Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. I. Mа`ruzа rеjаsi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix15.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#75112
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-Ma\'ruza



1-MA’RUZA 
DЕTАLLАRNING ISHLАSH LАYOQАTI ОMILLАRI VА UNI TА’MINLАSH 
АSОSLАRI. 
I. Mа`ruzа rеjаsi: 
1. Mashina detallari fanining tarixi, maqsad va vazifasi.
2. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar.
3. Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari.
4. Detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanish.
II. Tayanch so’z va iboralar: 
Mashina, mexanizm, uzel, detal, mustahkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik, yeyilishga va 
titrashga chidamlilik, kuchlanish, mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, toliqish 
chegarasi, mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiqbardoshlik, titrashga chidamlilik, 
chegaraviy kuchlanish, kontakt kuchlanish.
III. Mаqsаd: 
Кurs haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. Mashina detallari fanining tarixi
vazifasi va mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablarni o’rganish. Mashina dеtallarining 
ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlarini o’rganish hamda detallarga ta’sir etadigan 
yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanishlar bilan tanishish. 
Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan texnikaviy 
baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis hamda olimning vazifasi zamonamiz 
talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffisienti yuqori 
bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda 
ular detallarining mumkin qadar yengil, etarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, 
rasmi oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat standartlarida qo’yilgan talablarni 
to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda 
yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur. 
Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi. Anna shunday 
mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o’rin tutadi. 
Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum ish bajarish, quvvatni bir 
turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish, dasturlangan nazorat yoki akliy 
faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir. 
Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va ijro 
etuvchi.
Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan biriktirilgan oddiy 
zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli, friksion, krivoshipli, richagli va boshqalar). 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin