N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

Gaz quduqlari yer osti jihozlari. 
Gaz quduqlarining tuzilishi neft quduqlarining tuzilishiga o‘xshash bo‘lib, 
faqat gaz quduqlariga germetik jihatdan alohida e‗tibor bilan nazarda ish yuritish 
kerak. 
Quduq tubi konstruksiyasi 3 ko’rinishda bo’ladi: 
 

ochiq
– mahsuldor qatlam quvurlar bilan mahkamlanmagan va 
sementlanmagan. 


160 

aralash -
mahsuldor qatlamning pastki qismi ochiq, yuqorisi esa 
mustahkamlash quvurlar birikmasi bilan berkitilgan va sementlangan, hamda 
teshilgan bo‘ladi. 
-
yopiq 

mahsuldor qatlam mustahkamlash quvurlar birikmasi bilan to‘liq 
yopilgan, sementlangan, quvurlar teshilib, qatlam ochilgan.
Shurtan konida hozirgi vaqtda 127 ta quduqdan mahsulot olinayotgan bo‘lib, 
ishlatiladigan quduqlar, asosan quyidagi konstruksiyalarga egadir: konduktor-S324 
mm, tushish chuqurligi - 100 dan 500 m gacha, texnik kolonna-245 mm, tushish 
chuqurligi - 2100 dan 2350 m gacha, ishlatish kolonnasi - 168 mm, tushish chuqurligi 
- 3000 dan 3250 m gacha, liftli quvurlar (LQ) diametri - 114 va 89 mm. 
Gaz quduqlari uskunalari – yer ostida va yer ustki qismida ham joylashishi 
mumkin bo‘lib, yer ustida favvoraviy armaturalar o‘rnatilib, ularning turi qatlam 
bosimi, harorati, gaz tarkibi, kollektorlardagi tog‘ jinslari tarkibi, agressiv 
komponentlarga qarab tanlanadi. Quduq ichiga komplekslashgan quduq moslamalari 
(KSO) tushiriladi. 
Komplekslashgan quduq moslamalari quduqlarning avtomatik ravishda 
yopilishini (gaz mahsuli oshib ketganda, avariya holatlarida, yer ustki quduq 
moslamalarida profilaktik va germetik zichlash ishlari olib borilganda) qo‘llaniladi. 
Komplektda paker, ajratuvchi to‘sqich, aylanma to‘sqich, ingibitor uchun 
to‘sqich, qulflar, o‘tirg‘izish nippeli, teleskopik birlashmalar, quduq kamerasi, 
sozlovchi to‘sqichlar, qirquvchi to‘sqichlar mavjud. 
Quduq moslamalarini sanoatda bir qancha turlari mavjud: 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin