N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov


VII-BOB. BUG' QOZONLARIDAGI ISSIQLIK ALMASHINUVLARI



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə52/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

VII-BOB. BUG' QOZONLARIDAGI ISSIQLIK ALMASHINUVLARI.
QOZON QURILMASINING ASOSIY ELEMENTLARI
7.1 Bug’ qozonini istish yuzalarining issiqlikni o’ziga olishi
Tayanch iboralar: O’txona ekrani, ekran quvurlari, festoon, to’ yingan bug’
O'txona ekranlari - qozonning radiasion kizdirish sirtlaridir. U suv sirkulyasiyasining umumiy tizimiga kiradi va yonayotgan yoqilg'ining alanga nuridan hamda o'txona gazlaridan chiqayotgan issiqlikni qabul qiladi. Ekran sirtlari kamera devorlarini shlaklanish va issiqlikning nurlanishi ta'sirida buzilishdan himoya qiladi, o'txonadan chiqayotgan gazlar esa o'z haroratini pasaytiradi. O'txona ekranlari yoqilg'idan chiqqan umumiy issiqlikning 35-50% ni qabul qiladi. Har-xil isitish yuzalaridagi ishchi jismning issiqlikni o'ziga olishining taqsimlanishi 20.1 - jadvalda ko'rsatilgan.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'rta bosimli qozonlarda (4MPa) ekranning radiasiya orqali olgan issiqligi, to'la bug'lanish (62%) uchun kamlik qiladi. Shuning uchun etmagan issiqlikni qaynaydigan ekonomayzer orqali ta'minlov suvi qabul qiladi, suv qaynaydi va suv-bug' aralashmasi barabanga yuboriladi.
Yuqori bosimli qozonlarda (10 MPa va yuqori) ekran quvurlarini radiasiya orqali olgan issiqlik miqdori suvni to'la bug'lantiradi va shuning uchun bu qozonlarda qaynamaydigan ekonomayzerlar ishlatiladi.
O'ta yuqori bosimli qozonlarda (14 MPa va yukori) o'txonaning pastki qismida joylashgan ekranlar ekonomayzer rolini bajaradi. Bu ekonomayzer - radiasion ekonomayzer deb ataladi. Uning yuqorisida radiasion sirtlar o'rnatiladi. Bu sirtlarda suv holatidan bug' holatiga o'tish, ya'ni faza o'zgarishi sodir bo'ladi va bug' hosil bo'lishi va o'ta qizishi boshlanadi.
7.1 - j a d v a l

O'ta qizigan bug'ning bosimi, MPa

O'ta qizi­gan bug'­ning ha- rorati,0S

Ta'minot suvining harorati,
0С

Isitish sirtlarida
taqsimlanishi, %

issiqlik

Bug'lan- tiruvchilar

Bug'ni o'ta qizdiruv- chilar

Ekono
mayzer lar

4

440

145

62

19

19

10

540

215

49

30

21

14

560

230

40

35

25

14

545/545

240

35

44

21

26,5

565/570

260



58

42



    1. Bug’ o’ta qizdirgichlar

O'ta qizitilgan bug' - to'yingan bug' bosimidagi va uning haroratidan yuqori haroratga ega bo'lgan bug'. O'ta qizigan va to'yingan bug' haroratlari o'rtasidagi farq o'ta qizish darajasi deyiladi. O'ta qizigan bug' xossalari o'ta qizish darajasi ortishi bilan ideal gaz xossalariga yaqinlashadi. O'ta qizigan suv bug'i - bug'-kuch qurilmasining ishchi jismidir. O'ta qizish harorati oshirilganda qurilmalar tejamli ishlaydi. O'ta qizigan bug' maxsus bug' qizdirgichlarda hosil qilinadi.



    1. rasm. Bug' o'taqizdirgichlarning kompanovkasi:

a - р = 4 MPa, tb = 440 0С; b - р= 10 MPa, tb = 440 0 С;
v - р = 14 MPa, tb = 545/5450 С; g - p = 25,5 MPa, tb = 545/5450С

  1. - konvektiv bug' o'taqizdirgich; 2 - pardali o'taqizdirgich; 3 - shipdagi radiasion o'taqizdirgich; 4 - oraliq o'taqizdirgich; 5 - o'txona ekrani; 6 - feston; 7 - ekran quvurlari

Bug' o'taqizdirgichi - qozon agregatining o'ta qizigan bug' olish elementidir. Bug' o'taqizdirgich aylanma tarzda bukilgan, ichki diametri 20-60 mm bo'lgan parallel quvurlar tizimidan iborat. Uning bir uchi kirish kollektoriga, ikkinchi uchi esa chiqish kollektoriga biriktirilgan. Konvektiv bug' o'taqizdirgich qozonning gaz yo'llariga, radiasion bug' o'taqizdirgich o'txona shipi va devorlariga, yarim radiasion (pardali) bug' o'taqizdirgich esa, o'txonadan chiqishda o'rnatiladi (7.1 - rasm).
Bug'ning yonish maxsulotlariga nisbatan harakat chizmasiga ko'ra, bug'o'taqizdirgich to'g'ri, teskari va aralash oqimli bo'lishi mumkin.
Bug' bosimi 14 MPa va undan yuqori bo'lganda, asosiy bug' o'taqizdirgichdan tashqari, turbinada qisman ishlatilgan bug'ni qayta o'taqizdirish uchun oraliq (ikkilamchi) bug' o'taqizdirgich ham o'rnatiladi.

    1. Qozon agregatning asosiy issiqlik uzatish sirtlari. Bug‘ qizdirgichlar


Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin