N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Pakerlarning asosiy parametrlari 5.2-jadval



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Pakerlarning asosiy parametrlari 5.2-jadval 
Paker 
Tashqi 
diametr, 
mm 
Bosimlar 
ayirmasi, 
MPa 
O`tish 
diametri, 
mm 
Maksimal 
zichlovchi 
diametri, mm 
PV-M-140-350 
140 
35 
56 
160 
PV-M-118-500 
118 
50 
45 
140 
PV-M-122-500 
122 
50 
45 
140 
PV-M-136-500 
136 
50 
56 
160 
PV-M-140-500 
140 
50 
56 
160 
1PD-YAG-118-500 
118 
50 
62 
128 
PN-YAGM-118-210 
118 
21 
62 
128 
PN-YAGM-118-210 
118 
21 
62 
128 
1PD-YAG-122-500 
122 
50 
62 
133 
2PD-YAG-136-350K1 
136 
35 
76 
155,3 
3PD-YAG-136-350K2
136 
35 
80 
146,3 
PN-YAGM-136-210 
136 
21 
76 
146,3 
PD-YAGM-136-210 
136 
21 
76 
146,3 
1PD-YAG-140-500 
140 
50 
76 
150,3 
1PD-YAG-145-500 
145 
50 
76 
155,8 
3PD-YAG-145-350K2 
145 
35 
80 
155,8 
1PD-YAG-185-350 
185 
35 
100 
205,1 
YAkorlarning asosiy parametrlari 5.3-jadval 
YAkorlar 
Tashqi 
diametr, mm 
Bosimlar 
ayirmasi, 
MRa 
O`tish 
diametr, 
mm 
Mustahkamlovchi 
quvurning ichki 
diametri, mm
YAG1-112-500 
112 
50 
62 
117,7; 121,7 
YAG1-118-500 
118 
50 
62 
124; 128 
YAG1-122-500 
122 
50 
62 
136; 138 
YAG1-136-500 
136 
50 
76 
140,3; 146,3 
YAG1-140-500 
140 
50 
76 
148,3; 150,3 
YAG1-145-500 
145 
50 
76 
152,3; 155,3 
YAG-118-210 
118 
21 
62 
124; 128 
YAG-136-210 
136 
21 
76 
140,3; 146,3 
 
4 §. Gidrat hosil bo‘lishiga qarshi kurashish 
4.1. Gazlarning namlik miqdori 
Neft va gaz kollektorlaridagi neft va tabiiy gaz to‗plamlari ostida qatlam osti va 
qatlam cheti suvlari, oraliq suvlar, hamda qoldiq suvlar bo‗lishi mumkin. Qatlamdagi 
suvlar va tabiiy gaz o‗rtasidagi munosabatlar to‗g‗risida to‗xtab o‗tamiz. 


165 
Qatlamda tabiiy gaz va suv o‗zaro bog‗liq bo‗lgani uchun tabiiy gazning 
tarkibida ma‘lum miqdorda suv bug‗lari bo‗lishi mumkin. Bunga asosiy sabab 
qatlamdagi suvning va tabiiy gazning harorati anchagina yuqori bo‗lishidir. Yuqori 
harorat natijasida suvning ma‘lum bir qismi bug‗lanib, gaz tarkibiga aralashib qoladi. 
Bu esa gazning namlanishiga olib keladi.
Gazlarning namlik miqdorini aniq bilish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki 
gaz konlarini ishlatayotgan korxona olinayotgan gazni davlat standartlariga mos qilib 
iste‘molchilarga yetqazib berishi kerak. Bu standartlarda gaz tarkibida emiruvchi 
moddalar (CO
2
, N
2
, H
2
S), shuningdek suv bug‗lari bo‗lmasligi ko‗rsatib o‗tilgan. 
Demak, gazning namlik miqdoriga qarab, gaz konida tabiiy gazni suv bug‗laridan 
tozalaydigan maxsus qurilma va gaz quritgichlar o‗rnatilishi zarur. Bu moslamalar 
esa sanoatimizda har xil unumdorlikka mo‗ljallangan holda bir necha turlarda ishlab 
chiqariladi. Shuning uchun gazning namligini aniq bilib, shu namlikka moc bo‗lgan 
gaz quritgich moslamalari tanlanishi kerak. 
Gazlardagi namlik miqdori UVlarning bosimi va haroratiga bog‗liq. Masalan, 
qandaydir bir bosim va haroratda hajm birligidagi tabiiy gazda eng maksimal suv 
bug‗lari bo‗lsin, u holda bunday gaz, suv bug‗lariga to‗liq to‗yingan bo‗ladi. Lekin 
harorat oshirilsa, ana shu hajm birligidagi tabiiy gaz suv bug‗iga to‗yinmagan holatga 
o‗tadi. Bunday gazni yana to‗yintirish uchun yoki haroratni pasaytirish kerak, yoki 
yana qo‗shimcha suv bug‗i berish kerak bo‗ladi. 
Gazlarning namlik miqdori ikki xil namlik bilan o‗lchanadi - mutlaq va nisbiy 
namlik.
Gazning mutlaq namlik miqdori deb, hajm birligidagi tabiiy gaz tarkibidagi suv 
bug‗lari massasiga aytiladi. Mutlaq namlik g/m

yoki g/kG da o‗lchanadi.
Gazning nisbiy namligi deb, gazning ma‘lum bir holatdagi suv bug‗larining 
miqdorini xuddi shu holatda gaz to‗liq to‗yingandagi maksimal suv bug‗larining 
miqdoriga bo‗lgan nisbatiga aytiladi. 
Mutlaq namlik:


166 
H
Q
V
c
г

(g/sm
3
) (5.5) 
tenglama bilan aniqlansa, nisbiy namlik miqdori: 
(5.6) 
tenglama bilan aniqlanadi. 
Bu yerda: H - tabiiy gazning mutlaq namlik miqdori; Q

- 1 m
3
hajmdagi (Vg) 
tabiiy gaz tarkibidagi suv bug‗lari miqdori, g; H‘ - tabiiy gazning nisbiy namligi % 
da; H
max
- tabiiy gazning ma‘lum bir sharoitdagi maksimal mutlaq namlik miqdori.
Gazlarning namlik miqdori ham boshqa fizik xossalariga o‗xshab, qatlam 
bosimi va haroratiga bog‗liq. Odatda harorat oshishi namlanishni oshirsa, bosim 
oshishi namlanish miqdorini kamaytirishga olib keladi. Buni 1.18 - rasmda keltirilgan 
nomogrammadan ham ko‗rish mumkin. 
5.14 – rasm. Tabiiy gazlarning mutlaq 
namligini aniqlash nomogrammasi 
Agar suv bug‗larida erigan tuz moddalari bo‗lsa, u holda namlanish miqdoriga 
tuzatma kiritish kerak bo‗ladi, chunki erigan tuzlar miqdori oshishi natijasida gazning 
namlanish miqdori kamayib ketadi. Shuningdek gazning molekulyar massasi yoki 
zichligi ortib borishi ham namlanishga ta‘sir ko‗rsatadi. Gaz zichligining oz miqdorda 


167 
(3 - 5% gacha) ortishi namlanish miqdorini kamaytiradi, demak, gazlar zichligining 
o‗zgarishiga ham namlanish miqdori uchun tuzatma kiritish zarur. 1.18 - rasmda 
keltirilgan nomogrammada bu tuzatmalar alohida berilgan, namlanish miqdorini 
aniqlash esa strelkalar bo‗yicha ko‗rsatilgandir. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin