rasm. Ikki pog’onali isitish sirtlarida harorat farqlarining taqsimlanishi: 1 va 3 - ekonomayzerning ikkinchi va birinchi pog’onalari; 2 va 4 - havo isitgichning ikkinchi va birinchi pog’ onalari o'rnatiladi. Ekonomayzerlar va havo isitgichlar
Qozon agregatlarida ilon izi ko'rinishda ishlangan isitgich ekonomayzer sifatida ishlatiladi. Issiqlik almashinuv jadalligini ko'tarish uchun ekonomayzer kichik diametrli (ДИЧ = 20+30 mm) uvurlardan ishlangan. Ekonomayzer quvurlarining uchlari kirish va chiqish kollektorlari bilan birlashtirib qo'yilgan. Kollektorlar gaz yo'lining tashqi tomonida o'rnatiladi. 7.11-rasmda ekonomayzerning chizmasi ko'rsatilgan. Ekonomayzer quvurlari bug' generatorining old tomoniga nisbatan perpendikulyar yoki parallel holda joylashtiriladi. Birinchi variantda ilon izisimon quvurlarning uzunligi unchalik katta bo'lmaydi va ularni mahkamlash oson. Ikkinchi variantda esa kirish kollektorining uzunligi va quvurlar soni ancha kamayadi, ammo ilon izisimon quvurlar uzunligi oshadi va ularni makamlash qiyin bo'ladi.
rasm. Ekonomayzer kompanovkasi.
a-qozonning yon tomonidan ko'rinishi; v-qozonning old tomonidan ko'rinishi. 1-baraban; 2-ta'minot suvini barabanga etkazib beruvchi quvurlar; 3- ekonomayzer; 4-kirish kollektorlari Ekonomayzerlar qaynaydigan va qaynamaydigan bo'lishi mumkin. Gaz tomonidan issiqlik almashinuv jadalligini ko'tarish uchun suzgichli va ikki qo'shni quvurlar bir-biriga pardaga o'xshash plastinkalar bilan birlashtiriladi. Suzgichli quvurlar ekonomayzer kattaligini 40-50% ga kamaytiradi. Ekonomayzerlar membranali ham bo'ladi. Havo isitgichlar Havo isitgich - o'zidan o'tayotgan havoni qizdiradigan issiqlik almashinuv apparatidir. Energetikada ko'llaniladigan havo isitgichlar regenerativ RVP va rekuperativ TVK bo'lishi mumkin. Rekuperativ havo isitgichning asosiy turi - vertikal o'rnatilgan quvurli havo isitgichlardir. Bunda tutun issiqligi havoga quvurlar devori orqali uzluksiz uzatiladi. Havo isitgich chizmasi 7.12-rasmda ko'rsatilgan.