192
Uncha chuqur bo‗lmagan quduqlarda sement aralashmasini ishlatish
obyektlariga tushmasligi uchun ―sifon‖ usulidan
yoki tarnovlardan foydalanish,
chuqur quduqlarda esa qo‗yuvchi aregatlardan (bosimsiz) foydalaniladi.
Tubdagi suvlar quduq tubi (zumpf) va ishlatish obyektlari orqaliham kirib
keladi.
Bunday holatlarda nuqson ustidan 3-5 m balandlikda stakan o‗rnatiladi.
Tub suvlarni bekitish texnologiyasi pastki suvlarni bekitish texnologiyasi
kabidir. Tamponaj neft sement aralashmasi bilan amalga oshiriladi. Bunda tub suvlari
qum holatlarda quduqqa
yoriqlar yoki qatlam kanallari, g‗ovakliklar orqali kirib
keladi.
Ko‗p holatlarda suv-neft oraliqlari orqali teshik teshish va u orqali bosim bilan
sement aralashmasini haydash kerak. Tub suvlarni yo‗lini bekitish uchun sementlash
oldidan qatlamda bosim ostida gidravlik yorish amalga oshiriladi.
Quvur orti qismi orqali kirib keladigan suvlarni berkitish
.
Bunda ham
filtrning nuqsonlari orqali kirib keladigan suvlarning yo‗li, yuqoridan kirib keladigan
suvlar kabi aniqlanadi.
Mahsuldor qatlamni sementlash xavfi bo‗lmasa, nuqsonlar
orqali bosim ostida
sement haydaladi.
Boshqa holatlarda ham sementsiz aralashmalar haydaladi.
Yondosh ishlatish quduqlari orqali kirib keladigan suvlarni bekitish.
Eski
ishlatiladigan qatlamlarda bir quduqdan ikkinchi quduqqa suvlarni kirib kelishi sodir
bo‗ladi. Odatda bunday holat quduqlar bir-biriga yaqin joylashganda, ko‗p muddat
davomida katta qiymatda suyuqliklar olinganda sodir bo‗ladi.
Bunda
suv qatlam yoriklari, tektonik buzilishlar orqali harakatlanadi va
quduqlarni biroz suv bosgan bo‗ladi.
Hozirgi paytda bunday quduqlar Toshli, G‗arbiy Toshli,
Sharqiy Toshli,
Ko‗kdumaloq va hakozo ko‗pgina konlarda uchramoqda. Suv yo‗lini to‗sish uchun
suvlantiruvchi quduqning filtr teshiklari yordamida suv yoki neft sement eritmasi
yordamida bosim bilan sementlanadi.
193
Sementlash davrida, ulashish va ko‘tarish davrlarida qo‗shni
quduqda qarshi
bosim hosil qilish kerak. Quduqning ichidan hamma yer osti jihozlari chiqariladi,
chunki sementlash jarayonida sementlar oqim yo‗llari orqali kirib borishi mumkin.
Sementlashdan keyin sement stakani burg‗ilab olinadi va ishlatish obyekti filtri
ochiladi.
Dostları ilə paylaş: