N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə48/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

- rasm Pardali va konvektiv o’taqizdirgichlarni titratib tozalash tizimi: a- apparatlarni o’rnatish; b-bikrlik tasmasi; A-A-gorizontal gaz yo’li bo’ yicha pardali o’taqizdirgichning kesimi; B-B shuning o’zi konvektiv o’taqizdirgich bo’yicha; 1- pardalar; 2-konvektiv paket; 3-titratish shtangasi; 4-elektr titratgich; 5,6- sovutuvchi muhitni berish va chiqarish; 7- suzgichsimon plastina.

Qizdirgich paketlaridagi sochiluvchan qoldiqlardan tozalash uchun OG seriyadagi chuqur suriluvchan bug’ apparatlar ishlatiladi. U 18.1 - rasmda ko'rsatilgan apparatga o'xshash bo'lib, aylanadigan naycha boshchasining gaz yo'liga chuqur surilishi bilan farq qiladi (8...10 m gacha). Yon tomon devori darchasidan apparat kirgizilganda ikki qizdirgich paketi orasida har ikkala paket 1...1,5 m chuqurlikka tozalash amalga oshiriladi.
Bunday tozalash usulining kamchiligi shundaki, paket ichida (ayniqsa, shaxmatsimon quvurlar joylashganda) bug’ oqimi energiyasining tez yo'qotilishi va yaqin joylashgan quvurlarning bug’ning kuchli oqimi natijasida kuchli eroziyali emirilishdir.
Gorizontal (yotiq) burilgich (aylanma) konvektiv shaxta sirtlarini tozalash uchun ko'proq drob oqimi bilan tozalashda ishlatiladi.(6.4-rasm)



    1. -rasm. Vakuum ostida ishlaydigan drob bilan maydalab tozalash tizimi: 1-drob bunkeri; 2-drobni yuqoriga uzatish quvuri; 3-drob tutgich (siklon); 4-bug’ ejektori; 5-avtomat klapani; 6-tarelkali ta'minoti; 7-drob tarqatgich; 8- gazlarni qonzondan chiqishi.

Diametri 3-6 mm bo'lgan po'lat zoldirlar tozalanayotgan tik joylashgan gaz yo'li yuqori qismiga bir tekis ta'minlanib (yoyilib) sirtga o'rnalayotgan kinetik energiyasining ishlatilishi hisobiga tozalash yuz beradi. Bunday tozalashda 20-30 minut davom etib, 1m2 shaxta kesimidan o'rta hisobda 250-400 kg pitra o'qiga mo'ljallanadi. Pastda pitralar bunkerga yig’ iladi, kuchli havo oqimi bilan ijektorda ushlab olinib, yana yuqoriga ko'tariladi, havodan ajratilib, bug’li sochgichda yana yuqoriga ko'tariladi, havodan ajratilib, bug’li sochgichda yana shaxtaga tushiriladi. Ko'chirgan kul va shlak bo'laklari maydalanib, elektrofiltrlarida tozalanadi.
So'nggi yillarda konvektiv shaxtalarda ilonsimon paketlarini tozalashda yangi - impuls-issiq to'lqinli tozalagich qo'llanilmoqda. Bu usul suyuq yoqilg’i ishlatilganda quvurlarda yopishqoq moddalar paydo bo'lganda zoldirlar bilan tozalash usuli yordam bermaganda yuqori samara beradi. Usulning ma'nosi shundan iboratki, quvurlar sirtiga yuqori haroratli zarbiy gaz to'lqinli davriy ta'sir ko'rsatib, yopishqoq moddalarni quritadi, so'ng ko'chirib, quvur sirti tozalanadi. Zarb to'lqini impuls kamerasida yaratiladi, u erga tabiiy gaz bilan havo aralashmasi kirib, uch kundan keyin alangalanadi. Qaynoq gazlar bir zumda maxsus shaklga ega naychadan o'choq gaz yo'liga kiritilib, 0,2...0,4 MPa bosimli zarb to'lqini yaratiladi. Konvektiv paketda zarb bosimi tez susayadi. Shuning uchun har bir paket oldida 2...4 impuls kamerasi o'rnatiladi. Ular juft-juft, yuqoridan past tomon, navbatma-navbat ishga tushiriladi. Impuls davri 2-8 s., 1 smenada 1...3 marta ishlatiladi. Shaxta sirtini tozalash vaqti 0,5-1 soat.
Kata quvvatli qozonlarda hozirgi vaqtda regenerativ havo istgichlar (RXI) keng qo'llanilmoqda. Ularni ishlatish tajribasi shuni ko'rsatadiki, har qanday yoqilg’ i turi ishlatilganda ham gaz va havo harorati past va to'ldirish varaqlari orasidagi masofa (7-10 mm) kichik bo'lgani uchun doimo ifloslanadi.
RXI (RVP) larni tozalash uchun sirtlarni o'ta qizigan bug’ bilan (r=2,2 MPa, t=3000C) puflab tozalanadi. 1 naychali tebranma shtangali yoki ko'p naychali qo'zg’almas OP turidagi ko'p naychali apparatlar ishlatiladi, ulardan bug’ - 800..700 m/s tezlikda chiqib, sirtni 15 metr uzoqlikkacha kinetik energiya hisobiga tozalaydi. Puflash ishlab turgan RXIda 1 smenada 1..3 marta, 15..20 minutdan amalga oshiriladi.
Zich, oltingugurtli qoldiqlar paydo bo'lganda (RXI ning sovuq qismida) suvli yuvishni qo'llashga to'g’ri keladi. Buning uchun qaynoq (80..900C), ishqorli suv (pH=10..12) ishlatiladi. Yuvishdan so'ng sirtlar to'ldirish varaqlari va
konstruksion materiallar korroziyaga uchramasligi uchun yaxshilab quritiladi. Suvli yuvishni faqat boshqa usullarni qo'llash tavsiya qilinadi.
Vaqt o'tishi bilan zichlashib boradigan yopishqoq qoldiqlardan RXI larni termik tozalash yaxshi natijalar beradi. (6.4-rasm)



Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin