N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə54/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Yuk tashuvchi quvurlar

Yuk tashuvchi quvur (truba)lar vintli konveyer turkumiga kirib, ular yordamida qizigan materiallar, zaharli bug‘ ajralib chiquvchi materiallar tashiladi.
128-rasmda yuk tashuvchi quvur sxemasi ko‘rsatilgan. Yuk tashuvchi quvur 1 roliklar 3 ustiga o‘rnatilgan. Quvurning ichki

128-rasm. Yuk tashuvchi quvur.
182
diametri bo‘ylab spiral 2 o‘rnatiladi. Yuk 4 quvur bir marotaba aylanganda spiral qadamiga teng masofaga siljiydi. Quvur aylanayotganda tashilayotgan yuk doimo bir-biri bilan arala- shib, bir-biriga urilib maydalanadi. Shuning uchun yuk tashuv- chi quvurlar kam ishlatiladi.

    1. Tebranuvchi konveyerlar

Tebranuvchi konveyerlar sochiluvchan va kamdan kam donali materiallarni 50 m gacha, ayrim hollarda 100 m gacha masofaga gorizontal, biroz (10...150) qiya, shuningdek, vertikal yo‘nalishda siljitish uchun ishlatiladi. Tebranuvchi konveyer- larning ish unumdorligi 400 m3/soat gacha boradi.
Tebranuvchi konveyerlar nov harakatining rejimi va yuk harakatining xarakteriga qarab, inersion va vibratsiyali turlarga bo‘linadi. Yuk harakatining xarakteriga ko‘ra bular boshqa kon- veyerlardan prinsipial farq qiladi. Inersion konveyerlarda iner- siya kuchi ta’sirida yuk novda sirpanib harakat qiladi.
Novga o‘zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inersion konveyer (129-rasm, a) tebranuvchi tayanch 2 ga o‘rnatilgan va krivoshipli mexanizmlar 3 ta’sirida harakatlanuvchi nov yoki quvur 1 dan iborat. Tayanch ustunlar nov tomon bur-

129-rasm. Tebranuvchi konveyerlar.
183
chak ostida o‘rnatilib, yuk va nov bilan birga oldinga harakatlanganda yuk bir qancha olg‘a siljib, harakat orqaga qaytganda tushadi. Bu konveyerda sikllar soni 1 minutga 300...400, o‘rtacha tezligi 0,15...0,2 m/s va yukning qalinligi esa 100 mm dan oshmaydi.
Novga doimiy yuk bosimi tushadigan inersion konveyerning (129-rasm, b) o‘zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inersion kon- veyerdan farqi shundaki, nov 2 ularda rolikli yoki sharikli tayanch 3 da o‘rnatiladi va u krivoshipli mexanizm yordamida bo‘ylama ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Bu mexanizm sharnirli to‘rt zvenoli OABS konturli mexanizm bo‘lib, unda OA krivoship bir xil tezlikda aylanadi va BS krivoship esa notekis aylanib, tebranish harakatini tortqi 1 orqali nov 2 ga uzatadi. Bu konveyerlarda yukning qalinligi 50...100 mm, tezligi 0,2 m/s dan oshmaydi, tebranish amplitudasi esa 50...150 mm va tebranishlar soni 1 minutda 50...100 mm gacha bo‘ladi. Tebra- nuvchi konveyerlarning afzalligi: konstruksiyasi oddiy; quritish, sovitish va boshqa har xil texnologik operatsiyalarda ishlatiladi va germetik bo‘lganligi sababli zaharli, issiq va changsimon ma- teriallarni tashish mumkin, shuningdek, 1 t materialni 1 m masofaga tashish uchun sarflanadigan elektr energiya miqdori kam. Kamchiligi: yuk yuqoriga tashilganda ish unumdorligi pasayib ketadi; yopishqoq materiallarni tashib bo‘lmaydi; changsimon materiallarni tashiganda ish unumdorligi va tezlik kamayadi; qirrali materiallar (asosan inersion konveyerlarda) tashilganda nov yoki quvur tez yeyiladi.
Inersion konveyerlarning unumdorligi t/soat hisobida quyi- dagicha aniqlanadi:
Q = 3,4u- A-px (219)
bu yerda: v — yukning nov ichidagi tezligi, m/s;
A — nov ichidagi yuk kesimining yuzasi, m2;
pY — to‘zg‘itilgan yukning sochma zichligi (px=0,8 ), kg/m3.
Konveyer yuritmasining quvvati (kW) empirik formula bo‘yicha aniqlanadi:
P = 0,14 G0, (220)
bunda: G0 — tebranuvchi konveyer harakatlanayotgan qismi va tashilayotgan yukning og‘irlik kuchi, kN.
184




    1. Yüklə 1,57 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin