Tayanch iboralar: konvektiv, o’ta qizdirgich, purkagich, reserkulyatsiya, baypastlash, radiatsiyon, gazli rostlash, bug’li rostlash. Bug’li rostlashda-bug’ning entalpiyasi kamaytiriladi. Buning uchun o'ta qizigan bug’dan bir miqdor issiqlik olinadi va ta'minlovchi suvga beriladi, yoki bug’ga tozalangan kondensat purkaladi. Bu usullar odatda yuqori bosimli bug’ haroratini rostlashda qo'llaniladi. Oraliq qizitilgan bug’ haroratini rostlashda odatda maxsus issiqlik almashtirgichlarda yuqori bosimli bug’ yordamida oraliq qizdirilgan bug’ harorati o'zgaradi. Bug’li rostlash asosan yuqori bosimli bug’ uchun qo'llaniladi. Bu erda sirtqi va purkaydigan bug’ sovutgichlar ishlatiladi. Bug’-bug’ lik issiqlik almashgich va bug’ o'ta qizdirgichlar sirtini o'zgartish usullar faqat oraliq o'ta qizdirgichlarda qizdirilgan bug’ haroratini rostlash uchun ishlatiladi. Gazli rostlashda esa gaz tomonidan oraliq o'ta qizdirgichlarga beriladigan issiqlik miqdorini o'zgartiriladi. Bu erda yonish mahsulotlarini baypaslash va o'txonadagi alanga holatini o'zgartirish, yonish mahsulotlarini resirkulyasiya qilish usullari ishlatiladi. Bug’ sovitgichni bug’ o'ta qizdirgichlardan keyin, radiasion va konvektiv o'taqizdirgichlar bosqichlar orasida yoki to'yingan bug’ tomonida o'rnatilishi mumkin(7.4-rasm).
7.4-rasm. Bug' haroratini rostlash usullarining tuzilishi
Agar bug’ sovitgich bug’ o'taqizdirgichdan keyin o'rnatilsa, kerakli bug’ harorati turbina oldida ishonchlik holatda bo'ladi, ammo bug’ o'taqizdirgichning chiqish qismi yuqori haroratdan himoyalanmay qoladi. Shuning uchun o'ta qizigan bug’ haroratini rostlash uchun bu usul ishlatilmaydi. Bug’ sovutgichni boshqa variantlar bo'yicha o'rnatilishi mumkin, chunki turbina va o'taqizdirgich metalli himoya qilinadi. Odatda bug’ haroratini rostlash uchun bitta yoki ikkita bug’ sovutgich ishlatiladi. Birinchisi pardali bug’ sovutgich, metallning harorati ortib ketishidan saqlab, ishonchli ishlanishni ta'miinlaydi. Purkagichli bug’ sovutgich bug’ haroratini rostlashda eng sodda tuzilishga ega qurilma hisoblanadi (7.5-rasm). Bu qurilma bug’ quvurning 4-5 metrli to'g’ri joyiga o'rnatiladi va forsunka yordamida kondensat quvur ichiga purkaladi. Natijada bug’ harorati pasayadi. Forsunkadagi teshiklar diametri 3-6 mm.