a-gorizontal panjarali o‘txona; b-tashlagichli o‘txona; v-zanjirli o‘txona; g- zanjirli teskari yo‘lli va tashlagichli o‘txona; d-tebranib turadigan cho‘g‘donli o‘txona; ye-qiya cho‘g‘donli o‘txona; j-jadal yonadigan o‘txona (V.V.Pomerantsov sxemasi); 1-bunker; 2-zanjirli cho‘g‘don; 3-shlak bunkeri; Yoqilg‘i uchun zarur havo cho‘g‘don ostidan kiritiladi. Cho‘g‘donni boshlanish qismida yoqilg‘i qizdiriladi. Qizigan yoqilg‘i ozgina ortiqcha havo bilan yonadi. Cho‘g‘donni oxirida kuygan shlak shlak bunkeri 3 ga to‘kiladi.Teskari yo‘lli zanjir - panjarali o‘txonalarda toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirlarni yoqish mumkin. Yoqilg‘ini aralashtirish va kul hamda shlakni qisman yo‘qotib turish uchun o‘txonaga tebranib turadigan cho‘g‘donlar o’rnatiladi. Bu cho’g’donlar vaqti - vaqti bilan tebranib, shlakning oralarini bo‘shatib uni kulxonaga tushiradi. Cho‘g‘don tebranganda yoqilg‘i aralashib yonish yaxshilanadi. Qiya cho‘g‘donli o‘txonalar bug‘ unumdorligi 2,5 - 20 m/soat bo‘lgan qozonlarda yog‘och chiqindilarini yoqish uchun mo‘ljallangan. Jadal yonadigan o‘txonalar bug‘ unumdorligi 6,5 t/soat gacha bo‘lgan qozonlarda torflarni yoqish uchun qo‘llaniladi. Qatlamli o‘txonalarning asosiy kamchiligi yonish yuzasi kichikligi tufayli uning quvvatini cheklanganidadir. Kamerali o‘txonalar Kamerali o‘txonalar (mash’alali) changsimon, suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Qattiq yoqilg‘i maxsus tegirmonlarda kukun holiga keltirilib, havo oqimi bilan birgalikda o‘txonaga uzatiladi. Kamerada yoqilg‘i muallaq holatda yonadi. Kamerada yoqilg‘i bilan birga kiradigan havo birlamchi havo deyiladi. 3.5 - rasmda kamerali (mash’alali) o'txonalar sxemasi keltirilgan.
- rasm. Kamerali (mash’alali) o'txonalar sxemasi.
a - qattiq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; b - suyuq shlakli changsimon yoqilg‘i yoqish uchun bir kamerali o‘txona; v - suyuq va gaz yoqilg‘isi yoqish uchun o‘txona; g - changsimon yoqilg‘i yoqish uchun ikki kamerali o‘txona; Yoqilg‘ini to‘liq yonishi uchun zaruriy havoning bir qismi kameraga qo‘shimcha ravishda beriladi. Bu havo ikkilamchi havo deyiladi. O‘tga chidamli g‘ishtdan ko‘tarilgan o‘txona kamerasi 1 ga gorelkalar 2 orqali yoqilg‘i va havo aralashmasi uzatiladi. Bu yerda aralashma alangalanadi va yonib tomom bo‘lib, yuqori temperaturali mash’alani hosil qiladi. O‘txonadan chiqishda yonish mahsulotlari temperaturasi pasayadi, chunki mash’ala radiatsiya tufayli issiqlikni jadal ravishda isish sirtlariga (quvurlar to‘plamiga) beradi. Ko‘mir changini yoqish uchun mo‘ljallangan kamerali o‘txonalar asosan gorelkalarning joylanishi va shlakni chiqarib tashlash usuliga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Shlakni chiqarib tashlash usuliga ko‘ra o‘txonalar shlak quruq va suyuq holda chiqarib yuboriladigan o‘txonalarga bo‘linadi. Shlak quruq holda chiqarib yuboriladigan o‘txonalarda ko‘mir changining yonishidan hosil bo‘lgan kulning 80-85% i tutun gazlar bilan chiqib ketadi. Qolgan 15-20% i shlakka aylanadi va o‘txonaning pastki qismiga shlak varonkasi 3 ga tushadi. Suyuqlangan shlak zarralari sovuq varonkaning sirtiga tegib qotadi va shlak shaxtasiga to‘kiladi.Shlak suyuq holda chiqarib tashlanadigan o‘txonalarda kulning 90% ga yaqin asosiy qismi suyuq shlakka aylanadi va shlak vannasiga oqib tushadi. Suyuq va gaz xolidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan kamerali o‘txonalardan shlakni chiqarib tashlash qurilmalari bo‘lmaydi, shuning uchun uning osti gorizontal yoki sal-pal qiya qilinadi. 3.6.-rasmda kamerali o‘txonada gorelkalarning joylashtirish sxemalari ko‘rsatilgan.
.-rasm. Gorelkalarning joylashish sxemasi.
O‘rtacha quvvatli qozon qurilmalari uchun asosan gorelkalar o‘txonaning old tomoniga va qarama-qarshi ikki tomonga , yirik qozon qurilmalarida esa burchagiga joylashtiriladi. Gorelkalar o‘txonaning shipiga kamdan-kam hollarda o‘rnatiladi. Uyurmali o‘txonalar Uyurmali o‘txonalar maydalangan ko‘mirni hamda mazutni yoqish uchun mo‘ljallangan.Maydalangan ko‘mir havo bilan birga uyurmali kamera 1 ga beriladi. Kameraga yana yon tomondan ikkilamchi havo beriladi, u 100 m/s tezlik bilan kiradi. Kamerada yonish mahsulotlarining aylanuvchan oqimi hosil bo‘lib, bu oqim yoqilg‘ining yirik donalarini kamera devorlariga otadi va ular bu yerda qizigan havo oqimlari ta’sirida gazga aylanadi. 3.7 - rasmda uyurmali o‘txonaning sxemasi keltirilgan.
- rasm. Uyurmali o'txonaning sxemasi.
a - gorizontal uyurmali o‘txona; b - vertikal uyurmali o‘txona. Uyurmali kameradan yonish mahsulotlari yoqilg‘ining yonib bo‘lmagan zarralari bilan birga butunlay (oxirigacha) yonish kamerasi 2 ga, keyin radiatsion soha 3 ga o‘tadi. Suyuq shlak tomchilari shlak tutib qoladigan to‘plam 4 ga yopishib qoladi va undan oqib shlak vannasi 5 ga o‘tadi. Uyurmali o‘txonalarning afzalliklari quyidagilardir: Yoqilg‘ining kam ortiqcha havo (1,05-1,1) bilan yonishi, bu hol issiqlikning chiqib ketayotgan gazlar bilan isrof bo‘lishini kamaytiradi;
Maydalangan ko‘mirda (changsimon ko‘mir o‘rniga) ishlash mumkin;
Yoqilg‘ini kuli o‘txonada 80 - 90 % ushlab qolinadi.
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi: Namligi ko‘p bo‘lgan ko‘mirlarni va uchuvchan moddalar kam chiqadigan ko‘mirlarni yoqish qiyin.