N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Vintli konveyerlar va yuk tashuvchi quvurlar



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə53/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Vintli konveyerlar va yuk tashuvchi quvurlar

  1. Vintli konveyerlar

Vintli konveyerlar sochiluvchan, ba’zi hollarda mayda donali yuklarni gorizontal yo‘nalishda, ba’zan (5... 10°) qiyalik bilan tashish uchun ishlatiladi.
Konveyer uzunligi odatda <40 m olinadi. Konveyer unum- dorligi 2... 150 m3/soatga yetadi. Vintli konveyer korpus 5, parrakli val 4, podshipnik 3, yuk ortuvchi tuynuk 1, kuzatuvchi tuynuk 2, yuk tushiruvchi moslama 6 va konveyer yuritmasi 7 dan iborat (127-rasm).
Tashiladigan yuk bilan parrakli vint vint-gayka kinematik juftligi tarzida ishlaydi. Vint vazifasini parrakli val, gayka va- zifasini tashilayotgan yuk bajaradi. Tashilayotgan yuk konveyer devorlariga ishqalanib, o‘zaro aralashib harakatlanadi. Bunday konveyerlarda yuk bir-biri bilan urilib maydalanishi, ayrim hol­larda tiqilib qolishi mumkin. Shuning uchun bu konveyerlarda quvvat nisbatan ko‘p sarflanadi.

127-rasm. Vintli konveyer.
181
Vintli konveyer unumdorligi (t/soat) hisobida quyidagicha aniqlanadi:
Q = 60^ _ t , n , ^ , p , K,, (217)
bu yerda: Dvint diametri, m; t — vint qadami, m; n — vintning aylanish takroriyligi, min-1; ^ — to‘ldirish koeffitsienti (^ = 0,25...0,45); p — yuk zichligi, t/m3; K — konveyerning qiyaligini e’tiborga oluvchi koeffitsient (K, =1...0,65).
Konveyer vintining quvvati (kW) (tajriba yo‘li bilan aniq- langan) quyidagicha topiladi:
P = Q(LgK. ± H), (218)
bu yerda: Lg — konveyer uzunligining (yuk yo‘lining) gori- zontal proyeksiyasi, m; H — yukni ko‘tarish balandligi, m; K — harakatlanayotgan yuk xususiyatlari koeffitsienti (kam ishqa- lanadigan quruq materiallar uchun Кш=1,2; ko‘p ishqalanadigan yopishqoq materiallar uchun K.=4).


      1. Yüklə 1,57 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin