Konveyer yuk tashiganda konveyer tasmasining ishchi sirtiga tashilayotgan yuk zarrachalari yopishib qoladi. Bu zarrachalar tasmani o‘yib kirib, uning mustahkamligini pasaytirishi mumkin. Tasmaga yopishib qoladigan zarracha- larning miqdori tashilayotgan yukning katta-kichikligiga, nam- ligiga va uning yopishqoqlik xususiyatlariga bog‘liq. Tad- qiqotlarning ko‘rsatishicha, agar yuk yopishqoq bo‘lmasa tashilayotgan yuk massasining 3...5%, agar yopishqoq bo‘lsa, 15...20% tasmaga yopishib qoladi. Bunday tasma yo‘naltiruvchi barabanlarni aylanib o‘tayotganida, baraban bilan tasma o‘rtasidagi bosim kuchi yopishgan zarralarni tasma ichiga botirib yuboradi. Natijada tasmaning xizmat muddati kamayadi.
Tasmaning xizmat muddatini uzaytirish, konveyerning normal ishlashi uchun sharoit yaratish maqsadida, tasmali konveyerlar tasmaning ishchi sirtini yopishgan zarralardan tozalovchi moslamalar bilan ta’minlanadi.
Tozalovchi moslamalar uch guruhga bo‘linadi:
mexanik tozalagichlar;
titratib tozalovchi moslamalar;
yuvib tozalovchi moslamalar.
Tozalagichlar ichida eng ko‘p tarqalgani mexanik tozala- gichlardir.
Mexanik tozalagichlar tasmani kurakcha, cho‘tka va bara- banlar yordamida tozalaydi (110-rasm).
Mexanik tozalagichlarda kurakcha barabanga biror bosim ostida tegib turishi kerak (110-rasm, a). Bu bosim 2...3 N/sm bo‘lib, uning miqdori prujina yoki maxsus yuk yordamida sozlanib turiladi. Agar tasma va kurakcha orasidagi bosim yuqorida ko‘rsatilgan miqdordan oshib ketsa, tozalash sifati oshmagan holda tasmaning yeyilishi tezlashadi.
110-rasm. Tozalovchi qurilmalar: a — kurakchali; b — cho‘tkali; d — rezina pichoqli.
155
Kurakchali tozalagichlar yopishqoq nam yuklarni tozalashda ishlatiladi. Tashilayotgan yuk quruq bo‘lsa, cho‘tkali tozalagichlar qo‘llaniladi (110-rasm, b). Olib borilgan tadqiqotlar kurakchali va cho‘tkali tozalagichlar birgalikda qo‘llansa yaxshi natija berishini ko‘rsatdi. Tozalagich- larni shunday joyga o‘rnatish kerakki, tasmadan ko‘chirib olingan yuk zarralari maxsus qutilarga to‘kiladigan bo‘lsin.
To‘xtatgichlar
Tasmali konveyerni, elektrodvigatelni tok manbayidan uzgach, tezroq to‘xtatish yoki qiya konveyerlarni, dvigatelni to‘xtatgach, tasmadagi yukning og‘irlik kuchi ta’sirida konveyer tasmasi teskari yo‘nalishda yurib ketmasligini ta’minlash maq- sadida to‘xtatgichlar va tormozlardan foydalaniladi.
Tasmali konveyerlarda rolikli, tishli to‘xtatgichlar hamda kolodkali va tasmali tormozlar qo‘llaniladi. Bu tormozlarning tuzilishi bilan yuk ko‘tarish mashinalari qismida tanishtirilgan.