(1.1)
bu yerda, [n] - zarur bo’lgan mustahkamlik zahirasi koeffisienti va u hisoblash usuli aniqligiga,
loyihaning turiga va mas’uliyatliligiga, yuklanish xarakteriga va boshqalarga bog’liqdir.
Chegaraviy kuchlanishlar esa detal materialiga, deformasiya turiga,
kuchlanishning vaqt
bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq. O’z vazifasini bajarayotgan detalda kuchlanish vaqt
bo’yicha qiymati va yo’nalishini o’zgartirishi mumkin.
Boshqacha aytganda, detal vaqt davomida turlicha yuklanadi. Buni kuchlanish davri deb
atash mumkin va u eng katta va kichik qiymatlar bilan xarakterlanadi.
Mashina detallari ish davomida simmetrik, pulsasiyalanuvchi va o’zgarmas davr (sikl)
bilan yuklanishi mumkin.
1. Simmetrik davriy ravishda mashina detallari kuchlanish bilan yuklanganda (1.1-
rasm) o’rtacha kuchlanishlar qiymati quyidagacha aniqlanadi:
(1.2)
Davrning kuchlanish amplitudasi esa quyidagacha aniqlanadi:
(1.3)
Asimmetriya koeffisientining qiymati bo’lsa, tubandagicha ifodalanadi:
1.1-rasm.
Simmetrik yuklanish tarhi
2. Pulsasiyalanuvchi davr. Ba’zi hollarda detallar pulsasiyalanuvchi, ya’ni vaqt birligi ichida
o’z qiymatini noldan maksimal qiymatgacha o’zgartirib turadigan yuklanish ostida bo’lishi mumkin.
(1.2-rasmda pulsasiyalanuvchi davr tarhi keltirilgan.)
1.2-rasm. Pulsasiyalanuvchi davrli yuklanish
Agar asimmetriya koeffisienti birga teng bo’lsa, kuchlanish o’zgarmas holda bo’ladi va
bunda detal o’zgarmas kuchlanish ta’siri ostida ishlaydi (1.3-rasm).
Ruxsat etilgan yoki zarur mustahkamlik zahirasi koeffisienti differensial usul bilan
topilishi mumkin:
3
2
1
n
n
n
n
1.3-rasm. O’zgarmas
kuchlanishli yuklanish
bu yerda:
n
1
=1,2...1,5 - detalga ta’sir qiluvchi kuch va momentlarning haqiqiy qiymatlari bilan
hisoblash uchun qabul qilingan qiymatlar orasidagi farqni hisobga oluvchi koeffisient;
n
2
=1,3...2,2 -
materialning bir jinsliligini, uning mexanik xossalarining normativda
ko’rsatilganidan farq qilishini hisobga oluvchi koeffisient;
n
3
=1,1...1,5 - juda mustahkam bo’lishi talab etiladigan muhim
detallarning mustahkamlik
zahirasini qo’shimcha ravishda oshirish uchun kiritiladi.
O’zgaruvchan yuklamalar ta’sirida davomli ishlatilgan mashina detallari, tajribalarning
ko’rsatishicha,
mustahkamlik chegarasi σ
v
dan ancha kichik yuklanishlarda ham emirilishi
(sinishi) mumkin.
Davriy yuklanishdagi emirilish (sinish) kuchlanishlarning jamlanish zonasida hosil
bo’ladigan mikroyoriklar tufayli yuz beradi.
Yoriqlar asta-sekinlik
bilan kattalashadi, detalning ichki sohalariga kirib boradi.
Кuchlanishlarning davriy ta’siridan yuzaga kelgan emirilish materialning toliqishi deb ataladi.
1.4-rasmda valning toliqish oqibatida sinishi ko’rsatilgan. Detallarning 75-80
% sinishi toliqish
natijasida vujudga keladi.
1.4-rasm. Valning toliqish oqibatida sinishi:
1 - toliqib yemirilish zonasi;
2 - statik yemirilish zonasi.
Materialning yemirilmasdan o’zgaruvchan kuchlanishlarni ko’p marotaba qabul qila olish
qobiliyati uning toliqishga qarshiligi yoki chidamliligi deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: