Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. I. Mа`ruzа rеjаsi


Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix15.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#75112
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
1-Ma\'ruza

Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar 
Ishonchlilik - bu ob’ekt (mashina)ning ishlatish (foydalanish)ning berilgan sharoitlarida 
talab etilayotgan vazifaning bajarilishini ta’minlaydigan barcha ko’rsatkichlarni belgilangan 
chegarada vaqt davomida saqlab turish xossasidir. 
Texnika sohasida ishonchlilikning ustuvorligi shundan iboratki, ishonchlilikning darajasi 
tom ma’noda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ish jarayonlari va tashishni jadallashtirish
material va quvvatni tejash, axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi sohalardagi 
texnikaning taraqqiy etishini aniqlaydi. 
Hozirgi zamon texnik vositalari o’zaro ta’sirlashuvchi mexanizmlar, apparatlar va 
asboblardan iborat. Masalan, oddiy tikuv mashinasi bir necha o’n yoki yuz detaldan iborat 
bo’lsa, zamonaviy raketalarni uchirish va radioboshqarish majmui tizimi o’n millionlab 


elementlardan tashkil topgan. Birorta ma’sul elementning ishdan chiqishi, albatta butun 
tizimning ish maromining buzilishiga olib keladi. «Кursk» atom suvosti kemasining halokati, 
Chernobil atom elektrostansiyasidagi portlash, neftь tashuvchi katta sig’imli tankerlardagi 
ishlatish va tashish talablarining buzilishi hammamizga ma’lum bo’lgan insoniyat uchun 
halokatli ekologik ofatlarga olib keldi. 
Jihozlar, mashinalarning etarli darajada ishonchli emasligi ta’mirlashdagi katta sarflarga, 
mashinalarning ishsiz turib qolishiga, aholini elektroenergiya, suv, gaz, transport vositalari bilan 
ta’minlanishining uzilib qolishiga olib keladi. 
Ishonchlilik 
tushunchalari 
va 
atamalari 
standartlashtirilgan. 
Mashinalar 
ishonchliligining asosiy ko’rsatkichlariga raddiyasizlik, umrboqiylik, ta’mirlashga moyillik 
va saqlanuvchanlik kiradi. 
Raddiyasizlik (tor ma’noda, ishonchlilik) - ishlash muddatida yoki berilgan vaqt 
davomida mashinaning ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi. Mashinaning bu xossasi 
ayniqsa, avtomatlashgan ishlab chiqarishning to’xtab qolmasligida, qimmatbaho mahsulotni 
nuqsonsiz tayyorlashda, insonlar hayotining xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan sharoitda juda 
ahamiyatlidir. 
Umrboqiylik - belgilangan texnikaviy xizmat va ta’mirlash tizimida mashinaning 
chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini davomiy saqlay olish xossasidir. Mashinaning 
chegaraviy holati uni yana ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi, samaradorligi yohud 
xavfsizligining keskin kamayib ketishi bilan tavsiflanadi. Qayta tiklanmaydigan mahsulotlar 
uchun umrboqiylik va raddiyasizlik tushunchalari bir xil ma’noni anglatadi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin