N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Quduqqa qum kelishini oldini olish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Quduqqa qum kelishini oldini olish. 
Mahsulot miqdorini ma‘lum bir ruxsat 
etilgan darajagacha pasaytirish bilan jinslarning buzilishini cheklash mumkin. Biroq 
tog‗ jinslari kuchsiz sementlangan sharoitdagi quduqlarni bunday rejimlarda ishlatish 
ko‗p hollarida iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‗ladi. Shuning uchun har xil quduq tubi 
sizgichlari qo‗llaniladi yoki quduq tubi zonasida jinslarni qotirish amalga oshiriladi. 
Tayyorlanish konstruksiyasi va texnologiyasiga ko‗ra quvurli va shag‗alli 
sizgichlar mavjud. Quvurli sizgichlarni quduqqa mustahkamlovchi quvurda yoki 
nasos-kompressor quvurlari yordamida mustahkamlovchi quvurlar birikmasi ichiga 
tushiriladi. Ularni oddiy (quvurda teshiklar 1,5-20 mm yoki tirqishlar 0,4-0,5 mm li 
o‗lchamda), murakkab (simni o‗rashdan hosil qilingan), metallokeramik presslangan 
kukunni vodorodli muhitda 1200˚ C da qizdirib biriktirishdan hosil qilingan turlarga 
ajratish mumkin. 
Shag‗alli sizgichlar yer yuzasida (shag‗al fraksiyasining diametri 4-6 mm, ikkita 
perforatsiyalangan quvurlar orasidagi oraliq 20-25 mm) va quduq ichida 
(perforatsiyalangan quvur devori ortidagi zarralar qavati yuvilmasa) tayyorlanishi 
mumkin. Quduq tubi zonasining jinslarini mustahkamlash zarralarini o‗zaro har xil 
jismlar bilan bog‗lashdan iborat. Bunda sementli eritma, sement – qumli 
aralashmalarning eritmasi, fenolformaldegidli mum va hokazolar ishlatiladi. Usulning 
mazmuni, vazifasi jismlarni nasos-kompressor quvurlari orqali quduq tubi zonasiga 
haydashdan iborat. Qatlam qalinligi va quduqning yutilish qobiliyatidan iborat. 
Qatlam qalinligi va quduqning yutilish qobiliyatiga bog‗liq holda, haydash jarayoni 
bir yoki bir necha marta o‗tkaziladi. Eritma tog‗ jinsidagi bo‗shliqlarni to‗ldiradi va 
qotishib qum zarralarini mustahkam holda bog‗laydi biroq bunda o‗tkazuvchanlik 
kamayadi. Mumning qotiruvchi sifatida 15-20% xlorid kislota eritmasi qo‗llaniladi. 
Saxalin NIPI neft instituti xodimlarining taklifiga ko‗ra mumga qo‗shimcha qilib 


194 
donador magniy qo‗shiladi, u xlorid kislotali eritmaning bir qism bilan o‗zaro 
reaksiyasi natijasida ajralib chiqaruvchi vodorod g‗ovaklar hosil qilib, tubi zonasini 
o‗tkazuvchanigini oshirishga yordam berish. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin