151
b) sleyf;
c) kondensatni yig‘ish uchun idishi bilan yuqori bosimli separator;
d) ―quvur ichida quvur‖ turidagi issiqlik almashtirgichlar;
e) boshqariladigan yoki oddiy shtutser;
f) o‘tkazuvchanlik qobiliyati va bosimga mo‘ljallangan past haroratli separator;
j) issiqlik almashtirgichda, shtutserda va past haroratli separatorda hosil
bo‘lishi mumkin bo‘lgan gidratga qarshi kurashish uchun jihozlar kompleksi
(dozirovka nasoslari, dietilenglikol idishi, DEG ni regeneratsiya pechi, DEG va
kondensatni tindirgich-ajratgichlari, DEG ni sovitish va qizdirish uchun issiqlik
almashtirgichlari).
Gazkondensat konlari gazini tayyorlash uchun aniq sharoitlarga bog’liq holda
boshqa qurilmalar ham qo’llanilishi mumkin.
Guruhiy yig‘uv punktlaridagi (separatorlar, shutserlar, issiqlik almashtirgichlar,
kondensat yig‘gichlar va b.) gaz va gazkondensat quduqlari yer usti qurilmalari gaz
qazib olish bo‘yicha kuzatuvchilar (kuzatuvchilar qurilmalarning sozligi va me‘yoriy
ish tarzini mukammal nazorat qilib turishlari shart) tomonidan doimiy nazoratda
bo‘lishi kerak.
Gaz tarkibida korroziya aktivligi yuqori bo‘lgan komponentlar bo‘lgan
quduqlarda armatura va flanetsli, rezbali, svarkali birikmalarga alohida e‘tibor berish
zarur.
Qurilmalarning alohida qismlarida nosozliklar aniqlanganda bu nosozliklarni
darhol bartaraf etish bo‘yicha choralarni ko‘rish kerak.
Dostları ilə paylaş: