N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 Yoriqli va yoriq g‘ovakli qatlamlarga suv oqib kelishini cheklash



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
6.7. Yoriqli va yoriq g‘ovakli qatlamlarga suv oqib kelishini cheklash 
Bunday qatlamlarni ishlatishda quduqlarning muddatdan oldin suvlanishi, 
yuqori o‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan yoriqlarning suv yorib o‗tishi bilan bog‗liq. 
Hajmiy bog‗liqlikni hosil qilmaydigan va siljishning past gradiyentiga ega bo‗lgan, 
ya‘ni quduqni ishlatish davomida yoriqlardan chiqarib tashlanadigan materiallarni 
qo‗llash bilan bog‗liq ishlar kam samarali deb topiladi. Sementli va ko‗pik sementli 
suspenzayalarni, SFM asosidagi qovushqoqli tarang tarkiblarni qo‗llash ko‗proq 
samarali deb hisoblanadi. 


190 
Donador tamponlovchi materiallarni qo‗llash yuqori samaraga ega. Ivanovo-
Frankovsk neft va gaz institutida donadorlangan magniyni (0,5-1,06 mm) qo‗lash 
bilan suv oqimiini chegaralash texnologiyasi ishlab chiqilgan, magniy va uning 
oksidini qatlam suvi va xlorlashgan magniyning o‗zaro ta‘siri natijasida, magniy 
gidrooksidining cho‗kindisi va magnezial sement hosil bo‗lishiga asoslanadi. 
Magniyning qum bilan aralashmasida magniy massa miqdori 20% ni tashkil qilishi 
maqsadga muvofiq, bo‗ladi. Qatlamni gidravlik yorish sxemasi bo‗yicha qatlamda 
mavjud yoriqlar kengaytiriladi, magniy-qumli aralashma bilan to‗ldiriladi va ajratish 
tuzilmasi hosil bo‗lishi uchun quduq 48-60 soat berkitiladi. Neftga to‗yingan 
oraliqlarga tushgan donalarni eritish va oqimni jadallashtirish uchun kislotali ishlov 
berish o‗tkaziladi. 
 
Yuqoridan keladigan suvlarning yo‘lini berkitishni loyihalash. 
 
Bekitish 
ishlaridan keyin yuqoridan keladigan suvlarni, ya‘ni ishlatish tizmasining nuqsonli 
joylari orqali keladigan suvlarni quyidagi usullarda bekitish mumkin: 
a) suvli asosli aralashmali tizmaning nuqsonli joyi orqali bosim ostida haydash 
va keyin sement stakanini burg‗ilab olish; 
b) notsement aralashmasini quyish va keyin ortikcha eritmani yuvib olish
v) qo‗shimcha himoyalovchi tizmani tushirish va keyin sementlash; 
g) maxsus pakerlar tushirish. 
Quvur orqasi fazasidan filtr teshiklari orqali keladigan yuqoridan keladigan 
suvlarni bekitish. 
a) filtr teshiklari orqali sement aralashmasini quyish, keyin sement stakanini 
burg‗ilab olish yoki ortiqcha sement eritmasini yuvib tashlash; 
b) filtr teshiklari orqali sement eritmasini quyish, keyin ortiqchasini yuvib 
tashlash. 
Yuqori suvlarni oqimini joyi va harakat yo‗li tizmaning nuqson joyi orqali 
quduqqa kirib kelishi rezistivimetr, manometr, elektro harorat o‗lchagich hamda 
fotoelektr va gidro akustik usullar yordamida aniqlanadi. 


191 
Ishlatish qatlamining quduqdagi filtriga sement aralashmasining tushishini oldini 
olish uchun quduqda qum shibbalanadi, agarda kerak bo‗lsa to‗kma tiqin ustidan 
sement stakani qo‗yiladi. 
Kirib keladigan suvlarni yo‗lini yopish uchun nuqson joyi orqali bosim ostida 
(haydovchi quvur yoki quvur orqali) sement haydaladi. 
Suv asosli sement eritmasini tizmadagi harakat yo‗lini kuzatish uchun unga 
radiaktiv izotoplar qo‗shib haydaladi. Qotish muddati bo‗lgandan so‗ng quduq 
germetiklikka yuqori bosim ostida sinaladi. Undan keyin tizmadagi sement stakani 
burg‗ilanadi, nuqsondan pastda yotgan qumli tiqin yuviladi, nuqsonli joyi esa 
germetiklikka yuqori bosim ostida yoki sathni pasaytirish yo‗li bilan sinaladi va 
quduq yuviladi. 
Agarda tizmada bir nechta nuqsonlar mavjud bo‗lsa, ta‘mirlash ishlari quyidagi 
tartibda o‗tkaziladi: birinchidan yuqoridagi nuqsonli joy bartaraf qilinadi, undan 
keyin esa pastda joylashgan joy tuzatiladi. 
Quduq tubiga quvur orqasidan kirib keladigan yuqori suvlarni bekitish uchun 
tizma filtr teshiklari orqali sementlanadi. Suvli-sementli eritma qo‗llanilganda 
ishlatish obyektining quduq tubi zonasining ifloslanish ehtimolligi yuqoribo‗ladi, past 
qatlam bosimi mavjudligi bilan harakterlanadi. Bunda neftli sement aralashmasi 
qo‗llaniladi. 
Yuqoridan keladigan suvlarni ishonchli bekitish ishlarini amalga oshirish uchun 
bosim bilan sement haydaladi va quduq tubidagi sement stakanini esa burg‗ilab 
olinadi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin