Barabanli qozonlardagi bug’ning chegaraviy sifat me'yorlari 12.2-jadvalda ko’rsatilgan.
12.2-jadval.
Me’yorli ko’rsatkich
Bosim, MPa
Eslatma
4.0 gacha
4.0 10.0
10.0 <
Natriy birikmalari, Na, mkg/kg
60
15
10
IES va IEM
Kremniy kislota, SiO2, mkg/kg
-
15 25
15 25
IES IEM
O’ta qizigan parametrli to’g’ri oqimli qozonlar ta'minot suvining chegaraviy sifat me'yorlari 12.3-jadvalda keltirilgan. Zamonaviy lESlarda suvni tozalash uchun kimyoviy yoki termik tuzsizlantirish ishlatiladi. Suv qozon qurilmalarida kationitlar yordamida kimyoviy usulda yumshatiladi. Katiоnitlar suv tоzalash inshооtlarida suvni tarkibidagi Ca2+, Mg2+ kabi katiоnitlardan tоzalash uchun ishlatiladi. Suv tоzalash teхnikasi sоhasida suvni Cjr'vn Mg2+ katiоnlaridan tоzalash suvni yumshatish deb ataladi. Bu sоhada
Suv natriy kationitli filtrlardan o’tish jarayonida undagi Ca2+va Mg2+ kationitlarining kationit tarkibidagi natriy kationi bilan almashinishi quyidagi reaksiyalar natijasida sodir bo’ladi: 2R/Na+Ca2+= R2 /Ca++2Na+; (12.1) 2R/Na+Mg2+=R2 /Mg+2Na+. (12.2) Suv tozalash qurilmalarida ishlatiladigan natriy kationitli filbtlar birinchi va ikkinchi pog’onali bo’ladi. Birinchi pog’onali filbtrlarda filbtrlovchi matеrial sifatida sulbfoko’mir, KU-1 kabi kuchsiz kislotali, ikkinchi pog’onali filbtrlarda esa KU-2, Vofatit KPS, Amberlit IRA-400 kabi kuchli kislotali kationitlar ishlatiladi. Na - kationitli suv tozalash qurilmasining umumiy konstruksiyasi 5.5-rasmda ko’rsatilgan. Na - kationitli suv tozalash qurilmalarida yumshatiladigan suvlarning ishlatilish sohasi keng bo’lib, ular quyidagi maqsadlarda; ya'ni, yopiq isitgich tarmoqlarida sarflanadigan suvning o’rnini qoplash, bug’ hosil qilib distillyat oluvchi moslamalarni yumshoq suv bilan ta' minlash, ishlab chiqarish korxonalaridagi bug’ qozonlarini qo’shimcha suv bilan ta'minlashda ishlatiladi.
1-korpus; 2,3-yuqori va pastki taqsimlash tizimlari; 4-tozalanadigan suvni keltirish; 5-regenerasiya eritmasini keltirish; 6-filtrat chiqishi; 7-yuvadigan suvni chiqarish; 8-ionitni yayratish uchun suv berish. Suvni vodorod-kationitli filtrlar yordamida yumshatish
Suv tozalash inshootlarida N-kationitli filbtrlar ham Na-kationitli filbtrlar kabi suvni yumshatish, ya'ni tarkibidagi Ca, Mg hamda Na kationitlaridan tozalash uchun ishlatiladi. Suvni H-kationitlash natijasida suv tarkibidagi Ca, Mg va Na kationlarining konsеntrasiyasi kamayishi bilan suvning umumiy ishqoriyligi va tuz miqdori ham kamayadi. Ато kislotalik хususiyati ortadi. Suv tozalash sohasida H-kationitli suvning kislotalik хususiyatini kamaytirish, Na-kationitli suv bilan aralashtirish yoki anionitli filbtrlarda yuqori darajada tuzsizlantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. H-kationitli filtrlar filbtrat kislotaligi kamayishi yoki filtratga Ca yoki Na kationlaridan biri o’ta boshlashi bilan regenerasiyalash uchun to’xtatiladi, “holdan toygan” H-kationitlarning ishchi ion almashtirish qobiliyatini qayta tiklash uchun regenerasiya reagenti sifatida H2SO4 yoki HCl kislotaning suyultirilgan eritmasi ishlatiladi. Ularni regenerasiyalashda yayratish, regenerasiya eritmasini filbtrdan o’tkazish va kationitlarni yuvish jarayonlari Na-kationitli filbtrdagi kabi amalga oshiriladi. Ketma-ket ulangan H-Na - kationit filbtrlar 5.6-rasmda ko’rsatilgan.
Dastlabki suv H-kationitli filbtrga tushib Ca va Mg kationlar o’rnini vodorod kationi bilan to’ ldiradi va natijada CO2 va mineral kislota eritmasi hosil bo’ladi. Undan keyin suv dekarbonizatorga yuboriladi va suv tarkibidagi CO2ning bir qismi chiqarib yuboriladi. Suv oraliq bak orqali nasos yordamida Na-kationitli filbtrga uzatiladi. Filbtrda suv qo’shimcha yumshatiladi. Vodorod-kationitli filbtrni regenerasiya qilish uchun 1,0-1,5%li oltingugurt kislotasining eritmasi ishlatiladi. rasmda kislota xo’jaligi chizmasi keltirilgan. Temir yo’l bilan olib kelingan o’tkir sulbfat kislotasi sisternadan blok yordamida IESning kislota saqlaydigan bakiga bo’shatiladi. Bakdan ejektor (vakuum so’rg’ich) yordamida sifon orqali sarf o’ lchaydigan o’ lchov bakiga uzatiladi. Bu idishdan ejektor yordamida tortib olinib, 1-1,5%li eritma holigacha suyultirilib bakdan so’ng regenerasiya qilinadigan filbtrlarga yuboriladi.
1 - sisterna; 2 - lebyodkali blok; 3 - bak; 4,7 - ejektor; 5 - liniya(quvurlar); 6 - o’lchov baki. O’lchov bakining hajmi odatda bir yoki bir necha filbtrlarni regenerasiya qilish uchun sarflanadigan kislota miqdoriga mo’ ljallangan bo’ladi. Kislota eritmasining konsentrasiyasi maxsus o’lchov asboblar yordamida nazorat qilinadi. Kislota eritmasini suyultirish uchun ejektorga yuborilayotgan suv miqdori ventil yorda mida boshqariladi. IESlarda o’tkir sulfat kislotasi har uch oyga etadigan miqdorda keltiriladi va maxsus isitadigan хоиаЮт^ joylashtirilgan sisternalarda saqlanadi, chunki suliJat kislota past haroratda yaxlab qolish xususiyatiga ega. Agar sisternalar o’rnatilgan joylarni isitish imkoni bo’lmasa, sisternalar va kislota yuboruvchi sifon tutatgichlar sirti past haroratli bug’ yoki suv oqimi yordamida qizdiriladi. 5.7.Suv qaynatuvchi bug’latgichlarda tuzsizlantirish Suvni termik usulda tuzsizlantirish deb, uni bug’ga aylantirib, hosil bo’lgan bug’ni sovutib yana suvga aylantirish jarayoniga aytiladi. Bug’lanayotgan suv tarkibidagi kolloid hamda kimyoviy moddalarning bug’ fazasidagi eruvchanligi suvda eruvchanligiga qaraganda bir necha marta kam bo’ladi. Shu moddalarning bug’ fazasiga o’tishi ham juda oz miqdorda yoki deyarli bo’lmasligi ham mumkin. Suv tozalash texnikasi sohasida suvni bug’ latib bug’ oluvchi qurilmalarni bug’ latgichlar deb ataladi. Bug’ latgich qurilmalar yordamida tozalangan suvlarni chuchuklantirilgan suvlar (distillyat) deyiladi. Bug’latgichda bug’ lanmay qolgan, iflosligi va tuz miqdori yuqori darajada bo’lgan suvni esa konsentrat deb ataladi. Shu sababli olinayotgan bug’ning tuz miqdori, ruxsat etiladigan me'yordan oshmasligi uchun konsentratning ma'lum miqdori bug’ latgichdan chiqarilib, dastlabki suv bilan almashtirilib turiladi. rasmda vertikal holatda o’rnatilgan bug’latgich chizmasi ko’rsatilgan. Korpusning ichida qizdirish seksiyasi o’rnatilgan. Qizdirish seksiyasining silindrsimon o’ramaning yuqori va pastki quvurlar taxtalariga payvandlangan. Bu taxtalarda qaynatish quvurlarining uchlari yumaloqlangan. Isitadigan bug’, keltiruvchi quvur orqali qizdirish seksiyasiga kiritiladi va qaynatish quvurlariga yuqadi. Natijada quvurlardagi suv qaynaydi va bug’lanadi. Qizdiruvchi bug’ning kondensati patrubka orqali chiqariladi, havo esa liniyadan so’riladi.
rasm. Vertikal holatda o’rnatilgan bug’latgich kesimi. - korpus; 2 - silindrsimon o’rama; 3 - isitadigan bug’ keltiruvchi quvur; 4 - quvur taхtasi; 5 - qaynatish quvurlar; 6 - bug’ harakatini tashkil etadigan to’siq; 7 - kondensat chiqadigan patrubka; 8 - ta'minot suv keltiruvchi patrubka; 9 - suvni pastga tushiruvchi quvurlar; 10 - separator; 11 - ikkilamchi bug’ chiqadigan patrubka.
Qizdirish seksiyasining ichida bug’ harakatini tashkil etish uchun yo’naltiruvchi to’siq o’rnatilgan. Ta'minot suvi patrubka orqali teshikli listga yuboriladi. Listda bir necha qatlam suv bor, uning qalinligini pastga tushuvchi quvurlar listdan chiqib turishi aniqlaydi. Pastga tushuvchi quvurlar orqali suv bug’latgichning suv fazasiga tushadi. Bug’latgichda halqa faza-qaynatish quvurlar konturida tabiiy sirkulyasiya tashkil etiladi. Sirkulyasiya karraligi juda katta, taxminan 100 ga teng. Qaynatish quvurlarida hosil bo’lgan bug’ teshik listdagi suv qatlam orqali o’tib yuviladi va jalyuziylik separatordan o’tib, patrubkadan chiqariladi. 5.8. IES da turbina kondensatini tozalash To’g’ri oqimli qozonlarda turbina kondensatini kremniy kislotasidan va tuzlardan tozalash uchun turbina kondensatoridan chiqqan 100% kondensat ion almashinuv filьtridan o’tkaziladi. Barabanli qozonlarda esa kondensat ion almashinuv filBtrda tozalanmaydi, chunki qozon kontur suvida yig’ilgan aralashmalar barabandan 0,5-1,5% miqdorda uzluksiz tashlanadi. Tashlangan suv o’rniga kimyoviy tozlangan suv deaerator orqali qo’shiladi. IESlarda turbina kondensati unchalik ifloslangan bo’lmay, tarkibida tuz miqdori litriga 1-2 mg, kremniy miqdori 0,03-0,1 mg atrofida bo’ladi. SHu sababli IESlarda kondensat tozalovchi qurilmalarning tuzilishi tabiiy suvlarni tozalaydigan qurilmalarga qaraganda birmuncha soddaroq bo’ladi. Ularda qo’llaniladigan filhtrlar soni ham kam, kondensat tarkibida CO2 gazining konsentrasiyasi juda kichik bo’lganligi sababli, bunday qurilmalarda dekarbonizator hamda suvni dekarbonizatordan filьtrlarga yuboruvchi so’rg’ich ham bo’ lmaydi. Hozirgi zamonaviy elektr stansiyalarda turbina kondensatini tozalashda eng ko’p qo’llaniladigan ionitlari tashqarida regenerasiya qilinadigan aralash ionitli filtrli qurilmalardir. Bunday qurilmalarda ishchi filtrni regenerasiya filьtridan hamda reagent хo’jaligidan istalgan masofada qulay joyga o’rnatish mumkin. Stansiyalarda ishchi fil^rm asosan turbina zaliga, qo’shimcha qurilmalarni esa har qanday qulay sharoitlarda o’rnatilishi mumkin. Kondensat tarkibida dag’al zarrachalar hamda korroziya mahsulotlari ham uchrashi sababli bunday qurilmalarda kondensatni ulardan tozalashda asosan meхanik filhtrlar qo’llaniladi. Ishchi fiklrga yuborilayotgan kondensat meхanik filhtrlar yordamida dag’al zarrachalardan hamda korroziya mahsulotlaridan qanchalik sifatli tozalansa, ishchi filming samaradorligi shuncha oshadi hamda regenerasiyalanish oralig’ idagi ishlash muddati shuncha uzoq bo’ladi.Kondensat tarkibida korroziya mahsulotlari, tuz miqdori hamda kondensator quvurlaridan so’riladigan sovutuvchi suvning miqdori qancha kam bo’lsa, ionit filtrlarda tozalanadigan kondensat miqdori shuncha kam bo’ladi va kondensat tozalovchi qurilmalarni ishlatishda sarflanadigan iqtisodiy xarajatlar kamayadi. NAZORAT SAVOLLARI ima uchun qozon qurilmalarida suv tozalanadi? uvdagi zararli moddalar tarkibi nimalardan iborat?
uvni kimyoviy tozalash usullari qanday? .Filtrlarda ishlatiladigan filbtrlovchi materiallarni keltiring.
.Natriy kationitli qurilmaning umumiy chizmasini tasvirlang.
.Vodorod kationit filbtrlar yordamida yumshatish qanday bo’ladi?
.Suvni qaynatuvchi bug’ latgichlarda tuzsizlantirish qanday kechadi?
9.IESda turbina kondensati nima uchun tozalanadi? 10.Barabanli qozonlarda inma uchun ion almashinuv filbtri ishlatilmaydi? VI-BOB. IESLARDA QIZDIRISH SIRTLARINI TOZALASH VA
SHLAKLARNI YO'QOTISH