N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tortuvchi elementli uzluksiz yuk tashish mashinalarida



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə40/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Tortuvchi elementli uzluksiz yuk tashish mashinalarida yuk uzluksiz oqim bo‘ylab, egiluvchan tortuvchi element bilan birga harakatlanadi, ya’ni egiluvchan tortuvchi element uzluksiz harakatlanadi. Tortuvchi kuch elektrodvigateldan turli yurit- malar vositasida tortuvchi elementga uzatiladi.
90-rasmda tasmali konveyer sxemasi keltirilgan. Bu konveyer yetaklovchi (konveyerni harakatga keltiruvchi) baraban 1 va tortuvchi element 2 dan tashkil topgan. Aylanma kuch

90-rasm. Tasmali konveyer sxemasi.
130
yetaklovchi barabandan tortuvchi elementga ular otrtasidagi ishqalanish kuchi vositasida uzatiladi.
Zanjirli konveyerlarda (91-95-rasmlar) tortuvchi kuch uzatma yulduzchalaridan zanjirga ilashish yordamida uzatila­di. Yuk tashish uchun zanjirlarga maxsus moslamalar: plas- tinkalar (91-rasm); qirg‘ichlar (92-rasm); cho‘michlar (93, 94- rasm); zinapoyalar (95-rasm) oYnatiladi.

91-rasm. Plastina zanjirli konveyer sxemasi.


92-rasm. Qirg‘ich zanjirli konveyer sxemasi.
131



93-rasm. Cho‘mich zanjirli konveyer sxemasi.


94-rasm. Kovshli (belanchakli) konveyer sxemasi.

Zanjirli konveyerlar, osma konveyer va sudrovchi konve- yerlarga bo‘linadi (96, 97-rasmlar).


91-rasmda plastinali konveyer ko‘rsatilgan. Bu konveyer yetaklovchi yulduzcha 5 (bu yulduzcha harakatga keltiruvchi deb ham ataladi), yetaklanuvchi yulduzcha 1 (bu yulduzcha taranglovchi yulduzcha deb ham ataladi) va ularga kiydirilgan zanjir 3 dan iborat bo‘lib, zanjirlarga yuk tashuvchi plastinalar 2 o‘rnatilgan. Yuk 4 plastinalar ustiga joylashtiriladi.
92-rasmda qirg‘ichli konveyer sxemasi ko‘rsatilgan. Bu kon­veyer yetaklovchi yulduzcha 4, yetaklanuvchi yulduzcha 1,
132

95-rasm. Eskalator sxemasi.


96-rasm. Yuk tortuvchl osma konveyer sxemasi.

zanjir 2 va qirg‘ichlar 3 dan iborat. Qirg‘ichli konveyerlarda yuk 5 nov bo‘ylab harakatlanadi.


93, 94-rasmlarda cho‘michli konveyerlarning sxemasi ko‘rsatilgan. Cho‘michli konveyerlarda sochiluvchan yuklar yoki suyuq yuklar cho‘mich yoki belanchaklar 1 da tashiladi.
133


97-rasm. Yuk sudrovchi konveyer sxemasi.

95-rasmda eskalator sxemasi ko‘rsatilgan. Eskalator ham zanjirli konveyer bo‘lib, uning zanjirlariga zinapoyalar 1 o‘rna- tiladi. Zinapoyalar passajirlarni tashishga xizmat qiladi.


96-rasmda osma konveyer ko‘rsatilgan. Bu konveyer osma yo‘l 1 dan iborat bo‘lib, bu yo‘l bo‘ylab zanjir 3 harakatlanadi. Zanjirga maxsus cho‘michlar 2 mahkamlanadi. Tashiladigan yuk cho‘michlarga joylashtiriladi.
97-rasmda sudrovchi konveyer sxemasi ko‘rsatilgan. Bu konveyerlarda osma yo‘l 1 bo‘ylab harakatlanayotgan zanjir sudragich 3 vositasida osma yo‘lga o‘rnatilgan aravachalar 2 ni sudraydi. Tashiladigan yuk aravachalarga joylashtiriladi.
98-rasmda elevator sxemasi ko‘rsatilgan. Elevatorlar yuklarni vertikal yo‘nalishda yoki vertikalga yaqin yo‘nalishda tashishga xizmat qiladi. Elevatorlarda tortuvchi element vazifasini tasma yoki zanjir bajaradi. Rasmdagi tasmali elevator yetaklovchi 1 va yetaklanuvchi (taranglovchi) 4 barabanlar va ularga kiydirilgan tasma 3 dan iborat. Tasmaga yukjoylashtirish uchun cho‘michlar 2 o‘rnatilgan. Elevatorning pastki qismida cho‘michlar yuklanadi, yuqorigi qismida esa cho‘michlar bo‘shatiladi.
98-rasm, b dagi, zanjirli elevator yetaklovchi 1 va yetakla­nuvchi (taranglovchi) yulduzchalar 4 va zanjir 3 dan tashkil topgan bo‘lib, yuk zanjirlarga o‘rnatilgan belanchaklar 2 da tashiladi.

98-rasm. Elevator sxemasi.
a — tasma cho‘michli; b — belanchak zanjirli.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin