N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə44/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

Kimyoviy tozalash. Energetik blokning bug’ hosil qilish va qizdirish yuzalarida ichki cho’kindilar paydo bo’lishi ehtimoli bor joylarni kimyoviy reagentli eritmalar bilan yuviladi. Reagentlar quvurlar ichidagi qatlamlarni emiradi (eritadi).
Kimyoviy tozalashlar ishga tushirishdan oldingi va ishlatish davridagi tozalashlarga bo’ linadi. Ishga tushirishdan oldingi tozalash jarayonida montaj yoki ta'mirlash natijasida qolgan mexanik iflosliklar va quvurlarning ichki yuzalaridagi korroziya qatlami tozalanadi. Asosan bug’ generatorining suv-bug’ yo’nalishi shu usulda tozalanadi. Ishlatish davrida hosil bo’lgan ichki qatlamlarni kimyoviy tozalash uchun bug’ generatori 2-3 kunga to’xtatiladi.
Puflash - katta konsentrasiyali aralashmalarni katta miqdordagi suv bilan ishlab turgan bug’ generatordan o’zgarmas miqdorda chiqarish jarayoni.
Turbina kondеnsatini tozalash - bug’ kondensatidagi (turbinadan chiqqan) erigan va muallaq holatdagi iflos moddalardan uzluksiz tozalash yo’li. Bu usul to’g’ri oqimli qozonlarda ishlatiladi va ionli almashuv filbtrlar yordami bilan tuzsizlantiradigan blokli qurilmalarda (BOU) tashkil qilinadi.
Tеrmik havosizlantirish (gazsizlantirish) - ta'minlovchi suv yo’lidagi metallarni, aktiv korroziyaga olib keluvchi gazlarni (kislorod va karbonat angidrid) chiqarish jarayoni. Ta'minlovchi suvni gazsizlantirish uchun deaeratorlar ishlatiladi.
Gidrazin-ammiakli suv rejimi - termik хavosizlantirish usuliga qo’shimcha jarayon bo’ladi, chunki deaeratorlarda kislorod О2 va karbonat angidrid SO2 to’la chiqib ketmaydi. Suvda kislorod va karbonat angidrid N2SO3 eritmani hosil etadi. Suvda erigan kislorodni gidrazin N2N4 yordamida neytrallangan holga keltiriladi N2N4 + О2 —> N2 + 2N2O.
Suvdagi uglekislota N2SO3, ta'minlovchi suvga kiritilgan ammiak NN3 (suv oksid eritma NN40N holatda) yordamida, ammoniy karbonati hosil qilinadi:
NN4ON + N2SO3 —> NN4SO3 + N2O (9.7)
Bu usul to’g’ri oqimli va barabanli qozonlarda keng ishlatiladi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Bug’ va ta'minlash suvining ifloslanish manbalari nimalardan iborat?

  2. Asosiy ifloslanish tarkibi nimalardan iborat?

  3. Korroziya mahsulotlariga nimalar kiradi?

  4. Qozon barabanida qanday qurilma bor?

  5. Bug’ nima uchun va qanday qilib yuviladi?

  6. Pog’onali bug’lantirish nima uchun ishlatiladi?

  7. Bir pog’onali bug’ lantirish chizmasini tushuntirib bering.

  8. IES siklidan zararli aralashmalarni chiqarish usullari qanday?

    1. IES larda ishlatiladigan suv va bug’ning chegaraviy sifat me'yorlari

IESlarda ishlatiladigan suv va bug’ning chegaraviy sifat me'yorlari zamonaviy elektr stansiyalarning qozon qurulmalariga suv tayyorlashda muhim ahamiyatga ega, chunki uning sifati bug’-turbina blok va boshqa qo’shimcha moslamalar yaxshi va samarador ishlashi uchun katta darajada ta'sir etadi.
Bug’-turbina energoblokning ishlatish davrini ko’tarish uchun qozonning ekran quvurlari, bug’ o’taqizdirgichlar, ekonomayzer va turbinaning oqim qismi qoldiqsiz ishlashi shart. Uning uchun ta'minot suvida va qozonda hosil bo’lgan bug’da har-xil zararli moddalar konsentrasiyalari me'yorlangan. Elektr stansiyalarni texnikaviy ishlatish qoidalarida suv va bug’ uchun sifat me'yorlari o’rnatilgan. Tabiiy sirkulyasiyali barabanli qozonlar uchun ta'minot suvining chegaraviy sifat me'yorlari 12.1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin