N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Eletrokimyoviy korroziya
 
geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo`lib, unga 
suvli eritmalarda, nam gazlarda, tuz va ishqorli eritmalarda sodir bo`ladigan 
jarayonlar kiradi va metallning muhit bilan o`zaro ta`sirn natijasida elektr toki hosil 
bo`lishi kuzatiladi. Elektrokimyoviy korroziyani sodir bo`lish sharoiti, muhitning 
xossalariga va boshka turlarga ko`ra tasniflash mumkin. 
Agressiv muhitlarning turlariga ko`ra
 
korrozion jarayonlar atmosferaviy, 
gazda, suyuqliklarda, tuproqda, adashgan toklar ta`sirida, biologik korroziyalarga 
bo`linadi. 
Korroziya ingibitorlari – neft oluvchi jihozlarni korroziyadan himoya qilishda 
samarador hisoblanadilar. Neft konlari jihozlarini himoya qilish uchun 


175 
qo‘llaniladigan ingibitorlar ishlatilishi maqsadiga ko‗ra qo‗yidagi sinflarga 
bo‗linadilar:
1 sinf – H
2
S va (yoki) CO
2
, bo‗lgan kam eriydigan muhit uchun (I-1 A, IKB-2-
1, GRM). 
2 sinf – H
2
S va (yoki) SO
2
, bo‗lgan suvda eruvchi muhit uchun. 
3 sinf – O
2
bo‗lgan suvda eriydigan muhit uchun (IKB-4, IKAR-1, ikki 
ortofosfor kislota).
Ingibitorlarni korroziya muhitiga kirib ishda ko‗p tarqalgan 3 ta usuldan 
foydalaniladi: 
-
olinayotgan muhitga ingibitor eritmasini to‗xtovsiz kiritish; 
-
texnologik jihozlarni vaqti-vaqti bilan ishlash; 
-
qatlamga ingibitor eritmasini haydash. 
Ingibitor eritmasini to‗xtovsiz kiritishda u himoya qilinadigan tizimga 
dozirovka qiluvchi nasos yordamida doimo haydab turiladi. Ingibitorning eritmadagi 
konsentratsiyasi uning turiga bog‗liq va 25’100 mg/l intervalida o‗zgarib turadi. 
Metall yuzasida himoya parda hosil bo‗lish vaqtini kamaytirish uchun, 
jihozlarni ishlatishdan oldin ingibitorni yuqori konsentratsiyasi bilan ishlanadi. Metall 
yuzasini korroziya mahsulotlari va iflosliklardan taxminiy tozalash, himoya pardasini 
hosil bo‗lishini osonlashtiradi. Davriy (vaqti-vaqti bilan) ingibirlashda yuqori 
konsentratsiyali eritmadan foydalaniladi. 
Neft va gaz sanoatida korroziya ingibitorlarining keng ko‗lamda qo‗llanilishi 
sohada foydalaniladigan jihozlar va qurilmalarning konstruksion uglerodli 
pulatlardan tayyorlanganligi va ularning «neft-gaz-suv» korrozion tajavvuzkor 
muhitida ishlashi bilan bog‗liq. Korroziya ingibitorlari alohida va boshqa himoya 
usullari bilan birgalikda qo‗llanilishi mumkin. 
Anodli ingibitorlar faqat anodli jarayonlarni sekinlashtiradi, ya‘ni metall 
ionlarining eritmaga o‗tishini sekinlashtiradi.
Katodli ingibitorlar kislorodning ionlanishi orqali korroziya tezligini 
sekinlashtiradi, katodga kislorod va vodorod ionlari diffuziyasini kamaytiradi.


176 
Ingibitorlarning himoyalash mexanizmlari to‗g‗risida bir qancha nazariy 
qarashlar mavjud bo‗lib, ulardan eng asoslanganlari adsorbsion va qatlamli
himoyalash mexanizmlari hisoblanadi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin