N xolmatov. N. Im om ova makro va mikro



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/207
tarix02.10.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#151480
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207
Makro va mikro iqtisodiyot.pdf. Xolmatov N.

Qisqa m uddatli sikllar
ularning muallifining ismi bilan Kitchin 
sikllari yoki c h o 'c h q a sikllari deb ham ataladi, chunki Kitchin ularni 
o'rganishda c h o 'ch q a go'shti bozorini tadqiq qilgan. Bugungi kunda 
ular ko'p ro q «zahira sikllari» degan nom bilan mashhurdir.
Amerikalik 
iqtisodchi 
Kitchin 
c h o 'ch q a 
go'shti 
bozorini 
o'rganishda zahiralarning to'planishi va qisqarishi (kamayishi) siklik 
tebranishlarni! 
dnligiga e'tibor qaratgan.
Aytaylik. c h o 'c h q a go'shti bozorida ju d a yuqori narx belgilab 
qo'yildi. Shunda fermerlar bu narxga m o'ljal qilib, cho'chqalarni z o 'r 
berib semirtira boshlaydilar. Cho'c hqalarni semirtirish m a'lu m vaqt 
talab qiladi, ana shu davr mobaynida boshqa fermerlar ham c ho'chqa 
semirtirishga kirisha boshlaydilar.
2 . Davriy te b ra n ish la rn in g tu rla ri
Jozep Kitchin


Ko'rinib turibdiki. shu davr oxiriga kelib bozorga kalta miqdorda 
cho'chqa go'shti kelib tushadi va narx keskin pasayib ketadi. Cho'chqa 
go'shtining bir qismi zahiraga «ketadi», fermerlar esa cho'chqa 
semirtirishni to'xtatadilar. Narxlar asta-sekin ko'tarila boshlaydi va shu 
tariqa bozor siklik (davriy) rivojlanaveradi: tovar-moddiy zahiralarning 
to'plash va sarflash jarayonlari galma-gal yuz beraveradi.
So'nggi paytlarda tovar-moddiy zahiralari sikllarining qisqa- 
rayotganligi va hatto y o 'q o lib borayotganligi haqida tobora ko'p roq 
gapirilmoqda. Bu esa ishlab chiqaruvchilarning potensial mijozlarning 
ehtiyojlaridan xabardorligi, texnologik zanjirni avvaldan mo'ljal qilish 
darajasining oshganligi bilan izohlanmoqda. Biroq bu sikllarni 
umuman e ’tibordan chetda qoldirishga hali erta.
( ) ‘rta m uddatli sikllar —
makroiqtisodiy beqarorlikni o'rganishda 
eng katta e ’tibor qaratiladigan sikllardir. chunki hukumatning siyosati 
aynan shu siklik tebranishlarni silliqlashga qaratilgan bo'ladi. Bu 
sikllar ba’zan o 'z in in g bir qator asarlarini ularni o'rganishga 
bag'ishlagan muallifning ismi bilan Juglyar sikllari deb ham ataladi. 
IJshbu sikllar quyida batafsilroq ko'rib chiqiladi.
Uzoq muddatli sikllar - Kondratevning uzun to'lqinlari yoki 
kon’yunkturaning katta sikllaridir. Ularning muallifi - mashhur rus agrar 
iqtisodchisi Nikolay Dmitrievich Kondratevdir (1892— 1938). U Angliya, 
Fransiya va AQShning XVIII asr so'ngidan keyingi asosiy makro­
iqtisodiy ko'rsatkichlariga (narx darajasi. foiz stavkasi, ish haqi, tashqi 
savdo aylanmasi, iqtisodiyotning taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarning 
b a ’zi ko'rsatkichlari) oid statistik materiallarni umumlashtirib, o'tkazilgan 
tahiillar asosida «kichik» sikllar (u kichik sikl deganda biz bugun o'rta 
muddatli deb atayotgan sikllarni tushunar edi) bilan bir qatorda 48-55 yil 
davom etadigan «katta» sikllar ham bor, degan xulosaga kelgan. Natijada 
kichik sikllar katta sikllarning ustiga «qo'yilgan» bo'ladi, kichik 
sikllarning dinamikasi u yoki bu kichik sikl katta siklning qaysi 
bosqichiga to'g'ri kelganligiga qarab o'zgarib turishi mumkin.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin