Ko'priksimon kranlar. Korxona sexlarida, omborxonalarda yuklarni ko‘tarib tushirish va siljitish ishlarida ko‘priksimon kranlar ko‘p ishlatiladi. Kran ko‘prigining tuzilishiga qarab ko‘priksimon kranlar ko‘prikli kranlar va chorpoyali kranlarga bo‘linadi. Ko‘prikli kranlar ko‘prigining tuzilishiga qarab, bir va ikki to‘sinli kranlarga bo‘linadi.
Ko‘prikli kranlar yuk ko‘taruvchanligi, yuk ko‘tarish tezligi, yuk siljitish tezligi, ish rejimi bilan farqlanadi. Ko‘prik (prolyot) uzunligi L deb kran relslarining vertikal o‘qlari orasidagi ma- sofaga aytiladi. Kran asosi В deb kran relslari ustida joylash- gan yuruvchi g‘ildiraklar orasidagi masofaga aytiladi (11-rasmga qarang).
Eng oddiy ko‘prikli kran kran balka (to‘sin) bo‘lib, ko‘prik vazifasini o‘tovchi to‘sinda ko‘tarish mexanizmi harakatlanadi. Kranni siljitish mexanizmi kran relslari ustidagi to‘singa o‘rnatiladi. Bunday kranlar rels ustida sex bo‘ylab harakatlanadi. Kran relslari maxsus kolonnalar ustiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Kran balkalarning yuk ko‘taruvchanligi 0,25...5 t, ko‘prik uzunligi 8...15 m, yuk ko‘tarish tezligi 6...8 m/min, yuk siljitish tezligi 30...80 m/min ga yetadi.
Yuk ko‘taruvchanlik 5...20t bo‘lganda mashina yuritmali ko‘prikli kranlardan foydalaniladi. Bunday kranlarning metall- konstruksiyasi asosiy balkalar, relslarni tutashtiruvchi va rels bo‘ylab yo‘naluvchi balkalardan tashkil topgan bo‘ladi.
Asosiy balkalarning uchlari rels bo‘ylab yo‘nalgan balkalar bilan mustahkam mahkamlanadi.
Asosiy balkalar ustiga kran aravachasi o‘rnatiladi. Arava- chaga esa ko‘tarish mexanizmi va aravachani siljitish mexanizmi o‘rnatiladi. Rels bo‘ylab yo‘nalgan balkalarga esa ko‘prikni siljitish mexanizmi o‘rnatiladi. Yuk ko‘tarish mexanizmi yuritmasiga RM yoki SD seriyali reduktorlar o‘rnatiladi (52-rasmga qarang). Aravachani siljitish mexanizmi yuritmasiga VK seriyali reduktorlar o‘rnatiladi (60-rasmga qarang). Ko‘prikni siljitish mexanizmiga ikkala seriyali reduktorlar o‘rnatilishi mumkin.
Chorpoyali kranlar.Chorpoyali kranlar omborlarda, elektr stansiyalarda, qurilish inshootlarida ishlatiladi.
Chorpoyali kranlar umumiy ishlarga mo‘ljallangan va montaj ishlariga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan kranlar o‘zining uncha katta bo‘lmagan yuk ko‘taruvchanligi (50,0 t gacha) va oralig‘i kattaligi (40 m gacha) bilan xarakterlanadi.
Montaj ishlarida ishlatiladigan kranlar o‘zining yuqori yuk ko‘taruvchanligi (500 t), oralig‘i kichikligi taxminan (20 m gacha) va sekin harakat qilishi bilan xarakterlanadi.
78-rasmda umumiy ishlar uchun mo‘ljallangan chorpoyali kran tasvirlangan, u ko‘prik 2, unga birlashtirilgan to‘rt oyoqli ikkita tayanch yuradigan to‘rtta aravacha (bu aravachalar yordamida kran relsda yuradi) va yuk ko‘taruvchi aravacha 3 dan iborat.
Kran ko‘prigi payvand konstruksiyali panjara bilan o‘rab qo‘yilgan fermadan iborat. Fermalar tayanchlarga o‘rnatilgan. Ular tayanchlarga uzel 4 bilan mustahkam biriktirilgan. Har
78-rasm. Chorpoyali kran. 119
qaysi tayanch panjarali payvand konstruksiyali ikkita oyoq 8 dan iborat bo‘lib, oyoqlar pastda va yuqorida yaxlit kesimli balka 9 lar yordamida birlashtirilgan. Har qaysi oyoq balansir balka 10 lar orqali ikkita g‘ildirakli yurish aravachasiga tayanadi.
Asosiy fermalarga aravacha osti relslari yotqizilgan. Yuk ikkita polispastning qo‘zg‘aluvchi bloklari mahkamlangan tra- versaning (ilgak osmasi) ilgagi 11 ga osiladi.