metallar; 2) rangli metallar; 3) metallmas materiallar. Bulardan eng ko’p ishlatiladigani qora
metallar – po’lat va cho’yandir.
Qora metallarning ko’p ishlatilishiga sabab shuki, ular mustahkam bo’lish bilan birga,
nisbatan arzon turadi. Qora metallarning salbiy tomoni zichligi katta bo’lib, korroziyaga uncha
chidamli emasligidir.
Mashinalarni loyihalashda ularning detallari uchun material tanlash muxandis-
konstruktorning eng mas’uliyatli vazifalaridan biridir.
Mashina detallari uchun material tanlashdagi asosiy talab shuki, tanlab olingan material
avvalo, detalning ishga layoqatli bo’lishini ta’minlashi hamda nisbatan arzon turishi kerak. Bu
talabni hamma vaqt ham osonlikcha qondirib bo’lmaydi, chunki, odatda, mustahkam, puxta,
sifatli materiallar qimmat turadi. Shunday ekan, material tanlashda yanglishmaslik uchun ulardan
bir necha xilini tanlab, ularni hisoblab ko’rgan ma’qul. Masalan, diametri 100 mm va aylanish
chastotasi 5000 min
-1
bo’lgan shkivni cho’yandan yoki alyuminiy qotishmasidan tayyorlash
mumkin. Alyuminiy qotishmasi cho’yanga qaraganda ikki marta qimmat turadi. Lekin alyuminiy
qotishmasi dastgohda cho’yanga qaraganda 8 - 10 marta tez ishlanadi. Natijada alyuminiy
qotishmasidan shkiv cho’yandan tayyorlangan shkivga qaraganda 25 % arzon bo’ladi. Кo’rinib
turibdiki, tannarxi qimmat bo’lsa-da, alyuminiy qotishmasidan shkiv tayyorlash cho’yandan
tayyorlashdagiga qaraganda foydalidir. Bordi-yu detalga nisbatan qo’yilgan hamma talabga ham
javob beradigan material tanlash mumkin bo’lmasa, u holda eng zarur talablarni qondiruvchi
materialni olish lozim. Qo’yilgan talablarni qondirish uchun ayrim hollarda, bir detalning o’zi
turli materiallardan ishlanishi ham mumkin. Masalan, gidroturbinalarning parragi avvalo
mustahkam, qolaversa korroziyabardosh bo’lishi kerak. So’nggi yillargacha bu maqsadda yuqori
sifatli zanglamas, ammo qimmatbaho po’lat ishlatilar edi. Hozirgi vaqtda bunday parraklar oddiy
uglerodli po’latdan tayyorlanib, ularning sirtiga zanglamas po’lat qoplanmoqda, natijada
kattagina mablag’ tejalmoqda. Ma’lumki, tishli g’ildirak tayyorlash uchun ishlatiladigan
materialning asosiy massasi uning tanasiga ketadi. Holbuki, tishli g’ildirak tanasiga to’g’ri
keladigan kuchlanish tishlariga to’g’ri keladigan kuchlanishning juda ham oz qismini tashkil
etadi. Anna shu nazarda tutilib, ToshDTU «Mashina detallari» kafedrasida tishli g’ildirakning
yangi turi yaratildi. Bu g’ildirakning tanasi arzon turadigan cho’yandan, tishli gardishi esa sifatli
po’latdan yasalib, ular elastik material vositasida bir-biriga ulanadi. Bunday g’ildiraklar etarli
darajada chidamli bo’lishi bilan birga, ishlash vaqtida paydo bo’ladigan shovqin odatdagi tishli
g’ildiraklardagiga qaraganda birmuncha kamdir.
Mashina detallari materiallari sifatida metallmas materiallar, ya’ni plastmassalar ham
keng qo’llanilmoqda. Ular ikki guruhga bo’linadi: termoplastlar (termoplastik plastmassalar) va
reaktoplastlar (termoreaktiv plastmassalar).
Termoplastlar (har xil poliamidlar, hamma turdagi kapralonlar, poliuretanlar,
poliformalьdegid, polikarbonat, polipropilen, polivinilxloridlar, polietilen, ftoroplastlar) ga xos
xususiyat shundan iboratki, ular suyuqlantirilib, so’ngra sovitilgandan so’ng suyuqlantirishdan
oldingi xossalari tiklanadi. Demak, bunday material chiqindilarini, undan yasalgan detallarni
qayta suyuqlantirib, yangi detal tayyorlash mumkin.
Reaktoplastlar (tekstolitlar, voloknitlar va yog’och qatlamli plastiklar (DSP))
suyuqlantirilib, so’ngra sovitilgandan keyin ularning dastlabki xossalari tiklanmaydi.
Plastmassalarning qora metallarga nisbatan asosiy kamchiligi shundaki, birinchidan,
ularning mustahkamligi etarli darajada bo’lmaydi, ikkinchidan, vaqt o’tishi bilan tashqi muhit
ta’sirida mexanikaviy xossalari, ba’zan esa detalning o’lchamlari o’z-o’zidan o’zgaradi.
Dostları ilə paylaş: