N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə44/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Po'lut tasmalar. O‘tkir qirrali yoki yuqori temperaturali (120...130 °C) yuklarni tashish uchun po‘latdan tayyorlangan tasmalar ishlatiladi.
Uglerodli po‘latlardan tayyorlangan, qalinligi d =1 mm, eni В=500^650 mm bo‘lgan tasmalar, tasmali konveyerlarda ko‘p ishlatiladi. Ularning mustahkamligi um^1200 MPa ga yetadi.
Mustahkamligi yuqori bo‘lgani uchun po‘lat tasmalar uzunligi 1000 m gacha bo‘lgan konveyerlarda ishlatiladi. Lekin tasmani bukish qiyin bo‘lgani sababli konveyer barabanlari katta diametrga ega bo‘ladi.
Konveyer tasmasining chiziqli zichligi (1m uzunlikdagi tasmaning massasi, kg/m) quyidagicha aniqlanadi:
pt = 1,1B(dz + dx + d2), (162)
bu yerda: В — tasma eni, m; z — qistirmalar soni; d — bir dona qistirma qalinligi, mm; dx=(1,5...6) mm, d2=(1...1,5) mm tasmaning ustki va ostki qoplamalarining qalinligi, mm.

      1. Barabanlar

Tasmali konveyerlarda konveyerni harakatga keltiruvchi — yetak- lovchi baraban, tasmaning tarangligini ta’minlovchi — yetaklanuvchi baraban, tasmaning yo‘nalishini o‘zgartiruvchi barabanlar o‘rnati- ladi.
Unumdorligi yuqori, uzun konveyerda tasma bilan baraban o‘rtasidagi ishqalanishni kuchaytirish maqsadida yetaklovchi ba­raban sirti rezina yoki yog‘och bilan qoplanadi. Tortuvchi element rezinalashtirilgan tasmadan iborat bo‘lsa, yetaklovchi baraban diametri £b=(125...150)z, (bu yerda z — tasmadagi qatlamlar (qistirmalar) soni) (103-rasm). Tortuvchi element po‘latdan iborat bo‘lsa, Z>b=(800...1200) d, (bu yerda d — po‘lat tasma qalinligi)

103-rasm. O‘q va valga o‘rnatilgan barabanlar sxemasi:
I — o‘qga o‘matilgan; II — valga o‘matilgan va futerovkalangan (barabanga qo‘shimcha material qoplangan); III — valga o‘rnatilgan futerovkalanmagan;
1 — o‘q; 2 — baraban; 3 — tasma; 4 — qoplama; 5-val.

olinadi. Taranglovchi baraban diametri Dt=2 Db/3, tasma yo‘nalishini o‘zgartiruvchi baraban diametri Do^0,5 Db olinadi.


Hamma barabanlarning diametrlari standart qatordagi qiymat- ga tenglashtirib olinadi. DAST 22644-77 bo‘yicha baraban dia- metrlarining standart qatori 160, 250, 320, 400, 500, 630, 800, 1000, 1250, 1600, 2000, 2500.
Baraban uzunligi tasma enidan 100 mm ga katta olinadi.


      1. Yüklə 1,57 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin