Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. I. Mа`ruzа rеjаsi


Issiqqa chidamlilik (issiqbardoshlik). Mashina detallarining yoki konstruktiv



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix15.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#75112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
1-Ma\'ruza

Issiqqa chidamlilik (issiqbardoshlik). Mashina detallarining yoki konstruktiv 
tuzilmaniig berilgan harorat chegarasida berilgan xizmat muddati davomida ishlay olish 
qobiliyati issiqbardoshlik deyiladi. Detallarning ish vaqtida qizib ketishi xavfli va zararli 
hodisadir, chunki bunday holda ularning mustahkamligi kamayadi, moylarning xossalari 
yomonlashadi, harakatchan birikmalardagi tirqishlarning kamayishi yeyilishning oshishiga va 
sinishga olib kelishi mumkii. Shuning uchun mashinalarni loyihalashda mashinada ish jara-
yonida hosil bo’ladigan issiklik miqdori Q mashinadan tashqi muhitga tarqaluvchi issiqlik 
miqdoridan Q
1
, kichik yoki unga teng bo’lishi lozim. Bu holatni quyidagicha ifodalash o’rinlidir: 
Q ≤ Q

Mashina detallarining issiqbardoshlikka hisobi ularning me’yoriy issiqlik maromini 
ta’minlash uchun amalga oshiriladi. 
Titrashga ustuvorlik. Кonstruktiv tuzilmaning rezonans sohalaridan yetarlicha uzoqdagi 
kerakli maromlar diapazonida ishlay olish qobiliyati uning titrashga ustuvorliga deyiladi. 
Tezlikning oshishi, detallarning yengillashuvi, konstruksiyaning noto’g’ri tuzilganligi, mashinalardagi 
elastik elementlar xossalarining ish davomida yomonlashganligi, detallarga ta’sir etuvchi o’zgaruvchan 
kuchlanishlar, mahkamlangan detallarning bo’shashib qolganligi titrashni vujudga keltirishi mumkin. 
Bu holatlardagi titrashlar detallarning toliqish oqibatida ishdan chiqishiga olib keladi. Ma’lumki, 
detalning xususiy tebranishlar chastotasi tashqi kuchlar oqibatida hosil bo’luvchi tebranishlar 
chastotasiga mos kelganda rezonans hodisasi yuz beradi. Titrashga ustuvorlik masalalari asosan 
«Tebranishlar nazariyasi» kursida o’rganiladi. Shuni qayd etish lozimki, titrashga ustuvorlik odatda 
mashinalar yoki mashinalar tizimi uchun (qisqacha tizim) bajariladi. 
Titrashni kamaytirish uchun uni vujudga keltiruvchi omillarni yo’qotish chora-
tadbirlarini ko’rish lozim. Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati baholangavda, yuqorida 
keltirilgan mezonlarning hammasiga ularni hisoblash shart emas, balki ma’lum detal uchun 
asosiy hisoblangan mezonlarning biri yoki bir nechtasi baholansa etarlidir. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin