6.4 rasm. Isitish sitrlarini impulsli tozalash apparati:
1-aralashtirish kamerasi; 2-naycha; 3-havo va gazni berish; 4-elektr yondirgich; 5-
konvektiv paket; 6-impuls kamerasi. Buning uchun ishlayotgan RXI ga kelayotgan havo 20..30 minutga uzib qo'yiladi. To'ldirgich kelayotgan haroratiga (280-3000C) qizib, undagi qoldiqlar quriydi va to'kilib tushadi. Lekin bu usul RXI ratorining issiqlik deformasiyasiga sabab bo'ladi, shuning uchun bu usul qo'llash chegaralangan. RXI sovuq qismini issiqlik to'lqini bilan tozalash tizimini qo'llash ham ishlatiladi. Bu holda aralashtirgich kamerasi RXI radiusi bo'yicha joylashgan uzun quvuri chiqish esa quvur bo'yicha yassi naycha ko'rinishida tayyorlanadi. Ekspluatasiya ma'lumotlariga ko'ra to'lqinli tozalash samaradorligi bo'yicha o'ta qizigan bug’ bilan puflash usulidan qolishmaydi. Uning ustunligi -tutun mo'rigacha bo'lgan yo'lda bug’ning kondensasiyalanishi yo'qligidadir. 6.4. Kul - shlak ajratish tizimi El.stansiyalaridagi kul - shlak ajratish bu IES tashqarisiga yoqilg’i qoldiqlari (kul va shlak) ni tashib beruvchi qurilma va mexanizmlar tizimidir. Yirik elektrostansiyalarda o'choqlardan chiqmagan shlaklar va kul tutgichlarda yig’ ilgan kullar miqdori ko'p bo'lgani uchun, elektr energiyasi, suv, siqilgan havolarni ko'p sarflanishiga olib keladi. Misol uchun, quvvati 4000 MVT li, enibastuz tosh ko'mirini yoqadigan IES da taxminan 60 t/soat shlak va 1160 t/soat kuldan tozalanib turishi kerak. IESlarda asosan 3 xil kul - shlak ajratish usuli qo'llaniladi: mexanik (shnek yoki lentali transporterlar yordamida), pnevmatik (yopiq quvur yoki kanallar ichida havo bosimi ostida), va gidravlik (ochiq yoki yopiq kanallarda suv bosimi yordamida). Pnevmatik kul - shlak tizimi quruq, kerakli xossalarga ega kul qurilish meteriallar olish uchun ishlatilganda yoki IES joylashgan erlarda suv taqchil bo'lsa qo'llaniladi. Suvli kul - shlak ajratish tizimi. Kul shlaklarning gidrotransporti eng sodda va ishonchli usul bo'lib, samaradorligi yuqoriligi, tizimning to'liq mexanizasiyasi, ishchi tarkibga boshqa tizimlarga nisbatan yaxshi sanitar sharoitlari yaratilishi sababli IESlarda keng qo'llaniladi. Suvli kul - shlak ajratish usulda o'txona ostida joylashgan shlak va kul yuvish qurilmalari, kul va shlakli suvlarni transporti uchun beton kanallar yordamida stansiyadan bir necha km uzoqlikdagi botqoq yoki jarliklarga etkazuvchi quvurlardan iborat.(6.5-rasm)