3. Azot (N
2
) miqdoriga ko'ra (hajm hisobida %):
- past azotli
0 - 3;
- kam azotli
3 - 10;
- o'rtacha azotli 10 - 30;
- yuqori azotli
30 dan ortiq;
4. Karbonat II oksidi (CO
2
) miqdoriga ko'ra (hajm hisobida %):
- past miqdorli 0 - 3;
- kam miqdorli 3 - 10;
- o'rtacha miqdorli 10 - 30;
- yuqori miqdorli 30 dan ortiq;
5. Vodorod sulfidning (H
2
S) miqdoriga ko'ra (hajm hisobida %):
- Oltingugurtsiz 0,001 gacha;
11
- kam oltingugurtli 0,001 - 0,3;
- o'rtacha oltingugurtli 0,3 - 1,0;
- yuqori oltingugurtli 1,0 dan ortiq.
Tabiiy gazlarning bunday mufassal tasniflanishiga asosiy sabab, uning
tarkibidagi komponentlarning miqdoriga (ayniqsa, kondensat, CO
2
, H
2
S kabi
moddalar miqdoriga) qarab konda tabiiy gazni tayyorlash inshootlari har xil bo'ladi.
Oltingugurtsiz va kam oltingugurtli konlarda tabiiy gazni oltingugurtdan tozalovchi
inshootlar qurilmaydi.
Tabiiy gazlarni uzoqqa uzatish uchun ular quritilgan (ya'ni tarkibida suv
bug‘lar bo'lmasligi kerak), kondensatdan to'la tozalangan, mexanik moddalarsiz va
agressiv gazlarsiz (N, CO
2
, H
2
S) holda tayyorlangan holda bo'lishi kerak. Ana shu
aytib o'tilgan tozalash jarayonlarini birortasi ham bajarilmay qolmasligi kerak, aks
holda iste'molchining gazdan foydalanuvchi qurilmalarida falokatli hodisalar yuz
berishi mumkin.
1.2. Gazning fizik xususiyatlari
Turli gazlarning fizik xususiyatlari 1.2-jadvalda keltirilgan. Gazning holati uch
parametr
bosim (P), temperatura (T) va solishtirma hajm (V) (yoki zichlik
) bilan
tavsiflanadi. Parametrlar oralig‘idagi bog‘lanishlar gazning harakatlanishini
ifodalaydi. Bularni aniqlash gaz sanoatida turli amaliy masalalarni hal etishda asosiy
rol o‘ynaydi.
Termodinamik hisoblashlarda standart sharoit sifatida t=0
0
C, P=0,1 MPa qabul
qilingan. Gaz sanoatida turli hisoblash ishlarida esa t=20
0
C va P=0,1 MPa (GOST
2939-63) qabul qilingan.
Uglevodorod gazlarining zichligi va qovushqoqligi ularning asosiy
xususiyatlari hisoblanadi.
Z i ch l i k
(
)
odatda gazning nisbiy zichlik qiymati (havoga nisbatan)
ishlatiladi. Gazning zichligi deganda bir xil bosim va temperaturada bir birlik
hajmdagi (1 sm
3
, 1 m
3
) gaz massasining shunday sharoitdagi havo hajmi massasiga
12
bo‘lgan nisbati tushuniladi. Neft gazlarining zichligi 0,554 dan (metan uchun) 0,695
gacha va undan yuqori (geptan uchun) bo‘lishi mumkin.
Qovushqoqlik
turli tezlikda bir-biriga nisbatan parallel siljiyotgan gazlarning
ikki qati orasida hosil bo‘ladigan ichki ishqalanish kuchi. Uglevodorod gazlarining
qovushqoqligi juda kam. Quruq uglevodorod gazining qovushqoqligi 0°S da 13
10
-6
Pa
s, havoniki 17
10
-6
Pa
s. Bosim past bo‘lganda temperaturaning ko‘tarilishi bilan
havo va gazning qovushqoqligi ham o‘zgaradi. Bosim 4 MPa
s gacha bo‘lganda
gazning qovushqoqligi kam o‘zgaradi, undan yuqori bosimda esa ortib boradi (1.3-
jadval).
13
1.2-jadval
Dostları ilə paylaş: |