N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə38/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Kabelli kranlar. Kabelli kranlar katta ombor yoki ishlab chiqarish maydonlari va qurilish maydonlarida, shuningdek, to‘g‘onlar, ko‘priklar va notekis joylardagi qurilishlarda ishla- tiladi.
Kabelli kranlarning yuk ko‘taruvchanligi: ortish-tushirish ishlari uchun, odatda, 1,0 dan 25,0 t gacha va gidrotexnik qurilishlarda 150,0 t gacha; oraliq uzunligi 150—600 m gacha (ba’zan esa 1000 m gacha), tayanchli minoraning ko‘tarish balandligiga bog‘liq holda tezligi 360 dan 720 m/min gacha bo‘ladi.
Kabelli kranlarda (79-rasm) ikkita qo‘zg‘almas minora yoki machta 1 va 8 o‘zaro po‘lat arqon 3 bilan tortilgan. Yukli aravacha 2 po‘lat arqon 5 va lebyodka 10 yordamida suriladi. Tortuvchi po‘lat arqon ikkala minora yoki machtada

79-rasm. Kabelli kran.
o‘rnatilgan bloklar 7 orqali tutashtirilgan halqani tashkil etadi. Kran oralig‘i bo‘ylab yukni ko‘tarish va tushirish ko‘taruvchi po‘lat arqon 6 orqali bajariladi. Bu arqonning bir uchi aravacha yoki tayanchli minoraning qarama-qarshi tomoni- da, boshqasi — lebyodka 9 barabaniga o‘raladi. Tortuvchi va ko‘taruvchi po‘lat arqonlarning osilishini kamaytirish uchun maxsus ushlagich 4 dan foydalaniladi.
Ikki tayanchga tortilgan arqon kabelli kranlarning asosiy elementi hisoblanadi. Yuk kran oralig‘ining o‘rtasida turganda arqonga ta’sir etadigan eng katta kuch quyidagicha aniqlanadi:


(154)
Г _ (Qp + Qyuk )sL QarqsL ^
= 4R 8 f
bu yerda: Qp — yukli aravachaning polispast bilan birgalikdagi massasi, kg; Qyuk — yuk massasi, kg; L — oraliq uzunligi, m; Qar —1m uzunlikdagi arqon massasi, kg; f — arqonning solqiligi, f ~ (0,035-0,05) L, m.

    1. Ko‘targichlar

Ko‘targichlar yoki liftlar yuklar va odamlarni maxsus kabinada — kletlarda, ya’ni shaxta ichida vertikal yo‘nalishda qattiq yo‘naltiruvchi bo‘ylab ko‘tarish uchun ishlatiladi. Liftlar sanoat korxonalarida keng tarqalgan bo‘lib, yuklarni ko‘p qavatli binolarda ko‘tarish uchun qo‘llaniladi.
Ular bir qancha belgilari bo‘yicha tasniflanadi:

  1. Vazifasi bo‘yicha ularni uch asosiy guruhga bo‘lish mumkin: a) passajirlar tashiladigan; b) yuk-passajirli; d) yuk tashiladigan.

Passajir tashuvchi liftlar asosan ma’muriy-ijtimoiy va turarjoy binolarida qo‘llaniladi yoki maxsus vazifalarni baja- radi (masalan, kasalxonalarda). Passajir liftlar harakat tezligiga qarab uch guruhga bo‘linadi: a) sekin yuruvchi; b) tez yuruvchi; d) tezkor.
Yuk tashuvchi liftlar yuklarni, materiallarni, asbob-usku- nalarni va h.k. ni tashish uchun ishlatiladi. Ular uch guruhga
121

bo‘linadi: a) yuk-passajir liftlarning qonun-qoidalariga javob beradigan, kuzatuvchi nazoratida ishlaydigan yukli liftlar; b) kuzatuvchisiz va shuningdek, tashqi tomondan boshqariladigan yukli liftlar; d) muayyan texnik vazifa bo‘yicha loyihalangan (vokzal, kutubxona, magazin, garaj va h.k.) maxsus ishlarni bajaruvchi liftlar.

  1. Po‘lat arqon bilan boshqariluvchi liftlar.

  2. Liftlar yuritmasi konstruksiyasiga qarab: a) reduktor yuritmali; b) reduktorsiz bo‘ladi.

Reduktor yuritmali xili asosan tezligi katta bo‘lmagan lift- larda qo‘llaniladi. Bunday liftning lebyodkasi elektrodvigatel, reduktor va po‘lat arqonli boshqaruvchi organdan tashkil topadi.
Reduktorsiz lebyodkalarda sekin aylanuvchi doimiy tokli elektr dvigatel ishlatiladi. Bunday liftlar asosan tez yuruvchi va har xil tezlikli bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda po‘lat arqonli, yetaklovchi shkivli liftlar eng ko‘p tarqalgan (80-rasm). Ularda posangi bo‘lishi shart. Posangi kabina hamda ko‘tarilayotgan yuk og‘irligini muvo- zanatlab turadi. Bu esa liftlarni ishlatish uchun sarf bo‘ladigan quvvatni kamaytirishga olib keladi.
Kabina o‘lchamlari kichik bo‘lsa yoki arqonli yetaklovchi shkiv diametri katta bo‘lganda 80-rasm, a dagi sxema ish­latiladi. Agar kabinaning gabarit o‘lchamlari sxemaga to‘g‘ri kelmasa, kabina o‘qi bilan posangi o‘qi orasidagi masofani oshirish uchun yo‘naltiruvchi roliklar o‘rnatiladi (80-rasm, b).
Lebyodkasi pastda joylashgan liftlarda lift arqonining uzun- ligi lebyodkasi yuqorida joylashgan liftlarga nisbatan uzun bo‘ladi va yo‘naltiruvchi bloklari ko‘p bo‘ladi, bu esa arqon- larni ishlatish muddatini kamaytiradi (80-rasm, d). Agar ko‘taruvchi arqondagi yuklamani, harakat tezligini kamay- tirish, quvvatni tejash va yuritma gabaritini kichiklashtirish kerak bo‘lsa, osma polispastli kabina va posongi qo‘llaniladi (80-rasm, e).
80-rasm, f da ko‘tarish balandligi cheklangan lift sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday lift kabinasida osma polispast ishlatilgan. Kabina yo‘naltiruvchi bo‘yicha harakatlanadi.
122

80-rasm. Liftli ko‘targichlarning kinematik sxemalari.

80-rasm, g da arqonli yetaklovchi shkivli, ko‘pqisqichli va yo‘naltiruvchi bloklarga ega bo‘lgan lift sxemasi ko‘rsatilgan. Arqonli yetaklovchi shkivning tortish kuchini oshirish maqsadida ushbu sxema qabul qilingan.


Ko‘tarish balandligi yuqori (45 m dan yuqori), ya’ni ko‘ta- ruvchi arqonlar og‘irligi katta qiymatga yetadigan hollar uchun 80-rasm, h dagi muvozanatlovchi arqon tavsiya etiladi.
Eng ko‘p tarqalgan lift ko‘targichning tuzilishi 81-rasmda ko‘rsatilgan. Lebyodka 6 ni arqonli yetaklovchi shkiviga aylantirib tashlangan bir necha osilgan arqonlar 4 ga eshikli 3 kabina 8 ichiga yuk yoki passajirlar joylanadi. Arqonning qarama-qarshi uchida posangi 14 osiladi. Kabina 8 va posangi 14 yopiq shaxta 12 ichida joylashadi, kabina va posangi roliklardavertikal yo‘naltiruvchi 10 va 13 bo‘ylab harakatlanadi. Yo‘naltiruvchi shaxta balandligi bo‘yicha o‘rnatiladi. Shaxta
ustida mashina bo‘limi 5 joylashgan bo‘lib, unda ko‘taruvchi chig‘ir 6 va liftning asosiy boshqarish apparatlari o‘rnatilgan. Lift kabinasining harakat tezligi cheklagich 7, taranglovchi qurilma 77 va arqon 9 orqali nazorat qilib turiladi.

81-rasm. Liftli ko‘targich.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin