Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. I. Mа`ruzа rеjаsi


Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix15.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#75112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-Ma\'ruza

Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Ba’zi mashinalar yoki mexanizmlar 
yuqori bosim ostida, tajovuzkor muhit ta’siri ostida (bu asosan kimyoviy apparatlarda, yuqori 
bosim ostida ishlovchi qozonlarda, nasoslarda, chorvachilik va meliorativ texnikada, gidroelektr 
stansiyalarning generatorlarida uchraydi), ba’zilari esa yuqori harorat, bo’shliq, radiasiya ostida 
ishlatiladi. Кo’p hollarda mashinalarning ishonchliligini aniqlashda etakchi omil e’tiborga 
olinadi. Bunda ta’sir qilayotgan boshqa omillar ikkilamchi deb qaraladi. 
Shuning uchun ham mashinalarni loyihalashda va hisoblashda ularning konstruksiyasini 
qulaylashtirish usullari ishlatiladi. 
Mashina detallari materiallari esa quyidagi talablarga javob berishi lozim: arzon; 
oson topiladigan; mashina yoki detalning ish sharoitiga mos keladigan va iloji boricha 
yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan. Mashina uchun detal tayyorlanganda materialning 
turli xossalari e’tiborga olinadi. Materialning mexanik xossalariga mustahkamlik, rasm 
o’zgarishiga moyillik, elastiklik, oquvchanlik chegarasi, nisbiy cho’ziluvchanlik va zarbiy 
qovushqoqlik kabilar kiradi. 
Materialning texnologik xossalarini payvandlanish, puxtalanuv, kesib ishlanuv va 
quyulib ishlash mumkinligi kabi xossalar tashkil etadi. Materialning iqtisodiy xossasi esa asosan 
uning tannarxidir. 
Loyiha va tekshiruv hisoblari haqida ma’lumotlar 
Detalning o’lchamlarini asosiy ishchanlik qobiliyatiga (masalan, mustahkamlik, bikrlik, 
yeyilishga chidamlilik va boshqalar) mos keluvchi ifodalar orqali aniqlash loyiha hisobi 
deyiladi. Bu hisoblash usuli detalning yoki konstruksiyaning o’lchamlari oldindan noma’lum 
bo’lganda qo’llaniladi. Loyiha hisoblari qator cheklanishlarga asoslangan va dastlabki hisob 
rasmida bajariladi. 
Detalning asosiy ishchanlik qobiliyati mezonining amaldagi tavsiflarini aniqlash va ularni 
ruxsat etilgan qiymatlari bilan taqqoslash tekshiruv hisobi deb ataladi. Tekshiruv hisobida hisobiy 
kuchlanishlar va mustahkamlik zahirasi koeffisientlari, haqiqiy solqilik va kesimning qiyalik burchagi, 
harorat va shu kabilar aniqlanadi. 
Tekshiruv hisobi aniqlashtirilgan usul hisoblanadi. Bu hisob detalning rasmi va 
o’lchamlari loyiha hisobidan aniqlangan yoki konstruktiv asosda qabul qilingan holatlarda 
bajariladi. 
Hisob va konstruksiyalash uzviy bog’langandir. Loyiha va tekshiruv hisoblari asosida chizma 
ko’rinishida mexanizm yoki mashinani yaratishning ijodiy jarayoni konstruksiyalash deyiladi. Mashina 


konstruksiyasining ishlanmasi bajarilayotganda mashinani tayyorlash va ishlatishga sarflanadigan 
xarajatlarning kamligida uning kerakli tavsiflarini ta’minlay oladigan qulay konstruksiyani olish uchun 
turli variantlar ko’rib chiqiladi. 
Кonstruksiyalash maxsus omillarni va loyihalanayotgan mashinaning ko’rsatkichlarini 
shu rusumdagi mashinalarni ishlatish tajribasini aks ettiruvchi statik material va ma’lumotlarni 
har tomonlama tahlil qilishni hamda zamonaviy mashinasozlikning hamma talablarini e’tiborga 
olishni talab etadi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin