168
Birinchi turdagi gidratlar (5.15, a - rasm) hosil bo‗lishida suvning 46
molekulasi 8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi va bu panjara
ikki xil - katta va kichik bo‗shliqlarni hosil qiladi. Kichik bo‗shliqlar ikkita bo‗lib,
ularning diametri 0,52 nm.ga teng bo‗ladi. Katta bo‗shliqlar soni oltita bo‗lib,
ularning diametri 0,59 nm.ga teng bo‗ladi. Bu bo‗shliqlarning hammasi gidrat hosil
qiluvchi moddalar bilan to‗lganda, bunday gidratlar 8 M 46 H
2
O yoki M 5,75 H
2
O
ko‗rinishda yoziladi.
Ikkinchi turdagi gidratlar (5.15, b - rasm) hosil bo‗lishida suvning 136 ta
molekulasi 8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi. Bu panjaralar
16 ta bo‗lib, diametri 0,48 nm.ga teng, katta bo‗shliqlar 8 ta bo‗lib, diametri 0,69
nm.ga teng. Bu kichik va katta bo‗shliqlarning hammasi
gidrat hosil qiluvchi
moddalar bilan to‗lganda, bunday gidratlar 8 M 136 H
2
O yoki M 17 H
2
O ko‗rinishda
yoziladi.
Gidratlar hosil bo‗lish jarayoni juda murakkab bo‗lib, buning uchun bir
vaqtning o‗zida suv, gaz, suyuq gidrat hosil qiluvchi modda va muz o‗rtasida bosim
bilan harorat o‗zgarishi natijasida geterogen (getero - grekcha ―har xil‖ makroskopik
bir xil bo‗lmagan fizik - kimyoviy sistema,
har xil xossalarga suyuq, qattiq, gaz)
tizimlarning muvozanat holatlari mavjud bo‗lishi kerak. Bu holatlarni 5.16 - rasmdagi
diagrammadan yaqqol ko‗rish mumkin.
5.16 – rasm. Gidratlar hosil bo‗lish
fazaviy diagrammasi. I - gazsimon gidrat
hosil qiluvchi karbonsuvchil, II - gidrat
hosil qiluvchi suyuq eritma, III - suv
eritmasi gidrat hosil qiluvchi modda
holatida, IV – gidrat holati va V – moda
muz holatida.
5.16 - rasmdagi ―C‖ nuqtada to‗rt xil xususiyatga ega bo‗lgan modda mavjud,
ya‘ni karbonsuvchil, gidrat hosil qiluvchi suyuq eritma, suv va gidrat moddalari bor
bo‗lgan murakkab geterogen sistemasi bor. Xuddi shuningdek V nuqtada, uch xil
169
xususiyatga ega bo‗lgan geterogen sistemasi mavjud.
Bu sistemalarni parchalash
uchun harorat yoki bosimni birozgina o‗zgartirish kifoya, shunda geterogen sistemasi
parchalanib, alohida bir turkumdagi moddalarga aylanadi.
Gazlarning gidratlanishini oldini olish uchun avvalo, yer ostidan olingan gaz
maxsus qurilmalarda
namlikdan tozalanadi, quritiladi. Quritish shu darajada olib
boriladiki, to gazni quvurlardan haydash normal (ya‘ni halokat yoki gidratsiz)
sharoitlarda bo‗lishi ta‘minlanadi. Ba‘zan gaz yig‗uvchi shahobchalarga yoki uzoqqa
gaz uzatuvchi quvurlarga antigidrat, ya‘ni gidrat hosil qilishni oldini oluvchi maxsus
moddalar - ingibitorlar ham qo‗shib haydaladi.
Shuningdek, gidrat hosil bo‗lishdan paydo bo‗lgan to‗siqlarni yo‗qotish uchun
ham ingibitorlardan foydalaniladi, ba‘zan esa
quvur ichidagi gaz bosimini
o‗zgartirish (ko‗pincha pasaytirish) yoki haroratini oshirish natijasida ham gidratlar
yo‗q qilinadi.
Dostları ilə paylaş: