165
Qatlamda tabiiy gaz va suv o‗zaro bog‗liq bo‗lgani uchun tabiiy gazning
tarkibida ma‘lum miqdorda suv bug‗lari bo‗lishi mumkin.
Bunga asosiy sabab
qatlamdagi suvning va tabiiy gazning harorati anchagina yuqori bo‗lishidir. Yuqori
harorat natijasida suvning ma‘lum bir qismi bug‗lanib, gaz tarkibiga aralashib qoladi.
Bu esa gazning namlanishiga olib keladi.
Gazlarning namlik miqdorini aniq bilish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki
gaz konlarini ishlatayotgan korxona olinayotgan gazni davlat standartlariga mos qilib
iste‘molchilarga yetqazib berishi kerak. Bu standartlarda gaz tarkibida emiruvchi
moddalar (CO
2
, N
2
, H
2
S), shuningdek suv bug‗lari bo‗lmasligi ko‗rsatib o‗tilgan.
Demak,
gazning namlik miqdoriga qarab, gaz konida tabiiy gazni suv bug‗laridan
tozalaydigan maxsus qurilma va gaz quritgichlar o‗rnatilishi zarur. Bu moslamalar
esa sanoatimizda har xil unumdorlikka mo‗ljallangan holda bir necha turlarda ishlab
chiqariladi. Shuning uchun gazning namligini aniq bilib, shu namlikka moc bo‗lgan
gaz quritgich moslamalari tanlanishi kerak.
Gazlardagi namlik miqdori UVlarning bosimi va haroratiga bog‗liq. Masalan,
qandaydir bir bosim va haroratda hajm birligidagi tabiiy
gazda eng maksimal suv
bug‗lari bo‗lsin, u holda bunday gaz, suv bug‗lariga to‗liq to‗yingan bo‗ladi. Lekin
harorat oshirilsa, ana shu hajm birligidagi tabiiy gaz suv bug‗iga to‗yinmagan holatga
o‗tadi. Bunday gazni yana to‗yintirish uchun yoki
haroratni pasaytirish kerak, yoki
yana qo‗shimcha suv bug‗i berish kerak bo‗ladi.
Gazlarning namlik miqdori ikki xil namlik bilan o‗lchanadi - mutlaq va nisbiy
namlik.
Gazning mutlaq namlik miqdori deb, hajm birligidagi tabiiy gaz tarkibidagi suv
bug‗lari massasiga aytiladi. Mutlaq namlik g/m
3
yoki g/kG da o‗lchanadi.
Gazning nisbiy namligi deb, gazning ma‘lum bir holatdagi suv bug‗larining
miqdorini xuddi shu holatda gaz to‗liq to‗yingandagi maksimal suv bug‗larining
miqdoriga bo‗lgan nisbatiga aytiladi.
Mutlaq namlik:
166
H
Q
V
c
г
(g/sm
3
) (5.5)
tenglama
bilan aniqlansa, nisbiy namlik miqdori:
(5.6)
tenglama bilan aniqlanadi.
Bu yerda: H - tabiiy gazning mutlaq namlik miqdori; Q
s
- 1 m
3
hajmdagi (Vg)
tabiiy gaz tarkibidagi suv bug‗lari miqdori, g; H‘ - tabiiy gazning nisbiy namligi %
da; H
max
- tabiiy gazning ma‘lum bir sharoitdagi maksimal mutlaq namlik miqdori.
Gazlarning namlik miqdori ham boshqa fizik xossalariga o‗xshab, qatlam
bosimi va haroratiga bog‗liq. Odatda harorat oshishi namlanishni oshirsa,
bosim
oshishi namlanish miqdorini kamaytirishga olib keladi. Buni 1.18 - rasmda keltirilgan
nomogrammadan ham ko‗rish mumkin.
5.14 – rasm. Tabiiy gazlarning mutlaq
namligini aniqlash nomogrammasi
Agar suv bug‗larida erigan tuz moddalari bo‗lsa, u holda namlanish miqdoriga
tuzatma kiritish kerak bo‗ladi, chunki erigan tuzlar miqdori oshishi natijasida gazning
namlanish miqdori kamayib ketadi. Shuningdek gazning molekulyar massasi yoki
zichligi ortib borishi ham namlanishga ta‘sir ko‗rsatadi. Gaz zichligining oz miqdorda
167
(3 - 5% gacha) ortishi namlanish
miqdorini kamaytiradi, demak, gazlar zichligining
o‗zgarishiga ham namlanish miqdori uchun tuzatma kiritish zarur. 1.18 - rasmda
keltirilgan nomogrammada
bu tuzatmalar alohida berilgan, namlanish miqdorini
aniqlash esa strelkalar bo‗yicha ko‗rsatilgandir.
Dostları ilə paylaş: