198
- har bir quduqdan kelayotgan neft, gaz va qatlam suvi tazyiqli tashlama quvur
orqali avtomatlashtirilgan guruhiy o‗lchov qurilmasiga uzatiladi;
- AGO‗Qda joylashtirilgan ajratgich quduq mahsulotini gaz va suyuqlikka
( neft+suv) ajratib beradi;
- neft, gaz va suvni AGO‗Q dan shu maydonning o‗zida joylashgan bir
bosqichli ajratgichga uzatiladi;
- bir bosqichli ajratgichdan ajratib olingan neft gazi o‗z bosimi ostida kon
ehtiyojlari uchun yoki uzoqdagi iste‘molchilarga uzatiladi, neft bilan suv esa neftda
erigan gaz bilan birgalikda ikki bosqichli ajratgichga yuboriladi. Bu yerda neft past
haroratda gazsizlantiriladi va qatlam suvidan birlamchi tozalanadi.
- ikki bosqichli ajratgichdan neft o‗zidan ajratilgan suv bilan tovar holiga
yetishishi uchun ajratgich-deyemulgatorga uzatiladi, bu yerdan gaz ajratgich –
deyemulgatordan o‗zining bosimi ostida GQIZ ga uzatiladi.
Shunday qilib, neft va gazni yig‗ish va uzoqqa uzatishga tayyorlash quduq
og‗zidan boshlanib, neft, gaz, suvni tayyorlash qurilmalarida tugaydigan yagona
texnologik jarayondir.
Dostları ilə paylaş: