«Mashina detallari» kursi matematika, fizika, nazariy mexanika, metallar
texnologiyasi,
materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi,
materialshunoslik, mashinasozlik
chizmachiligi, iqtisod, sanoat dizayni va badiiy konstruksiyalash,
metallar zanglashi kabi bir
qator fanlarga chambarchas bog’likdir.
Mashina va ularning detallariga hamda detal materiallariga qo’yiladigan talablar
Mashinalarga quyidagi talablar qo’yilishi mumkin:
yuqori unumdorlik;
ishonchlilik va umrboqiylik;
boshqarishning va xizmat ko’rsatishning oddiyligi;
mashinani loyihalashga va uni tayyorlashga sarflangan mablag’ning tezda o’zini
qoplashi;
o’lchamlarining kichikliga;
yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lishi.
Mashina detallariga esa ularning ish sharoitidan kelib chiqib quyidagi asosiy
talablar qo’yilishi mumkin:
lozim bo’lgan mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik, issiqbardoshlik, titrashga va yeyilishga
chidamlilik, zanglashga moyil emaslik, ishchanlik qobiliyatining mezonlariga javob berishi;
arzon va
serob materialdan
tayyorlanishi mumkinligi;
rasmi oddiy, ishlanishi qulay bo’lgan konstruksiyaga ega bo’lishi;
yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi.
Dostları ilə paylaş: