N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov


Nurlanish (radiasion) qizdirish sirtlarini tozalash



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə47/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

Nurlanish (radiasion) qizdirish sirtlarini tozalash.
O'choq tik ekranlarini va o'ta qizdirgichlarni bug’ oqimi bilan tozalash keng tarqalgan (6.1- rasm). Apparat bug’ni uzatish puflash quvuri va uzatma mexanizmidan iborat. Dastlab puflash quvuriga ilgarilanma harakat beriladi. Puflash quvurining naycha boshchasi o'choqqa kirgach, quvur aylanishni boshlaydi. Shu vaqtda bug’ klapani avtomatik tarzda ochilib, bug’ qarama - qarshi joylashgan puflash naychasiga olib boriladit. Tozalashning bunday usulida, boshcha atrofidagi radiusi 2,5...3 m masofadagi ekran sirti tozalanadi. Bug’ bosimi 1,5...4,0 MPa va harorat 350... 4000C bo'lishi kerak. Bu turdagi apparatlar “Ilmarike” zavodida ishlab chiqariladi. Ishlamayotgan holida naycha boshchasi quvur orqasida turib, uning o'ta qizib ketishidan saqlaydi. Puflash apparatlari butun ekran sirtini qamrab oladigan qilib joylashtiriladi. Natijada o'choqning har bir devori ko'plab apparatlarga ega bo'lishi kerak, bu esa o'choq va uning ekspluatasiyasini qimmatlashtiriladi.


6.1-rasm. Ekran quvurlarini puflaydigan apparat: 1-naycha kallagi; 2-
bug’ klapani; 3-o’thona ekrani.

Keyingi vaqtlarda, ayniqsa shlak qoldiqlarni tozalashda ekran sirtlarini suvni impulsli puflash o'zining ko'proq samaradorligini ko'rsatadi. Bu apparatga 0,4 - ..0,5 MPa bosim ostida texnik suv beriladi. Ingichka, uzoqni uruvchi (10 m gacha) oqim yaratilib, apparat o'rnatilgan devor qarshishini tozalaydi (6.2 -rasm). Maxsus yoyish apparati bilan, naycha va undan chiqayotgan suv oqim tozalanayotgan devor bo'ylab yotiq-qiya ilgarilanma qaytma harakat qiladi. Har bir quvur ekrani qarshisida suv oqimi 0,2 sekunddan ortiq turmaydi, bu esa o'ta qizigan qoldiqlar uchun sovuq zarba hosil qiladi. Tashqi qavatning bir lahzalik sovushi 4000S atrofida bo'ladi. Qavatning siqilishi va undan keyingi qizishi natijasida parchalaniladi va quvurdan ko'chadi. Ekran quvurining toza joylaridagii metallga bunda qisqa vaqtdagi suvning ta'siri o'ning mustahkamligi xavf tug’dirmaydi. Bitta bunday apparat ekranning katta yuzasiga xizmat ko'rsatgani uchun bug’ apparatlariga nisbatan ularning soni keskin kamayadi.
6.3.Qizdirish sirtlarini ifloslantirishdan nurlanish (radiatsion) qizdirish
sirtlarini pardalarni va konvektiv ilonsimonlarni tozalash

Pardalarni va konvektiv paketli qizdirgichlarni tozalashda vibrasiyali (titrashli) tozalash keng qo'llaniladi. Vibrasiyali tozalagichlar hozirgi kunda 200 dan ortiq o'rta va katta quvvvatli bug’ qozonlarida o'rnatilgan. Tozalash usuli shundan iboratki, metall sirtidan qoldiqlarni (ham sochiluvchan, ham shlak bog’ lanishli) ajratadigan inersiya kuchlarini yaratuvchi yuqori chastotali tebranishlar aylanma quvurlarga beriladi.
Sochiluvchan qobiqlarni yo'qotish uchun 5...6 g tezlanishni yaratish kifoya, bu erda g - erkin tushish tezlanishi, m/s2, 50 Gs li tebranishlarni inersiyalash bilan erishiladi. Shlak bog’lanishli qoldig’ini 8...10g tezlanishlarda yo'qotiladi, bu esa 190 Gs yuqori chastotali tebranishlarga to'g’ri keladi.
Erkin osilgan vertikal (tik) sirtlarni (parda, konvektiv qizdirgichlarni) titratib tozalash yuqori samara beradi. 6.3-rasmda parda (A-A-qirqim) va konvektiv qizdirgichlarni (B-B qirqim) yotiq gaz yo'lida titratib tozalaydigan apparat batafsil misol qilib ko'rsatilgan. Sovitiladigan shtanga orqali parda va aylanma quvur quyi uchlariga tebratgich tebranishlarni uzatadi. Tebranishlarni barcha aylanma quvurlarga 1 ta vibrasiyani uzatish uchun payvandlangan qavariqli quvur bo'linmasi ko'rinishdagi mahkamlaydigan belbog’ ishlatiladi.




    1. Yüklə 2,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin