Taqrizchilar:
X.N.Jo’lliyev
–KosonNGQE MCHJ Geologiya bo‘yicha director o‘rinbosari
A.X.Qarshiyev
– Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, PhD
4
So‘z boshi
―Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish‖ fani Oliy ta‘limning 5311900 –
«Neft va gaz konlarini ishga tushurish va ulardan foydalanish» yo‗nalishi o‗quv
rejasidagi maxsus fanlardan biri hisoblanadi.
Fanni o‗rganishdan maqsad – talabalarda gaz va gaz kondensat konlarini
ishlatishda turli kon-geologik sharoitlari uyumlarini texnologik tuzilishi, kollektorlik
xossalari va boshqa ko‗rsatkichlariga mos ravishda uyumlarni ishlatish bo‗yicha
yo‗nalish profiliga mos bilim, ko‗nikma va malakani shakllantirishdan iborat.
Taqdim etilayotgan darslik IX bob va bo‗limlardan iborat bo‗lib, gaz qazib
olish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lgan asosiy masalalrni o‗z ichiga olgan.
―Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish‖ o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida
amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr gaz uyumlarini turlari; qatlam
energiyasi turlari va ularga mos holda uyumlarni ishlatish rejimlari; har xil sharoitda
konni ishlatish ko‗rsatkichlari dinamikasi; qatlamlarning gaz va kondensat
beraolishligi va uni oshirish usullarini bilishi kerak; talabaga gaz uyumlarini ishlatish
texnologiyalari; loyihaviy xujjatlar va ularning mazmuni; ishlatish tizimlarini tasnifi;
quduq tubiga ta‘sir etish usullarini tanlash; konni ishlatish holatini tahlil etish;
mahsuldor qatlamni ochish va quduqni o‗zlashtirish; quduqda ishchi energiya
balansini aniqlash va unga mos ravishda uyumni ishlatish ko‗nikmalariga ega bo‗lishi
kerak; talaba suyuqlikning quduqdan yer yuzasiga ko‗tarilishi nazariyasini amalda
qo‗llash; uyumlarning gaz kondensat beraolishligini oshirish borasida qatlam
bosimini saqlash usuli; qatlamga suv haydash texnologiyalari; turli rejimda uyumni
ishlatishni loyihalash malakalariga ega bo‗lishi kerak.
5
Kirish
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham bir qator
o‗zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 30 iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi qarori bilan «O‗zbekneftegaz»AJ faoliyati
takomillashtirildi.
Uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko‗paytirishning 2021 yilgacha
bo‗lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi.
Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko‗p. Ularni o‗zlashtirish va qayta ishlash
bo‗yicha yangi tizim yaratildi.
2017 yilda neft va gaz kondensati qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab
chiqarish bo‗yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida
ko‗plab muammolar to‗planib qolgan. Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017
yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi va geologiya-
kidiruv jarayonidagi burg‗ilash hajmi bo‗yicha prognoz 77 foiz bajarilgan, agar bu
ishlar to‗liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumukin bo‗lar edi.
Tabiiy gaz quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
ta‘mirlash ishlari xam yetarli darajada emas. Buning oqibatida gaz qazib olishdan
boshlab, uni iste‘molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi
yo‗qotilmoqda.
Prezidentimiz shu kabi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod
zahiralarini oshirish va qazib chiqarishni ko‗paytirish borasidagi muhim vazifalarini
belgilab berdi.
Neft va gaz sanoati – xalq xo‗jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‗lib, uning
rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy potensialini belgilaydigan sohalardan biridir.
Konlardan zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib aniq hisob-
kitoblar asosida mahsulot qazib chiqarish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasi hududida ochilgan uglevodorod
konlari ―Neft va gazneft konlarini ishlash qoidalari‖ (2003 y.) va ―O‗zbekiston
6
Respublikasida gaz va gazkondensat konlarini ishlash qoidalari‖ (2008 y.) asosida
olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda O‗zbekiston hududida 5 ta neftgazli region (Ustyurt, Buxoro-
Xiva, Surxondaryo, Xisar, Farg‗ona) va 3 ta istiqbolli region aniqlangan (Xorazm,
o‗rta-Sirdaryo, Zarafshon).
Ushbu regionlar bir-biridan geologik tuzilishi, ochilgan konlarni joylashish
zichligi, ularni turlari, uglevodorod uyumlarining yotish chuqurligi, ular maydonida
yangi konlar ochish istiqbollari bilan keskin farq qiladi. Ochilgan neft va gaz
uyumlari poleozoydan neogengacha bo‗lgan stratigrafik yotqiziqlar bilan bog‗liq.
01.01.2013 yil sanasigacha respublikamizning neftgazli regionlarida 243 ta neft va
gaz konlari ochilgan. Ulardan 199 tasida ozod gaz uyumlari, 121 neft va 157
kondensat bor.
Ushbu konlarning 104 – ishlashda, 70 – ishlashga tayyorlangan va
konservatsiyada, 60 – razvedkada.
Sanoat miqyosidagi aniqlangan olinadigan uglevodorod zaxiralari 2,5 mlrd.
t.sh.yo. dan ortiq bo‗lib asosan gazli uglevodorodlardan iborat.
Konlarni ishlash sistemasini tanlash va ularning samaradorligi geologik-fizik
sharoitlar bilan belgilanib, bu ko‗rsatgichlar O‗zbekiston hududidagi konlarda juda
katta oraliqda o‗zgaradi.
Hammaga ma‘lum ochilgan konlarni zaxiralari (olinadigan zaxiralari) va ishlash
sistemasining asosiy holatlari ularni boshlang‗ich ishlash davrida hisoblanadi va
asoslanadi. Bu davrga esa konlar haqida geologik-kon ma‘lumotlarining to‗liq
emasligi xosdir. Shu sababli ko‗plab geologik va texnologik vazifalarni hal etishda
uzoq muddat ishlashdagi konlarning tajribasini umumlashtirish va tahlil etish katta
ahamiyatga ega. Soha olimlarining va mutaxassislarining fikricha bu vazifa quyidagi
tartibda hal etiladi:
- Neft (gaz) konlarini (uyumlarini) ishlash samaradorligiga ta‘sir etuvchi
geologik-kon ko‗rsatkichlarini aniqlash;
- O‗rganilayotgan neft (gaz) uyumlarini geologik-kon kompleks ma‘lumotlari
asosida tasniflashtirish;
7
- Tasniflashtirish natijasi bo‗yicha konkret neft (gaz) uyumi uchun ishlash
sistemasi va texnologiyalarni asoslash;
- Qabul qilingan ishlash sistemasi va texnologiyalarni samaradorligini asoslash.
Shunday qilib, biz O'zbekiston Respublikasi neft va gaz sanoatining istiqbollari
xususida so'z yuritadigan bo'lsak, bizda hozirda neft mustaqilligiga erishilgan bo'lsa,
gaz sanoatini anchagina rivojlantirish haqida ma'lum miqdorda gaz eksport qilish
imkoniyati mavjud va hozirda biz Qozog‘iston, Qirg‘izistonga gaz eksport
qilmoqdamiz. Kelajakda bu ish Ukraina va Kavkaz orti mamlakatlariga ham amalga
oshirilishi ko'zda tutiladi. Biz yaqin kelajakda gaz chiqarishni yiliga 60 mlrd.m
3
dan
oshirib, uni 70 va undan ortiq mlrd.m
3
ga yetkazish ko'zda tutiladi. Buning uchun
bizda hamma imkoniyatlar mavjuddir.
|