188
6.6. Qatlam suvlaridan muhofaza qilish – izolyatsiya ishlarini loyihalash
Barcha ajratish – ta‘mirlash ishlarini maqsadga muvofiq holda uch ko‗rinishda
bajarish mmukin: mustahkamlovchi quvurlar birikmasini
va sement halqasini
nogermetikligini bartaraf etish; alohida qatlamlarni o‗chirish; qatlamning alohida
suvlangan oraliqlarini, qalinlik bo‗yicha joylashish o‗rni va suvlanish tavsifidan
qat‘iy nazar o‘chirish, shu bilan birga quduqlarda suv haydash hamda kesmasini
boshqarish.
G‗ovaklar, yoriqlar va boshqa turli o‗lchamdagi kanallar suv oqimining yo‗llari
bo‗lishi mumkin. Oqimni ajratish usulini va suv qabul qilish
kesimini boshqarishni
texnologik nuqtai nazardan ajratuvchi materiallarning dispersiyalanish boschiqiga
qarab qo‗yidagi guruhlarga bo‗linadi:
1) Tamponaj eritmasini qatlam g‗ovaklariga sizilishi;
2) Ingichka – dispergatsiyali tamponlovchi materiallar suspenziyasi;
3) Donalangan tamponlovchi materiallar suspenziyasi;
4) Mexanik moslanmalar va qurilmalar.
Zarralarning g‗ovaklarga kirishi g‗ovak (d,) va zarralarning (d,) o‗lchamlariga
bog‗liq. Agar d,>10d bo‗lsa, bunda sochilgan (dispersiyali) zarralar g‗ovak kanallari
bo‘ylab erkin harakatlanadi. d,<3d da o‗tish bo‗lmaydi; 3< d,/ d,<10 bo‗lganda d,/5d,
ko‗proq yuz beradigan suyuqliklar sizilishidagi kolmatatsiasi sodir bo‗ladi. Agar
yoriqning kengligi d zarra diametridan ikki barobar ortiq bo‗lsa d >2d dan, zarralar
yoriqlar bo‗yicha erkin harakatlanadi deb hisoblanadi. Bundan ko‗rinib turibdiki
g‗ovaklar uchun 3 >d/d>10; yoriqlar uchun 1< d/ d<2 bo‗lgan ingichka dispersli
materiallar kiradi. Hozirgi vaqtda ko‗pgina turli xil tamponlovchi
materiallar taklif
etilgan. Tamponlovchi to‗siqlarni yaratish mexanizmini fizik hodisalar va kimyoviy
reaksiyalarga asoslangan. Tamponlovchi materiallarini turli xil mumlar (SD-9, S-10)
polimer eritmalari (gipan, SFM, metas, tampakril va hokazolar), organik birikmalar
(qovushqoq gazsizlantirilgan neft; karbonsuvli erituvchilar, mazut, bitum va
parafinga to‗yintirilgan; neft empulsiyalari, neft oltingugurt kislotalari aralashmalari
va hokazolar), kremniyli birikmalar (selikagel) va boshqa noorganik jismlar (natriy
silikati, kalsiylangan soda va boshqalar) asosida yaratish mumkin.
189
Zarrali eritmalarni sochilish muhiti bo‗lib, suvlar yoki karbon suvchillar
asosidagi suyuqliklar va shular qatorida g‗ovaklarda siziluvchi tamponlovchi
materiallar ham xizmat qiladi. Dispersion
faza sifatida sement, gil, parafin, yuqori
oksidlangan mum, rubraksa, yong‗oq po‗chog‗i poliolefinlar (polimerlar), magniy,
yog‗och qipig‗i, teri, asbest, so‗ndirilgan ohak, qum, graviy, burg‗ilovchi eritmaning
og‗irlagichlari, rezina va neylon sharchalarni qo‗llash taklif etiladi.
Mexanik moslamalar va uskunalarga quvurlar, xvostovik yoki kichik diametrli
qo‗shimcha quvurlar birikmasini misol qilish mumkin.
G‗ovak muhitni jipslab berkitish mexanizmi bo‗yicha bu usullar saralangan va
saralanmagan usullarga bo‗linadi. Saralab ajratish usuli ikki guruhga ajratiladi:
1) Suvda erimaydigan
va neftda eriydigan, materiallarning g‗ovak bo‗shlig‗ini
jipslab berkitishni hosil qiluvchi saralangan ajatuvchi rayegentlar;
2) Qatlam neftiga ta‘sir etmaydigan va qatlam suvi bilan aralashganda
materiallar g‗ovak bo‗shlig‗ini jipslab berkitishni hosil qiluvchi saralangan ta‘sirdagi
ajratuvchi reagentlar.
Bir yoki bir necha ta‘mirlov – ajratish ishlarini bajarganda, har bir ajratish usuli
o‗zining samarali qo‗llash doirasiga ega. Uni mahsuldor qatlam yoki suvlantiruvchi
qatlamning geologik – fizik xususiyatlariga, quduq konstruksiyasiga, gidrodinamik
sharoitlarga, berilgan kondagi ta‘mirlovchi ajratish ishlarini o‗tkazish
tajribasiga,
materillar va texnika bilan jihozlanganligiga bog‗liq holda tanlanadi. Juda keng
ko‗lamda sement suspenziyasi va SD-9 mum tarkibi qo‗llaniladi.
2>10>3d>
Dostları ilə paylaş: