Mustahkamlik zahirasi koeffisientlari Statik kuchlanishlarda mustahkamlik zahirasi koeffisientini anikdash.Statik
kuchlanishlar yoki doimiy kuchlanishlar amaliyotda juda kam uchraydi. Doimiy kuchlanishli
ishlash tarziga, ish maromidan 20% ga chetlanishlar mavjud bo’lgan hollar kiritiladi.
Plastik materialdan tayyorlangan statik kuchlanish ostida bo’lgan detallarning
kuchlanishlar jamlanishi detallarning ko’tarish qobiliyatini kamaytirmaydi, chunki mahalliy
plastik deformasiyalar ko’ndalang kesimdagi kuchlanishlarning qayta taqsimlanishiga va
tekislanishiga olib keladi. Bu holda mustahkamlikka hisoblash nominal
va
kuchlanishlar
bo’yicha bajariladi.
Кuchlanishlar jamlanishiga etarli sezgirlik ko’rsatgailiklari sababli mo’rt materiallar ham
xuddi shunday hisoblanadi. Кuchlanishlar jamlanishi mustahkamlikni kamaytirganligi uchun
kamplastik materiallardan tayyorlangan detallar (legirlangan po’latlar va boshqalar) eng katta
mahalliy kuchlanishlar bo’yicha hisoblanadi.
Yuqoridagalarga binoan, masalan, norml kuchlanishlar bo’yicha mustahkamlik
zahirasining hisobiy koeffisientlari quyidagicha ifodalanadi:
plastik materiallar uchun
,
mo’rt materiallar uchun
,
kamplastik materiallar uchun
,
bu yerda:
r
va
β
- materialning oquvchanlik va mustahkamlik chegarasi;
K σ - kuchlanishlar jamlanishining effektiv koeffisienti, (1.2-jadval);
[S β ]va [S τ ] - mustahkamlik va oquvchanlik chegarasi bo’yicha mustahkamlik zahirasining ruxsat
etilgan (joiz) koeffisientlari. [S] ning qiymatini tanlash ma’sul vazifalardan hisoblanadi, chunki detal
o’lchamlari va massasini oshirmay turib, uning talab etilgan ishonchliligini ta’minlash zarur bo’ladi. Bu
koeffisientning qiymatlari quyidagi oraliqda tavsiya etiladi: