N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 §. Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

6 §. Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan
asosiy muammolar 
Gaz konlarini ishlatishning joriy holati va samaradorligining kattaligi, konni 
va uni o‗rab turgan bassenning geologik tuzilishining barcha xususiyatlarini hisobga 
olib ishlatish sistemasining qanchalik mukammal va amaliy holatga yaqinlashtirib
loyihalashtirilganligi orqali aniqlanadi. Geologik va gidrogeologik shartlar, shu bilan 
birgalikda tanlangan ishlatish texnologiyasi asosida loyihalashtiriladi. 
Konni ishlatishning murakkablik darajasini aniqlovchi shartlar va omillarni va 
ularning ta‘siri asosida nazorat qilish ko‗rsatkichlari kompleksini shartli ravishda ikki 
guruhga ajratamiz: geologik va gidrogeologik; texnologik. 
Birinchi guruhga uyum o‗lchami va uning boshlang‗ich parametrlari 
(mahsuldor qatlamnining yotish chuqurligi, qatlam bosimi va harorati, gaz va 
kondensat zaxirasi), mahsuldor gorizontning geologik tuzilishi (ko‗p qatlamliligi, 
kollektorlik xossalarining har xilligi, siniqli buzilishlari va boshqalar), uyum turi 
(qatlamli, salmoqli (massivnaya), suv ustida joylashuvchi (vodoplavayushaya), 
qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar. Bu guruhda uyum suv 
taziqli basseyn bilan aloqada bo‗lishi bilan tavsiflanadi. Bu basseynning xossalariga 
tarqalish kengligi, o‗tkazuvchanligi, gidrostatik napori kiradi. 
Ikkinchi gruhga uyumni ishlatish usuli (qatlam bosimini ushlash, uyumning 
gazli qismini yoki neft yotqizig‗ini ishlatmasdan, so‗nish orqali ishlatish va 
boshqalar); uyumdan uglevodorodlarni olish surati va alohida quduqlar debiti, 
ularning ishchi bosimi va joriy holati; tuzulmada quduqlarning joylashtirilishi va 
mahsuldor gorizontni ochilish tizimi; gazning qatlam ichida yoki qatlamdan-qatlamga 
silishi mumkinligi va boshqalar. 
Ayrim faktorlar, qo‗shni konlarning o‗zaro ta‘siri, ishlash rejimi va boshqa 
ko‗rsatkichlar umumiy hisoblanib, ular konni ishlatish vaqtida kuzatib, bu 
ko‗rsatkichlarni shartli ravishda ikkinchi guruhga o‗tkazamiz. 
Umumiy holatlarda tilga olingan faktorlar qancha ko‗p bo‗lsa nazorat 
sistemasi shuncha qiyin bo‗ladi. Katta o‗lchamli va gazga to‗yingan bir xil bo‗lmagan 
kollektorli, blokli tuzilishli ko‗p qatlamli, shu bilan birgalikda qatlam suvlari bilan 


182 
ta‘sirlashgan konlarda maksimal nazorat parametrlarini qo‗llash talab etadi. Katta 
bo‗lmagan bir qatlamli gaz konini soddalashtirilgan nazorat sistemasi va katta samara 
bilan ishlatish mumkin bo‗ladi. 
Nazorat sistemasi texnologik sxemani tuzish va tajribaviy-ishlatish loyihasini
yoki sanoat ishlatish loyihasini tuzish davrida aniqlanadi.
Gaz konini ishlatishning barcha davrlarida qatlam suv bosimi rejimida 
ishlayotganda ostki va chekka suvlarning qatlamga suvning kirib kelishiga asosiy 
etibor qaratiladi. Qatlamdan gazni olishning barcha davrlarida ham suvning faolligi 
bir xil bo‗lmaydi. Odatda dastlab faqat gaz bosimi rejimi belgilari kuzatiladi. Qatlam 
bosimi tushishi evaziga suvning ancha faol ta‘siri kuzatiladi. Ishlatishning so‗ngi 
davrlarida suvlanganlik keng tarqalgan bo‗lib, bunda sizilishga qarshilik ortib 
suvning faolligi kamayadi. G‗ovak va kovak kollektorlarda suvlanish jarayoni 
o‗zgarishlarga boyligi, suvlangan gaz qatlamlarining nazorat sistemasiga aniq 
yondashishni talab qiladi. Gazkondensat konini ishlatish o‗ziga xos xususiyatga ega 
bo‗ladi. 
Gazkondensat 
konini 
ishlatishda 
asosiy 
muammo 
uglevodorod 
kondensatlarini qatlamdan qazib olish bilan bog‗liq bo‗ladi. Bir tomondan bu savolni 
yechish uchun qatlamning maksimal beraoluvchanligini oshirishda yechimlarini talab 
qiladi.
Respublikamizda tabiiy gaz va gaz kondensati asosan Buxoro va Qashqadaryo 
viloyatlarida joylashgan konlarda qazib olinadi. Bu yerda hozirgi kunda 15 dan ortiq 
kon ishlatilmoqda, bular orasida yirik konlar: Sho‗rtan. Zevarda, Pomuq, Alan, 
Kultak, Shimoliy O‗rtabuloq, Dengizko‗l, Ko‗kdumaloq va boshqalar hisoblanadi. 
Gaz zahirasi bo‗yicha yirik bo‗lgan Gazli koni, deyarli ishlatib bo‗lingan va u 
yer osti gaz ombori sifatida ishlatib kelinmoqda. 
Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishda qo‗yidagi asoratlar uchraydi:
 
-quvurlar birikmalari aro gaz o‗tishi; 
-ostki va konturdan tashqari qatlam suvlari bilan suvlanish; 
-quduq tubida tomchi suyuqlikning (bug‗ namligi va gaz kondensati) yig‗ilishi; 
-quduq uskunasining oltingugurtli va karbon kislotali ta‘sirlarda yemirilishi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin