak validan chervyak g‘ildiragi 4 ga
8— Ko‘tarish, transport mashinalari 113
73-rasm. Dastaki tai sxemasi:
a — chervyakli uzatmali; b — tishli uzatmali.
74-rasm. Chervyakli uzatmali tai.
uzatiladi. Chervyak g‘ildiraklarining valiga tortuvchi zanjir 8 ning yulduzchasi o‘rnatilgan. Tortuvchi zanjirlarning ikkinchi yulduzchasi ilgak osmasiga o‘rnatilgan. Yukni biror balandlikda to‘xtatish uchun chervyak valiga tormoz 3 o‘rnatilgan. Agar yukni gorizontal yo‘nalishda siljitish kerak bo‘lsa, tal yordamchi ilgak vositasida tal aravasidagi traversa 5 ga osib qo‘yiladi.
Tal aravachasi g‘ildiraklar 1 vositasida relslarda harakatla- nadi (75-rasm). G‘ildiraklar o‘qlar 2 ga o‘rnatilgan. Traversa g‘ildirak o‘qlariga, nakladka 3 yordamida mahkamlanadi. Nak- ladkalar bir-biriga shpilkalar 4 yordamida tortib qo‘yilgan.
Tal aravachasi zanjir 8 vositasida harakatlantiriladi. Zanjir 8 tortilganda yulduzcha 7 aylanadi. Yulduzcha 7 aravacha yuritmasini harakatga keltiradi. Aravacha yuritmasi yulduzcha 7 va silindr g‘ildirakli tishli uzatmalar 6 dan tashkil topgan. Tishli uzatma g‘ildiraklari 6 aravacha g‘ildiraklari 9 ni harakatga keltiradi. Agar talning yuk ko‘taruvchanligi elektrotallar deyiladi.
75-rasm. Dastaki siljitish mexanizmli tal aravachasi.
ll5
76-rasm. Elektrotal ko‘tarish mexanizmining sxemasi.
76-rasmda elektrotal ko‘tarish mexanizmining sxemasi kel- tirilgan. Bunday tallar elektrodvigatel 1, baraban 2, reduktor 3, reduktor korpusi 4 va tormoz 6 dan tashkil topgan. Elektrotallar maxsus osma yo‘llar 6 da elektrodvigatel yorda- mida ilgarilanma harakat qiladi.
77-rasmda elektrotal aravachasining sxemasi keltirilgan. Elektrotal siljitish mexanizmi elektrodvigatel 1, tishli uzat- malar 2, 3, 4 va aravacha g‘ildiragi 5 dan iborat.
77-rasm. Mashina yuritmali siljitish mexanizmi kinematik sxemasi.
116
8>
Dostları ilə paylaş: |