N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Optimal quduqlarni ishlatishni texnologik rejimi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
2.4. Optimal quduqlarni ishlatishni texnologik rejimi 
Ilgari asosiy e‗tibor tabiiy va texnologik faktorlarga qaratilgan. Lekin ko‘p 
hollarda iqtisodiyot asosiy rolni o‘ynaydi. 


149 
QITR – gaz konini ishlatish sistemasi va konni jihozlashning asosiy qismidir. 
Shuning uchun optimal quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini asoslash konni 
optimal ishlash va jihozlash ko‘rsatkichlarini asoslashga olib keladi.
Iqtisodiy taxlil va hisoblarning ahamiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. 
Aytaylik, kollektor mustahkam va quduq xarakteristikasining aniq cheklanishi yo‘q 
bo‘lsin. Lekin bu yerda har qanday debit yoki dipressiya ratsional emas. Quduq debiti 
qancha katta bo‘lsa rejalashtirilgan gaz miqdorini qazib olish uchun kerakli quduqlar 
soni shuncha kam bo‘ladi. Quduq debitini qanchalik oshirilsa qatlamda 
dipressiyaning, shuningdek quduqda va gaz yig‘ish kollektorlarida bosim 
yo‘qotilishining oshishiga olib keladi. Quduqlar sonining kamayishi mahsuldor 
qatlamni notekis sizdirish darajasini oshiradi, bu esa umumiy dipressiya 
voronkasining chuqurroq hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Natijada muddatidan oldin bosh va siquv kompressor stantsiyalarining ishga 
tushirilishini talab qiladi. Shuning uchun mustahkam kollektorli uyumni ishlatishda 
qatlamdagi ratsional dipressiyani tanlash uchun texnik-iqtisodiy hisob kitoblardan 
foydalaniladi.
 
Quduqning oqilona texnologik rejimini tanlash – gaz va gazokondensat 
konlarini ishlashini loyihalashtirishning asosiy masalalaridan biridir. Quduq ish 
rejimiga ta‘sir qiluvchi qator sharoit va omillar maqsadli ishlashda majmuaviy 
yondoshishni talab qiladi. Uni tanlash geologik, kon-geofizik, gidrodinamik va 
laboratoriya tadqiqotlari ma‘lumotlari asosida amalga oshiriladi.Ko‗p hollarda, 
texnologik rejim ikki va undan ortiq omillarga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, aniqlovchi 
omil kollektorning mustahkamligi bo‗lsa, unda tiqinlarni buzish jarayoni, quduq 
konstruksiyasi, shuningdek, ba‘zi hollarda, gidrat hosil bo‗lishi va yemirilish 
o‗rtasida bog‗liqlikni o‗rnatish kerak. Tanlangan rejimga qo‗shimcha omillar ta‘sir 
qilishidan qat‘iy nazar, quduqning oqilona texnologik rejimini tanlashda aniqlovchi 
omilni belgilash va asoslash muhim masalalardan biri hisoblanadi. So‗ng, aniqlovchi 
omil uchun yaroqli bo‗lgan mezonlarni tanlash kerak. 
Ko‗rib chiqilgan qator omillar quyidagilarga asoslangan: 
1) quduq tubidagi doimiy bosim gradiyenti rejimi; 


150 
2) qatlamga berilayotgan doimiy depressiya rejimi; 
3) doimiy quduq tubi bosimi rejimi; 
4) doimiy debit rejimi; 
5) doimiy sizilish tezlik gradiyenti rejimi; 
6) gidratsiz rejim; 
7) doimiy quduq usti bosimi rejimi; 
8) yemirilish sharoitida doimiy oqim tezligi rejimi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin