Shlak, shlak-kul pulpalarni haydaydigan nasoslar bager, faqat kul pulpasini haydaydiganlarni esa shlam nasoslari deyiladi. Ular bir pog’onali yasaladi. Markazdan qochma nasoslarni qullash gidroejektor apparatlariga nisbatan iqtisodiy samara beradi. Nasosolar 30..40% FIK bilan ishlab 6..8 kVt s/t shlak va kulga energiya sarflaydi, bu esa 3..4 marta kam. Nasos, ishchi g’ildiragi detallarining emirilishini kamaytirish uchun u chidamli marganit po'latidan yasaladi. Korpusi esa ichki tomonidan oqartirilgan cho'yan plitalari bilan qoplanadi. Shu bilan qoplanadi. Shu bilan birga pulpani beo'xtov jo'natishni ta'minlash uchun nasosxonada har bir pulpani hisobiy to'liq savrfiga mo'ljallangan uchtadan kam bo'lmagan nasoslar o'rnatiladi. Chunki ishchi g’ildirak xizmat vaqti emirilish sharoitiga ko'ra bir oydan oshmaydi. Nasosxonadan kulxonagacha pulpa quvurlari diametri 300..400 mm li, devori qalinligi 10 mm gacha bo'lgan po'lat quvurlardan yasaladi. Ishlatish jarayonida quvurning tag qismi tez emiriladi. Tarkibida ko'p oxak bo'lgan ba'zi yoqilg’ i kullarni transportida esa quvurda Sa(ON)2+SaSO3 dan iborat kristal o'simtalar paydo bo'ladi. Quvur tag qismini bir yillik emirilishi 5mm gacha etadi. Uzoq muddat ishlatish maqsadida quvurlarni davriy aylantirib turish, tag qismalarida cho'yan bazalt yoki rezina ariqchalar o'rnatish ko'zda tutiladi. Pulpa tezligi 1,7..1,75 m/s ni tashkil etadi. Elektrostansiyadan tashqari pulpani quvurlari er ustida, maxsus tayanchlarga o'rnatiladi. Kulxona-shlak va kullar yig’ iladigan er maydoni. Bu maqsadda ishlatib bo'lmaydigan, botqoq, jarlik, pastqam joylar ishlatiladi. Korxona hajmi elektrostansiyaning tanlangan yoqilg’ i turi uchun 25 yilga oshiriladi. To'lgan kulxona uchastkasi changlanmasligi uchun tuproq bilan ko'milib, o't ekib qo'yiladi. NAZORAT SAVOLLARI Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan tozalash uchun qanday moslamalar ishlatiladi?
Reguperativ va regenerativ havo isitgichlarni tozalash uchun ishlatiladigan usullar nimadan iborat?
Yonish mahsulotlar tarkibidagi kulni ushlab qolish uchun qanday kultutgichlar ishlatiladi.