160
-
aralash -
mahsuldor qatlamning pastki qismi ochiq, yuqorisi esa
mustahkamlash quvurlar birikmasi bilan
berkitilgan va sementlangan, hamda
teshilgan bo‘ladi.
-
yopiq
-
mahsuldor qatlam mustahkamlash quvurlar birikmasi bilan to‘liq
yopilgan, sementlangan, quvurlar teshilib, qatlam ochilgan.
Shurtan konida hozirgi vaqtda 127 ta quduqdan mahsulot olinayotgan bo‘lib,
ishlatiladigan quduqlar, asosan quyidagi konstruksiyalarga egadir: konduktor-S324
mm, tushish chuqurligi - 100 dan 500 m gacha, texnik kolonna-245 mm,
tushish
chuqurligi - 2100 dan 2350 m gacha, ishlatish kolonnasi - 168 mm, tushish chuqurligi
- 3000 dan 3250 m gacha, liftli quvurlar (LQ) diametri - 114 va 89 mm.
Gaz quduqlari uskunalari – yer ostida va yer ustki qismida ham joylashishi
mumkin bo‘lib, yer ustida favvoraviy armaturalar o‘rnatilib, ularning turi qatlam
bosimi,
harorati, gaz tarkibi, kollektorlardagi tog‘ jinslari tarkibi,
agressiv
komponentlarga qarab tanlanadi. Quduq ichiga komplekslashgan quduq moslamalari
(KSO) tushiriladi.
Komplekslashgan quduq moslamalari quduqlarning avtomatik ravishda
yopilishini (gaz mahsuli oshib ketganda,
avariya holatlarida, yer ustki quduq
moslamalarida profilaktik va germetik zichlash ishlari olib borilganda) qo‘llaniladi.
Komplektda paker, ajratuvchi to‘sqich, aylanma to‘sqich, ingibitor uchun
to‘sqich, qulflar, o‘tirg‘izish nippeli,
teleskopik birlashmalar, quduq kamerasi,
sozlovchi to‘sqichlar, qirquvchi to‘sqichlar mavjud.
Quduq moslamalarini sanoatda bir qancha turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: