1. KPG-gaz quduqlarining yer ostki majmuasi; 2. KSG-gaz quduqlari
majmuasi
.
Gaz sanoatida KPG 89-35-145 kg turi keng qo‘llaniladi. KPG gaz va
gazkondensat konlaridagi normal va zanglash holatlarini vujudga keltirish
sharoitlarida, KSG esa juda chuqur, ya‗ni gidrostatik va anomal bosim mavjud
bo‘lgan konlarda qo‘llaniladi.
Paker
– quduqdagi mustahkamlovchi, ishlatish quvurlarini zichlash uchun,
ya‗ni qatlamlar oralig‘ini ajratishda qo‘llaniladi.
161
5.13-rasm. KPG-gaz
quduqlarining yer ostki
majmuasi
Paker turlari: PD-YaG, 2PD-YaG, 3PD-YaG: 2,3-modeli, P-paker, D-
belgilovchi bosim, Ya-qo‘shimcha moslamalar, G-gidravlik bosim.
Ajratuvchi to’sqich –
gaz quduqlarida belgilangan miqdorning oshib ketishini
oldini olish, ya‗ni avtomatik ravishda quduqni yopish.
Aylanma to’sqich –
gaz quduqlarini o‘zlashtirish yoki to‘xtatish davrida
quvurlar ichki va tashqi qismlarida aylanma harakatlarni vujudga keltiradi.
2 turi mavjud: KUM -
mexanik uzatma orqali va
KUG -
gidravlik uzatma
orqali.
Ingibitor uchun to’sqich -
gidratlanish va zanglashga qarshi reagent yuborish
moslamasi, quyidagi turlari mavjud: KING, KINGS.
162
Quduq kamerasi
– kamera orqali quduqqa ingibitor uchun to‘sqich, yopgich
va aylanma tiqin (probka) tushiriladi.
Qulf –
ajratuvchi to‘sqich, sozlovchi to‘sqich va tiqinlarni birlashtirish uchun
quduqlarga nippel bilan o‘rnatiladi
.
Pakerlar, turlari, tuzilishi va tasnifi.
Quduq zichlagichlari (pakerlar) quduqning ishlatishda uni mustahkamlangan
qismiga o‘rnatiladi. Zichlashish natijasida zichlagichlar mustahkamlovchi quvurlarga
siqiladi va bu zichlashish zichlagichni ostki va ustki quduq tanasi qismini mustahkam
bir – biridan ajratishi kerak bo‘ladi. Ishlatish talablarida zichlagichlarni ishlatish
tartibi quyidagilarga bo‘linadi :
1.
Qatlamda neft va gaz olishda qo‘llaniladigan zichlagichlar:
A) quduqda ikkita ajratilgan kontaktlarni talab qiladigan jihozlarda (NKK lari
va bir necha qatlamlarni ajratib ishlatishda mustahkamlovchi quvurlar va NKK lari
orasidagi zichlangan pastki bo‘shliqda);
B) quvurlarsiz ishlatishda (pastki qismida zichlagich o‘rnatilgan
mustahkamlovchi quvurlar birikmasi bo‘ylab va suyuqlik ko‘tarilganda);
V) gaz alomati paydo bo‘lganda gaz otqini oldini olishda (to‘xtatuvchi –
to‘sqichli paker).
2. Tadqiqot va sinash ishlarida qo‘llaniladigan zichlagichlar:
A) bir quduq orqali ochilgan qatlamlarni bo‘lib tadqiqot qilishda:
B) quvurlar birikmasi zichligini yoki tsement halqasi bilan ajratilgan
qatlamlarni zichligini tekshirishda ishlatiladigan zichlagichlar.
3. Qatlamga yoki quduq tubi mintaqasiga ta‗sir qilish uchun qo‘llaniladigan
zichlagichlar:
A) qatlamni gidravlik yorishda;
B) qatlam bosimini ushlab turishda;
V) issiqlik tashuvchini qatlamga haydashda.
Pakerni asosiy belgisi – zichlovchi belgilar.
Bu belgi uqqiy og‘irlik ta‗sirida kengayib bo‘shliqni zichlaydi. U
mustahkamlovchi quvurlar birikmasi va paker shtokiga zichlik hosil qiluvchi kuch
163
bilan siqiladi. Bunda uqqiy og‘irlik NKQ lari og‘irligi hisobiga hosil bo‘ladi, pakerni
tayanchi bo‘lib shlipisli tutqich xizmat qiladi.
Pakerni zichlovchi belgilari quyidagilarga bo‘linadi :
1.
Uqqiy og‘irlik ta‗sirida kengayadigan belgilar. Uqqiy og‘irlik quvurlar
og‘irligi va haydayotgan muhit tarafidan siqilayotgan porshen bosimi hisobiga hosil
bo‘lishi mumkin.
2.
Ichki bo‘shliqlarda ortiqcha bosim hosil bo‘lishi hisobiga kengayadigan
belgilar. Bunday zichlagichlarga asosiy xom – ashyo bo‘lib rezina xizmat qiladi;
3. Rezinali o‘zi zichlanuvchilar.
Birinchi turdagi zichlovchi belgilar NKQ larini yetarli bo‘lgan og‘irligida,
kerakli kuch bilan mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga siqilgan bo‘lishi mumkin.
Bunda quvurlar birikmasining pastki qismi bo‘ylama egrilanishga uchraydi.
Har bir paker uchun tayanch hosil qilish kerak. Tayanch birinchi turdagi
zichlovchi belgilarni siqishda NKQ lari og‘irligini o‘ziga olish uchun va hamma
turdagi zichlashda uqqiy kuchlarni o‘ziga olish uchun kerakdir (paker ishlashida
suyuqlik bosimi hisobiga hosil bo‘ladigan uqqiy kuchlar).
Tayanch quyidagicha bajarilgan bo‘lishi mumkin:
-
quduq tubiga dumcha orqali;
-
mustahkamlovchi quvurlar birikmasi diametrini o‘zgarishiga;
-
mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga shlipsli tutqich qilib;
-
mustahkamlovchi quvurni muftali tutashmasini shlipsli tutqichi va torsiga.
―Dumcha‖larni qo‘llash zich tubda va paker va tub orasidagi chegaralangan
masofada (20-30 m) tavsiya etiladi.
YaG va YaG1 yakorlar (langar) – quduq jihozini ishlatish quvurlar birikmasi
ichida sirpanishini oldini olish uchun ishlatiladi. Yakor quduqqa NKQ lar birikmasi
yordamida tushiriladi. Yakorni o‘rnatish porshen ostiga tushib vintni kesadi va
shunda plashkalar radial yo‘nalishda tarqalishib NKQ larini ichki devorlariga
langarlanadi.
|